Boshlangʼich tayorgarlik bosqichi guruhlari (BTBG).
Bu bosqichda
shugʼullanuvchi guruhlarga mansub bolalarda voleybolga qiziqish uygʼotiladi,
ularda mativatsion ehtiyoj yuzaga keltiriladi va kuchaytiriladi.
Boshlangʼich tayorgarlik bosqichida jismoniy va ruhiy sogʼlomlashtirish,
maʼnaviy-madaniy va ahloqiy xislatlarni shakllantirish, har tomonlama jismoniy
tayorgarlikni rivojlantirish, bolalarning jismoniy va psixofunktsional imkoniyatlari,
ularning morfologik koʼrsatgichlari, qaddi-qomati hamda mavjud harakat
qobiliyatlarini eʼtiborga olgan holda tabaqalashtirilgan mashgʼulotlar oʼtkaziladi,
oʼyin ixtisosligi (amplua)ni tanlashga moʼljal qilinadi, keyingi oʼquv-trenirovka
guruhiga oʼtkazishga moʼljallangan meʼyoriy talablarni topshirtirish ishlari amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |