Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Nutq orqali va so‘zsiz tushuna olish



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet212/227
Sana21.12.2022
Hajmi5,01 Kb.
#893664
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   227
Bog'liq
-.-

Nutq orqali va so‘zsiz tushuna olish. 
Kommunikativ qobiliyat fikrni, yoki 
biror tushuncha, belgini anglatuvchi psixologik jarayon bo‘lib, uning namoyon 
bo‘lishi uch xil tarzda namoyon bo‘ladi( -rasm). 
11-rasm. 
Nutq
- og‘zaki kommunikatsiya, ya'ni til yordamida munosabat qilish 
jarayoni demak. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og‘zaki 
kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. 
So‘zlar eshittirib, yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi, kar-
soqov kishilarda - biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan 
almashtirilishi (bunda harflar barmoqlar harakati (
“dakti”-barmoq, “daktilos”
– 

imo ishorali nutq”
) bilan ifoda etiladi. Nutq:
 yozma va og‘zaki nutq,
o‘z navbatida 
-og‘zaki nutq:
 diologik va monologik 
turlarga ajratiladi (-chizma). 
kommunikat-
siya turlari
og`zaki 
kommunikatsiya, 
nutq
yozma 
kommunikatsiya
imo-ishora, 
hatti harakatli 
kommunikatsiya 


333 
12- chizma. Nutq turlari 
Og‘zaki nutqning eng sodda turi 
dialog
, ya'ni allaqanday masalalarni 
birgalikda muhokama qilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan suhbat 
hisoblanadi. 
Gaplashayotganlarning bir-birlariga luqma tashlash, suhbatdoshdan keyin 
iboralarni va ayrim so‘zlarni takrorlash, savollar, qo‘shimchalar, izoh berish, faqat 
so‘zlashayotganlar tushunadigan shamalar qilish turli xil yordamchi so‘zlar va 
undovli so‘zlar ishlatish 
nutq
uchun xos xususiyatdir. Nutqning o‘ziga xos 
xususiyatlari ko‘p jixatdan hamsuhbatlarga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat hamma 
joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hyech qachon sinfda o‘quvchilar 
bilan munosabatda bo‘lgani kabi olib bormaydi. So‘zlashuv chog‘ida hissiy 
hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Quvongan, iymangan, hayratlangan, qo‘rqqan, jahli chiqqan kishi xotirjam 
holatdagi kabi gapirmaydi: o‘zgacha ohangda, leksikonida kam ishlatadigan so‘z 
va iboralardan foydalanadi. 
Og‘zaki nutqning ikkinchi bir turi - 
monolog
nutq bo‘lib, uni bitta kishi 
boshqasiga, yoki, uni tinglayotgan ko‘plab kishilarga qarata gapiradi: bunga 
o‘qituvchining hikoyasi, o‘quvchining javobi, ma'ruza va shu kabilar kiradi. 
Monologik nutq tuzilishi jihatdan juda ham murakkab bo‘lib, fikrning 
tugallanganligi, grammatik qoidalarga qat'iy amal qilinishi, mantiqan izchillik 
bo‘lishini taqoza etadi. Monologik nutqni egallash nutqqa nisbatan katta 
Nutq turlari
yozma
og`zaki
monolog
diаlog


334 
qiyinchiliklar tug‘diradi, uning takomillashuvi uchun tajriba zarur bo‘ladi. 
O‘qituvchilarda bu nutqni shakllantirish maxsus vazifa hisoblanadi va pedagoglar 
uni ta'limning qator yillari mobaynida amalga oshirishadi. 
Qiynalmasdan, bemalol suhbatlasha oladigan, lekin oldindan yozilgan 
matndan foydalanmaslik monolog xarakteriga ega bo‘lgan og‘zaki axborot 
(ma'ruza, keng ma'ruzalar va shu kabilar) bilan chiqishga qiynaladigan katta yoshli 
odamlar ham uchrab turishi tasodifiy hol emas. Bu o‘z vaqtida o‘qituvchilar 
tomonidan o‘quvchilarda monologik nutqni shakllantirishga yetarli e'tibor 
berilmaganligi oqibatida yuzaga keladi. 
Yozma nutq insoniyat tarixida og‘zaki nutqdan ancha keyin paydo bo‘lgan. 
U bir-birlaridan makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar o‘rtasida 
munosabat qilish extiyoji sifatida paydo bo‘ldi va fikr shartli sxematik suratlar 
yordamida ifoda etiladigan hozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi. 
Yozuv tufayli odamlar to‘plagan tajriba, madaniy-ma'naviy qadriyatlarni
avloddan avlodga yetkazish imkoni tug‘iladi.
Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarni 
rivojlantirishda, badiiy timsollarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Odamlar munosabati axborot uzatish tariqasida 
kommunikator
bilan 
retsepient
o‘rtasida
 
og‘zaki muomalaga kirishish natijasida yuzaga keladi. Odamlar 
munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning his-hayajoni ham qonuniy ravishda jalb 
etilgan bo‘ladi. U munosabatga kirishganlarga nisbatan muayyan tarzda taalluqli 
bo‘lib, nutqiy fikr-mulohazalar bilan qo‘shilgan holda yuzaga chiqadigan axborot 
almashishning alohida, nutqsiz jihati, nutqsiz kommunikatsiya vositalari: 
qo‘l, 
barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora, ohang, puaza turq-tarovat, kulgi, ko‘z 
yoshi
va shu kabilar kiradiki, bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni 
to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba'zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini 
hosil qiladi. 


335 
Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o‘ziga xos his-tuyg‘u tili bo‘lib, 
so‘z bilan ifodalanidagan til kabi u ham ijtimoiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi va 
turli milliy madaniyatlarda bir-birlariga o‘xshamaslgi mumkin. Nutqsiz 
kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarda turlicha 
vositalar tanlanadi. Jumladan, tilga kirmagan go‘daklar, yosh bolalar yig‘idan 
ko‘pincha katta yoshdagilarga ta'sir qilish va ularga o‘z istaklari hamda kayfiyatini 
yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar. Shu bilan birga og‘zaki kommunikatsiya 
ta'sirini kuchaytirishda munosabatga kirishuvchilarning fazoda joylashuvi muhim 
axamiyatga egadir. 
Nutqsiz kommunikatsiyada qo‘llanilayotgan vositalarning axborotni so‘z 
bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatini 
tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya – 
imo-
ishora, pantomimika, nutqning ohangdagi rang-barangligi
kabilar asosida ham 
rivojlanishi mumkin. 
Ma'lumki, bo‘lajak o‘qituvchilar nazariy bilimlarni egallash bilan birga 
amaliy malaka va ko‘nikmalarni ham egallashlari zarur. Demak, pedagogik, 
psixologik bilimlar asosida o‘quvchilarning ilmiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirishini ta'minlash, darsni loyihalashtirish, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, 
o‘quvchilarning individual, jamoa, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini tashkil 
qila olish, sport bilan shug‘ullanish, sayohat uyushtirish va ularga rahbarlik qilish, 
ota-onalar, jamoatchilik o‘rtasida olib boriladigan tadbirlarga rahbarlik qilish, va 
boshqa tarbiyaviy malaka hamda ko‘nikmalarni olib borishlaridan iboratdir. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish