Universiteti falsafa fakulteti etika va estetika kafedrasi


Ta’lim tizimini isloh etishga doir qonunchilik yutuqlari



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana16.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#372665
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
boshqaruv etikasida talim omilining ustuvorligi

2.1. Ta’lim tizimini isloh etishga doir qonunchilik yutuqlari 

1991  yildan  2002  yilga  qadar  Mistaqillik  yillari  mobaynida  O'zbekistondagi  ta'lim  tizimi 

rivojlanib  tubdan  o'zgardi  bormoqda.  2001,  2002  yillardagi  maktab  bitiruvshilari  yangi 

standartlar  va  o'quv  dasturlar  bo'yicha  Mustaqil  O'zbekistonda  ta'lim  olgan-o'guvchilar  avlodi 

hisoblanadi.  

Umumiy  o'rta  ta'lim  tizimining  amaldagi  me'yoriy-huquqiy  bazasi  Respublikada  istiqomat 

qilayotgan  xalqqa  bo'lgan  munosabati  demokratik  va  insonparvarlikdir.  O'zbekistondagi  ta'lim 

muassasalarida  turli  millatdagi  bolalar  maktab  ta'limiga  to'liq  ega  bo'lishi  uchun  sharoitlar 

yaratish maqsadida darslar o'zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg'iz, tojik va turkman tillarida olib 

borilmoqda.  

Bugungi  kunda O'zbekistondagi  ta'lim  tizimi quyidagicha faoliyat  ko'rsatib kelmoqda (2002  yil 

ma'lumotlari):  

-  11000dan  ortiq  umum-ta'lim  makrablar  (shu  jumladan  gimnaziyalar,  maktab-litseylar  va 

boshqalar)  

-  800ga  yaqin  o'rta  maxsus  o'quv  muassasalari,  ulardan  313ta,  47  ta  kollejlar  va  akademik-

litseylar. Qolganlar esa – maxsus kasb hunar texnik maktablar va texnikumlar.  

- 63 ta Oliy Ta'lim Muassasalarining umumiy sonidan: Universitetlar - 20 va Institutlar - 43  

Shulardan: 

 

Texnik - 14  



 

Iqtisodiy - 3  



 

Gumanitar - 15  



 

Pedagogik - 6  



 

Tibbiy - 7  



 

Agrar (qishloq ho'jaligi) - 4  



 

Maxsus (sohalar bo'yicha) - 12  



 

V.G. Plexanov nomidagi iqtisodiy akademiyaning filiali - 1  



 

Toshkent shahrida Halqaro Vestminster universiteti - 1 



O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  Konstitutsiyasi,  Davlat  qarorlari  hamda 

"Ta'lim  to'g'risida",  va  "Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to'g'risida"gi  qonunlariga  muvofiq 

O'zbekistonda  ta'lim  amalga  oshirilmoqda.  Qonun  bazasiga  muvofiq  O'zbekistonda  ta'lim 



uzluksizlik  tamoillarni  ta'minlaydi.  Umumta'lim  maktabning  birinchi  sinf  o'quvchisidan  tortib 

akademikgacha  bolgan  maqsadli,  bosqichma-bosqich  va  standartlashtirilgan  ta'lim  majmuasini 

mazkur  tamoillarda  ko'rib  chiqish  mumkin.  Ta'lim  uchta  bosqichdan  iborat:  birinchi  bosqich- 

umumiy  ta'lim  (maktabning  9ta  sinflari),  ikkinchi  bosqich  –  o'rta  ta'lim  (maktabning  10-11 

sinflari)  yoki  o'rta  maxsus  ta'lim  (akademik  litseylar  va  mutaxassislashtirilgan  kollejlar), 

uchinchi  bosqich  –  oily  ta'lim  (bakalavriat  va  magistratura  darajalariga  ega  bo'lish  uchun 

universitet va institutlarda ta'lim olish). Magestratura darajasini olgandan so'ng, ilmiy darajalarni 

himoya  qilish  uchun  (aspirantura,  doktorantura  va  adyutantura)da  ta'lim  olishni  davom  ettirish 

mumkin.  Prezidentimizning  2008-yil  8-iyulda  qabul  qilingan  ―Bolalar  musiqa  va  san‘at 

maktablarining  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash  va  ularning  faoliyatini  yanada 

yaxshilash  bo‗yicha  2009-2014-yillarga  mo‗ljallangan  Davlat  dasturi  to‗g‗risida‖gi  qarori 

asosida  Farg‗ona  viloyatida  zamonaviy  san‘at  koshonalarini  barpo  etish,  ularni  bugungi  kun 

talablari  asosida  jihozlash,  yangi  cholg‗u  asboblari  va  musiqa  ta‘limiga,  san‘atshunoslikka  oid 

adabiyotlar 

bilan 

ta‘minlash 



borasida 

izchil 


ishlar 

olib 


borilmoqda.                                                     

1992  yildan  boshlab  mamlakatdagi  OTMiga  test  sinovlari  orqali  itimoiy  haqiqatlikni 

ta'minlaydigan  va  iqtidorli  yosh  avlodlarni  saralash  jarayonida  yo'l  qo'yadigan  abiturientlarni 

saralash  o'tkaziladi.  1993  yilda  hukumat  qarori  yuzasidan  test  vazifalarni  ishlab  chiqish, 

metodologiya  va  test  sinovlarining  tartibini  yaratish,  abiturient  kontingentlarini  sifatini 

tayyorlashda tahlil va monitoring qilish kabi vazifalardan ibotar bo'lgan O'zR Davlat test matkazi 

yatatilgan.  Mazkur  yaratilgan  test  tizimi  O'zbekistonda  old  mamlakatlarning  eng  yaxshi 

tajribalarini singib ketgan va yillar davomida sezilarni darajada takomillashgan.  

1994  yildan  boshlab  birinchi  bosqichga  abiturientlarni  qabul  qilish  ko'rsatkichi  o'sayotganligi 

kuzatilmoqda,  va,  o'rtacha  har  yili  1000ta  qabul  qilingan  talabaga  350-400  ayollar  to'g'ri 

kelmoqda.  

2004/2005  o'quv  yilida  OTMlardagi  talabalar  soni  222  ming,  bitiruvchilar-  42,22  ming,  shu 

jumladan, pedagogik ma'lumotga ega bo'lganlari-8,81 ming odamni tashkil qildi.  

Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlari, shuningdek, bakalavriyatning mavjud 131 yo'nalishi va 

magistratura  mutaxassisliklarining  664  namunaviy  o'quv  rejalari  tasdiqlandi.  Davlat  ta'lim 

standartlari  asosida  har  bir  yo'nalish  va  mutaxassisliklar  bo'yicha  o'quv  predmetlarining 

dasturlari ishlab chiqilgan.  

1998-2002  yillarda  2927  ta  darslik  va  o'quv  qo'llanmalari  nashr  qilindi.  OTMlarda  o'quv 

amaliyotiga elektron darsliklarni yaratish va tadbiq qilish jarayoni boshlandi. 2000-2002 yillarda 



400ta  elektron  darsliklar  tayyorlandi.  2005  yilda  700ta  darsliklar  va  o'quv  qo'llanmalari,  40ta 

elektron darsliklari nashr qilindi.  

O'zbekiston  Respublikasida  kadrlar  malakasini  oshirish  22ta  vazirlik  va  muassasalar 

tasarrufidagi  2ta  maqsadli  akademiya,  22ta  institutlar,  15ta  markaz  va  17  malaka  oshirish 

fakultetlarda  amalga  oshirilmoqda.  O'qituvchilarning  turli  xil  chet  el  grantlari,  loyihalari,  ikki 

tomonlama shartnomalar va "Iste'dod‖ jamg'armasi orqali o'z malakalari oshirilmoqda.  

Xalqaro  tashkilotlar,  moliya  institutlari,  rivojlangan  mamlakatkar  hukumati  tomonidan 

O'zbekistondagi  o'tkazilayotgan  ta'lim  reformalari  uchun  moliyaviy  ko'mak  va  texnik  yordam 

ko'rsatilmoqda (Xalqaro bakn, Osiyo tarraqiyot banki, OECF, GTZ, TACIS, USAID, ACCELS 

va  boshqalar).  Investitsiyalar,  loyihalar  va  grant  yo'nalishlarida  xar  tomonlama  yordam 

ko'rsatilmoqda. 2002 yilning o'zida 5,8 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb 

etilgan.  

O'zbekiston  fuqarolarining  Yaponiya  oliy  ta'lim  muassasalarida  magistraturada  tahsil  olishlari 

uchun  xar  yili  joy  ajratib  kelinmoqda.  Rossiya  OTMlarida  o'z  hukumat  hisobida  O'zbekiston 

talabalari,  aspitantlari  va  doktorantlari  uchun  xar  yili  50ta  joy  ajratilish  to'g'risida  shartnoma 

imzolandi.  

2002 o'quv yilida London Vestminster universiteti tomonidan ta'sis etilgan Xalqaro Vestminster 

universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining filiali va Boloniya (Italiya) 

universiteti  bilan  hamkorligida  Samarqand  davlat  universitetining  magistraturasi  ochildi. 

O'zbekistonda  xorijiy  mamlakatlarning  boshqa  universitetlarni  ochishga  oid  ishlar  olib 

borilmoqda.  Kembrij  va  Sorbona  universitetlari  kabi  jaxonning  etakchi  o'quv  markazlari  bilan 

samarali hamkorlik o'rnatilgan.  

1997-yil  29-avgustda  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  va  ―T‘alim  to‘g‘risida‖gi  qonun  qabul 

qilindi.  Ta`lim-tarbiya  tizimini,  jumladan,    kadrlar  tayyorlash  tizimini  isloh    qilishning  muhim 

omillari   Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘rsatib berildi va ular quyidagilardan iborat: 

 



respublikaning demokratik  huquqiy  va  adolatli  fuqarolik  jamiyati  qurish yo‘lidan izchil 

ilgarilab borayotganligi; 

 

mamlakat  iqtisodiyotida    tub  o‘zgarishlarning  amalga  oshirilishi,  respublika  iqtisodiyoti 



asosan xom ashyo yo‘nalishidan  raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga 

izchil o‘tayotganligi, mamlakat  eksport salohiyotining kengayayotganligi; 

 

davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustuvorligi qaror topganligi




 

milliy  o‘zlikni  anglashning  o‘sib  borishi,  vatanparvarlik,  o‘z  vatani  uchun  iftixor 



tuyg‘usining    shakllanayotganligi,  boy  milliy  madaniy-tarixiy  an`analarga  va  xalqimizning 

intellektual merosiga hurmat

 

O‘zbekistonning  jahon  hamjamiyatiga    integratsiyasi,  respublikaning  jahondagi  mavqei  va 



obru-e`tiborining mustahkamlanib borayotganligi

5

 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish