Apokarp mevalarga tutashmagan yoki murakkab meva, ya’ni yuqori gul tugunchasidan hosil bo’ladigan bir necha urug’chi barglardan tashkil topgan mevalar kiradi. Ayiqtovondoshlar, magnoliyadoshlar, ra’noguldoshlar, bur-choqdoshlar oilasi vakillari shunday mevalar hosil qiladi.
Bitta urug’chi bargdan hosil bo’lgan bir chanoqli meva bargcha bargak yoki monokarp meva deb ataladi. Ular kelib chiqishiga ko’ra juda sodda, ochilishi uning ustki o’ng tomonidan (isfara).
Bargakning moslashishidan dukkak meva kelib chiqqan bo’lib, ular bir-biridan ochilish xususiyati bilan farq qiladi. Dukkak ikki tomondan, ya’ni qorni va orqa chokidan yorilib ochiladi (sezalpindoshlar, mimozadosh-lar).
Bargchadan mezokarp shirasining oshishi, endo-karpning yog’ochlanishi, urug’larning kamayishi nati-jasida danakli mevalar: bir xonali, bir urug’li (olcha, gilos, o’rik, bodom) va ko’p danaklilar (do’lana, ituzum) kelib chiqqan. Ko’p uyli danakli murakkab mevalar malina, maymunjon kabilarda uchraydi. Ular gul o’rnidan hosil bo’ladi, danagida urug’ soni bitta.
Sinkarp mevalar (yunon. sin-birgalikda). Bu guruh mevalar apokarp mevalarga yaqin, chunki ular hosil bo’lgan ginetseylari o’zaro yaqin. Sinkarp ko’sak – ko’p urug’li meva, ikki yoki undan ko’p meva bargchalardan tashkil topadi. Loladoshlar, sigirquyruqdoshlar, ituzum-doshlar, zubturumdoshlar, ko’knordoshlar shunday meva hosil qiladi.
Tugmachagul, gulxayri, ziradoshlar, yalpizdosh-larda uchraydigan ikki yoki ko’p uyli, pastki yoki o’rta tugunchadan hosil bo’ladigan merikarpiy yoki bo’linadigan mevalar hosil bo’ladi.
Ustki tugunchadan hosil bo’ladigan bir urug’li quruq, qobig’i po’st bilan o’ralgan meva yong’oqcha deyilib, ayiqtovon va esparsetlarda uchraydi.
Qanotchali mevalar ham merikarpiy mevalar turiga kirib, ularning yonida qanotchalari bo’ladi (zarang, yao’n, qayrag’och).
Qo’zoq va qo’zoqcha ikki uyli sinkarp meva bo’lib, tushib ketadigan ikki qopqoqchaga o’xshab pastdan tepasigacha yorilib, ular orasida urug’lar bo’ladi (bitguldoshlar).
Rezavor mevalar, ko’p uyli va ko’p urug’li, ba’zan bir urug’li mevalar (uzum, pomidor, baqlajon).
Olma – evolyusion nuqtai-nazardan kam taraq-qiy etgan sodda sinkarp meva (olma, behi, nok). Ostki sinkarp tugunchasi gul naychasining tutashishidan hosil bo’ladi.
Anor – ko’p urug’li sinkarp meva bo’lib, ostki tugunchadan hosil bo’ladi. Meva po’sti qalin.
Yong’oq – bir urug’li, yog’ochlangan meva qatiga ega quruq meva. Takomillashgan ostki tugunchadan hosil bo’ladi (funduk, eman).
Po’vdomonokarp (soxta). Ostki tugunchadan paydo bo’lib, bir uyli, bir urug’li bo’ladi (yong’oq).
Do'stlaringiz bilan baham: |