Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'limdan foydalanish.
Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi, chunki,
a
xborot tizimi
- axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarini qamrab oladi.
Ta'lim
jarayonini
qulaylashtirishda
masofaviy o‘qitish
ta'lim
tizimi
ishtirokchilarining
innovatsion
pedagogik
faoliyatini
tashkil
qilishga
mo‘ljallangan. Aynan:
-doimiy va muntazam ravishda o‘z malakalarini oshirib borish, bilim,
ko‘nikma va malakalarini doimiy yangilab borish;
-mamlakatimizning va xattoki yer kurrasining qaysi burchagida bo‘lishi va
qaysi vaqt oralig‘ida topshiriq berish va ularni bajarishdan qat'iy nazar, tahsil
oluvchi va o‘qituvchi o‘rtasida interfaol aloqa o‘rnatishga imkoniyat mavjudligi,
238
ta'lim mazmunining xalqaro talablarga monand bo‘lishi, milliy va umumbashariy
qadriyatlar uyg‘unligi asosida tashkil qilish;
-o‘qitish jarayonida erkin muloqot qilish talablarini bajarish, o‘quvchining
vizual, eshitish, so‘zlashish, fikr almashish kabi layoqat va malakalarining teng
ravishda shaklantirilishi zarurligini inobatga olish va buning uchun zarur bo‘lgan
shart-sharoitlar yaratish;
-o‘qitish jarayonida insoniylik (gumanizm) talablariga rioya etish, ta'limning
uzviyligi, uzluksizligi, bosqichma-bosqichliligi, demokratlashuvi va xalqchilligini
ta'minlash;
-davlatlararo xalqaro va mintaqaviy hamkorlik o‘sayotganligini inobatga olgan
holda istiqbol kadrlarning milliy manfaatlar asosida shunday xalqaro muloqotga
tayyorligini ta'minlash;
-ta'lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishda pedagogik motivatsiya,
realizatsiya va refleksiya talablariga to‘liq rioya etishga qaratilgan.
masofaviy ta'limda internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik
tola, sun'iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan
telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan,
ya'ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur aess, Dial-ur) ko‘rinishida amalga
oshiriladi.
Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem
qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga
ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham
foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon
liniyasi band qilinadi, seans tugagandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va
unda boshqa foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Internetga ulanishni amalga
oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri
ulanishga imkon beradi.
Telefon liniyasi orqali «Chaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish Internet
xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi.
Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida
239
Internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.Internet tarmog‘iga nafaqat kabel yoki
telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida
simsiz ulanish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |