Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/322
Sana18.02.2022
Hajmi7,14 Mb.
#450604
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   322
Bog'liq
fayl 2055 20211105

 
15.6. Psixologik tayyorgarlik 
Malakali sportchilar tayyorlash amaliyotida psixologik tayyorgarlik jarayoni 
ko‘p yillik sport trenirovkasining barcha bosqichlarida izchillik bilan 
tabaqalashtirilgan tartibda amalga ashirilishi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. 
CHunki, sport ko‘nikmalariga o‘rgatish, ularni o‘zlashtirish va mukammallashtirish 
samaradorligi shug‘ullanuvchilar psixologik xislatlarining ( ong, diqqat, xotira, idrok, 


351 
iroda va h.) etarli shakllangan bo‘lishiga bog‘liqdir. Harakat ko‘nikmalari, ularning 
texnikasi va taktikasini o‘zlashtirish sur’ati ustivor jihatdan oddiy va murakkab 
reaksiya, diqqatning jamlanishi , mashqlar xususiyatlarini xotirada eslab qolish, 
ko‘rish kengligi va chuqurligi , vaziyatlarni payqash va farqlash, to‘g‘ri qaror qabul 
qilish va foydali natija keltiruvchi qarorni amalga oshirish imkoniyatlari bilan 
belgilanadi.
Zamonaviy voleybol musobaqalarida yuksak sport natijalariga erishish keskin 
raqobat ostida kechayotganligi isbot talab qilmaydi. O‘yinlarning har bir lahzasi o‘ta 
shiddatli va tezkor o‘zgaruvchan vaziyatlar ustunligi bilan farqla-nadi. Mashg‘ulot va 
musobaqalarga xos yuklamalar hajmi, shiddati va o‘yin mazmuni mukammal 
shakllangan jismoniy hamda funksional imkoniyatlarni talab qiladi. Faqat shunday 
imkoniyatlarga asoslangan yuksak texnik-taktik mahorat musobaqa taqdirini 
belgilaydi. Shu bilan bir qatorda bugungi voleybolning yana bir ustuvor xususiyatlari 
shundan iboratki, har bir o‘yinchi va jamoa jismoniy hamda texnik-taktik jihatlardan 
yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa-yu, lekin ularning psixologik imkoniyatlari zaif 
bo‘lsa, musobaqa davomida foydali natijaga erishish mushkul bo‘lishi ehtimoldan 
holi emas.
Binobarin, ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayonida psixologik sifatlar va 
qobiliyatlarni shakllantirish masalasi boshqa tayyorgarlik turlari kabi ustuvor 
ahamiyat kasb etadi.
Psixologik tayyorgarlikning bosh maqsadi muhim psixik sifatlar – xotira, diqqat, 
hissiyot, tafakkur, ong, iroda, ko‘rish kengligi va chuqurligi kabi xislatlarni mustaqil 
mashq qildirishdan iborat bo‘lishi lozim. Bu borada shug‘ullanuvchilarda matonat, 
shijoat, qat’iyatlik, zukkolik, “makkorlik” va ixtirochilik fazilatlarini sayqal toptirish 
darkor.
Psixologik tayyorgarlik uzoq muddatli pedagogik jarayon bo‘lib, bunda psixik 
sifatlar nafaqat mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarida o‘z holicha shakllanishi lozim, 
balki 
ular 
maxsus 
uslub 
va 
vositalar 
(mashqlar) 
yordamida 
alohida 
takomillashtirilishi zarur. 


352 
Voleybolchilarni tayyorlash amaliyotida psixologik tayyorgarlik quyidagi ikki 
yo‘nalishda olib borilishi odat tusiga kirgan: 
1) umumiy psixologik tayyorgarlik; 
2) muayyan musobaqaga maxsus psixologik tayyorgarlik. 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish