Talabnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
• talabnoma topshirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to’langanligi to’g’risidagi hujjat;
•
talabnoma beruvchi tomonidan, agar u arizani patent vakili yoki ishonchli vakil orqali topshirmoqchi bo’lsa, patent vakili
yoki ishonchli vakil nomiga berilgan ishonchnoma.
Talabnoma
«Foydali modelga O’zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va
ko’rib chiqish qoidalari»ga
muvofiq rasmiylashtiriladi.
FOYDALI MODELGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PATENTI BERILISHI UCHUN TALABNOMALARNI
TUZISH, TOPSHIRISH VA KO‘RIB CHIQISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining buyrug‘i, 29.04.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami
1343
1. Qonunning
7-moddasiga m
uvofiq foydali model sifatida talabnoma berilgan obyekt, agar u yangi va sanoatda
qoTlaniladigan bo‘lsa, huquqiy muhofaza qilinadi.
Foydali model, agar uning muhim belgilarining majmui texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, yangi hisoblanadi.
Texnika taraqqiyoti darajasi talabnomada ko‘rsatilgan foydali model amalga oshirishi mumkin bo‘lgan vazifalarni bajara
oladigan vositalar haqidagi O‘zbekiston Respublikasida hamma foydalana oladigan barcha ma’lumotlarni, shuningdek ularni
qo‘llashga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Foydali model, agar amalda ishlata olinadigan bo‘lsa, u sanoatda qoTlaniladigan hisoblanadi.
2. Qonunning 7-modda
oltinchi qismiga m
uvofiq mahsulot yoki usulga tegishli bo‘lgan har qanday sohadagi texnikaviy
yechim foydali model sifatida e’tirof etiladi.
a) Foydali modelning obyekti — mahsulot.
Foydali model sifatidagi mahsulotga, xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, o‘simliklar yoki hayvonlarning
o‘stirilgan hujayralari kiradi.
Qurilmalarga konstruktiv elementlar yoki konstruktiv elementlarning majmui bo‘lgan hamda funkitsional-konstruktiv birlikni
tashkil qilgan konstrksiyalar, buyumlar (mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, mahkamlash buyumlari, mashinalarning
detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va h.k.) kiradi.
Moddalarga quyidagilar kiradi:
kimyoviy birikmalar, bularga, shuningdek, shartli ravishda yuqori molekulali birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari —
rekombinant nuklein kislotalar, vektorlar va h.k. ham mansubdir;
kompozitsiyalar (tarkiblar, qorishmalar, qotishmalar, eritmalar va h.k.);
yadro o‘zgarishi mahsulotlari.
Mikroorganizm shtammlari, o‘simliklar yoki hayvonlarning o‘stirilgan hujayralariga quyidagilar kiradi:
bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mayda suv o‘tlari, mikroskopik zamburug‘lar va sh.k.larning shtammlari;
o‘simliklar yoki hayvonlarning o‘stirilgan hujayralari, shu jumladan hujayralarning klonlari;
mikroorganizmlarning, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining konsorsiumlari;
genetik
konstruksiyalar,
ularga,
xususan,
plazmidalar,
vektorlar,
shuningdek
mikroorganizmlar,
o‘simliklar va
hayvonlarning barqaror transformatsiyalangan hujayralari, transgen o‘simliklar va hayvonlar mansubdir.
b) Foydali model obyekti — usul.
Usulga moddiy obyekt ustida moddiy vositalar yordamida o‘zaro bog‘liq harakatlarni bajarish jarayoni mansubdir.
3. Quyidagilar foydali modellar sifatida e’tirof etilmaydi:
ilmiy nazariyalar va matematik usullar;
xo‘jalikni tashkil qilish va boshqarish usullari;
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
elektron-hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va algoritmlar;
binolar, inshootlar, hududlar rejasining sxemalari va loyihalari;
buyumlarning estetik talablarni qondirishga qaratilgan faqat tashqi ko‘rinishiga doir yechimlar;
integral mikrosxemalar topologiyalari;
o‘simliklar navlari va hayvonlar zotlari;
jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va axloqiy prinsiplarga zid yechimlar.
4. Qonunning 16-modd
a birinchi qismiga m
uvofiq talabnoma bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik
fikrini tashkil etgan holda bir-biri bilan uzviy bog‘langan (foydali modelning birligi sharti) foydali modellar
guruhiga taalluqli bo‘lishi lozim.
Agar quyidagi shartlar bajarilgan bo‘lsa, foydali model birligi talabiga rioya qilingan deb e’tirof etiladi:
foydali model formulasida bir foydali model tavsiflangan bo‘lsa;
foydali model formulasida quyidagi foydali modellar guruhi tavsiflangan bo‘lsa:
aslida bir xil yo‘l bilan bir xil texnikaviy natijaga (variantlar) erishishni ta’minlaydigan bir turdagi (bir nechta
qurilma, bir nechta tur va boshqalar), vazifasi bir xil bo‘lgan obyektlarga taalluqli foydali modellar guruhi;
foydali modellardan biri boshqasini olish (tayyorlash) uchun (masalan, qurilma yoki moddani va qurilma yoki
moddani butunicha yoki ularning qismini olish (tayyorlash) uchun) mo‘ljallangan foydali modellar guruhi;
foydali modellardan biri boshqasini amalga oshirish uchun (masalan, usul va qurilma boshqa usulni butunicha
yoki uning biror bir harakatini amalga oshirish uchun) mo‘ljallangan foydali modellar guruhi;
foydali modellardan biri boshqasidan (boshqasida) foydalanish uchun mo‘ljallangan foydali modellar guruhi
(masalan, usul va usulda qo‘llash uchun mo‘ljallangan modda; usul yoki qurilma va uning qismi).
Ushbu mustaqil ishni tayyorlashda
lex.uz
saytidan foydalanildi
Do'stlaringiz bilan baham: |