~ 24 ~
MASSIVLAR
Bu qismda dasturdagi ma'lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz. Dasturda ikki
asosiy tur ma'lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik
deganimizda hotirada egallagan joyi o'zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni
nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot tiplari dastur davomida o'z hajmini, egallagan hotirasini
o'zgartirishi mumkin. Agar struktura bir hil kattalikdagi tiplardan tuzilgan bo'lsa, uning nomi
massiv (array) deyiladi. Massivlar dasturlashda eng ko'p qo'laniladigan ma'lumot tiplaridir.
Bundan tashqari strukturalar bir necha farqli tipdagi o'zgaruvchilardan tashkil topgan bo'lishi
mumkin. Buni biz klas (Pascalda record) deymiz. Masalan bunday strukturamiz ichida odam
ismi va yoshi bo'lishi mumkin. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi
o'zgaruvchilar guruhidir. Alohida bir o'zgaruvchini ko'rsatish uchun massiv nomi va kerakli
o'zgaruvchi indeksini yozish mumkin.
Massiv bu bir tipli nomerlangan ma'lumotlar jamlanmasidir. Massiv indeksli o’zgaruvchi
tushunchasiga mos keladi. Massiv ta'riflanganda tipi, nomi va indekslar chegarasi
ko’rsatiladi. Massiv indekslar har doim 0 dan boshlanadi. Bir o’lchovli massivlarga
matematikada vektor tushunchasi mos keladi. Ikki o’lchovli massivlarga matematikada
matritsa tushunchasi mos keladi. Uch o’lchamli massiv esa fazodagi holatni tushunish
mumkun, undan katta o’lchamli massivlar esa tasavurga sig’maydi. C# tilida xar xil turdagi
massivlar e’lon qilish mumkundir. Misol uchun int (butun sonlar), char (belgilar), double
(haqiqiy son), string (satrlar) turdagi massivlarni e’lon qilish mumkundir. C# tilida massivlar
quydagicha e’lon qilinadi. Misol uchun: Bir o’lchovli massivlar: int [ ] a=new int [100]; (bu
yerda int massiv turi “a” massiv nomi 100 soni massiv elementlar soni). char [ ] a=new int
[1000]; (bu yerda char massiv turi “a” massiv nomi 1000 soni massiv elementlar soni). string
[ ] a=new int [1000]; (bu yerda string massiv turi “a” massiv nomi 1000 soni massiv
elementlar soni). double [ ] a=new int [1000]; (bu yerda double massiv turi “a” massiv nomi
1000 soni massiv elementlar soni). Ikki o’lchovli massivlar: int [,] a=new int [n,m]; (bu yerda
int massiv turi, “a” massiv nomi, n matritsa ustunlar soni, m qatorlar soni). char [ ] a= new
int [n,m]; (bu yerda char massiv turi, “a” massiv nomi, n matritsa ustunlar soni, m qatorlar
soni). string [ ] a= new int [n,m]; (bu yerda string massiv turi, “a” massiv nomi, n matritsa
ustunlar soni, m qatorlar soni). double [ ] a=new int [n,m]; (bu yerda double massiv turi, “a”
massiv nomi, n matritsa ustunlar soni, m qatorlar soni). Qolgan o’lchamli massivlar ham shu
tartibda e’lon qilish mumkun. E’lon qilinga massivga o’zimiz Console oydan qiymat yoki
ma’lumot kiritishimiz ham mumkun yoki Random sinfi yordamida ham ihtiyoriy tarzda
qiymay yoki ma’lumot qabul qilishi ham mumkun.
Do'stlaringiz bilan baham: