2.5. Ijodkorlik funksiyasi
28
“Ijod” yoki “ijodkorlik” psixointellektual xislat sifatida inson bosh miya-sida
joylashgan nerv hujayralari va to‘qimalari faoliyatining mahsulidir. “Ijod”
“yaratish”, “ixtiro qilish”, “yangilik kiritish”, “yangicha fikrlash” kabi tushun-cha
va ma’nolarni anglatadi.
“Ijod”, “ijodkorlik” qobiliyati ko‘pchilik pedagog-tadqiqotchilar tomonidan
o‘rganilgan (G.D. Babushkin, 1993; B.D. Kretti, 1998; M.I. Stankin, 1998; A.Ya.
Korx, 2000; M.V. Sanaya, 2005; N.A. Goncharova, 2005; E.A. Seytxalilov, 2006;
E.A. Seytxalilov, M.I. Stolyarenko, 2008; B.Yu. Shomu-ratova, N.M. Turabayeva,
2010; B.B. Ma’murov, 2016).
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazib kelgan G.D. Babushkin (1993)
trenerlarga xos ijodkorlik faoliyatining tarkibiy qirralarini aks ettiruvchi ierarxik
tuzilmasini (tasnifiy andozasini) ishlab chiqqan (4-rasm).
4-rasm. Sport trenerining ijodkorlik faoliyati tuzilmasi.
Muallifning fikriga ko‘ra, trenerning ijodkorlik faoliyati tuzilmasiga
(tarkibiga) assotsiativ (xotira ma’nosida) potensialning kengligi, biror faoliyat
29
turiga undash, shablon (ko‘chirma)ga qarshilik ko‘rsatish, bir xillik fikr yuritishdan
voz kechish, borliqni oldindan payqash, tanqidiy xulosaga kelish kabi xislatlarni
kiritish ijodni yanada jadallashtiradi. Uning ta’kidlashicha, ijodkorlik faoliyatining
“jonlanishi” trenerning ijodga shaylanishidan boshla-nadi, mashg‘ulot jarayoniga
yangilik kiritish bilan bog‘liq ijod loyihasi yaratiladi. Ushbu jarayon vaziyatli
muammolarni tamomila yangicha yondashuv asosida hal qilish yo‘lini izlash
motivatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Trenerning ijodiy faoliyati o‘quv-
mashg‘ulot jarayonidan tashqari vaqtlarda kechadi, degan muallifning fikri
mutlaqo to‘g‘ridir.
Ijodiy fikrlash jarayoni asosiy muammoni hal qilishga qaratilishi lozim ekan.
Bu borada B.Yu. Shamuratova va N.M. Turabayevalar (2010) trenerda aniq,
tanqidiy, keng miqyosli fikr yuritish, obrazga kirish, bashorat qilish, ixtirochilik va
qiziquvchanlik xislatlari mujassam bo‘lmog‘i lozim, deb ta’kidlashadi.
G.B. Abdurasulova va Kim Eur Jung (2008)lar tomonidan trenerning ijodiy
faoliyati haqida e’tirof etilgan ehtimol diqqatga sazovordir. Ularning fikricha,
trenerning ijodiy faoliyatida mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarini kuzatish, ro‘y
berayotgan vaziyatlarni qiyosiy tahlil qilish sirlarini bilish, raqobatda yuzaga
kelayotgan holatlarni ijodiy yondashuv asosida baholash foydali natijaga erishish
imkonini yaratadi. Chunki sport musobaqalarida, ayniqsa sport o‘yinlari bo‘yicha
o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda g‘alaba nafaqat jamoaning tayyor-garligi yoki
musobaqalashayotgan raqiblarning mahorat nisbati bilan belgi-lanadi, balki ko‘p
jihatdan ijodiy fikrlaydigan va innovatsion g‘oyalarni o‘zida mujassam qilgan
trenerning rahbarlik qilish qobiliyatiga ham bog‘liqdir.
Trenerning ijodiy faoliyatiga qaratilgan bundanda e’tiborli va foydali fikrni
E.A. Seytxalilov va M.I. Stolyarenko (2008)lar ilgari suradilar. Ularning ta’kid-
lashicha, mashg‘ulotlarda yuksak samara beruvchi texnologik yondashuvlarni
qo‘llash uchun trener o‘zining boshqaruvchilik faoliyatida xususiy pedagogik ijod
potensiali bilan “qurollangan” shaxsiy fikrga ega bo‘lmog‘i lozim ekan.
Shubha yo‘qki, trenerning ijodi, uning ijodkorlik qobiliyati, motivatsion-
ijodchilik xususiyati u rahbarlik qilayotgan jamoa faoliyatida “o‘zining foydali
30
ishini ko‘rsatadi”. Ammo bu – mashg‘ulot yoki musobaqa jarayonida o‘zaro
hamjihatlik bilan ishtirok etuvchi sportchilar ham ijodkor bo‘lmasa, ijodiy fikrlash
qobiliyatiga ega bo‘lmasa, trener tomonidan har bir sportchi va jamoaga yuklangan
ko‘rsatmalar amalga ijodiy joriy etilmasa ko‘zlangan natijaga erishish uchun
yetarli bo‘lmaydi (A.Ya. Korx, 2000; E.A. Seytxalilov, 2006; M.V. Sanaya, 2010;
Ye.R. Yuzlikayeva, 2012; Yu.D. Jeleznyak, 2013; A.P. Argunova, T.N. Petrova,
2017).
Savol tug‘iladi: ijodkorlik qobiliyati nimadan tarkib topadi va qanday ichki
mexanizmlar asosida amalga oshiriladi? Birinchi bosqichda ijodkorlik qobi-liyatini
amalga oshirish quyidagi ichki mexanizmlardan tarkib topadi: yangilikni his qilish,
odatdagidan o‘zga narsani sezish, qarama-qarshi vaziyatlarga jiddiy e’tibor
qaratish, tanqidiy yondashish, qiyosiy tahlil qilish, o‘zida ijodiy “shubha”
uyg‘otish (“bu nima” refleksi – refleks “chto takoe”), ichki kurashni “eshitish”,
“bilimga chanqov” (informatsiya, jajda) va to‘g‘ri qaror qabul qilish nuqtasini
aniqlash.
Ijodkorlik qobiliyati ikkinchi bosqichda quyidagi ichki mexanizmlar asosida
amalga oshiriladi: ichdan sezish (intuitsiya), ijodiy obrazga tushish, “o‘tkir aql”,
ilhomlanish, emotsional faollik, ustuvor (dominant) motivatsiya, taqqoslash va
vaziyatga mos foydali tanlov.
Uchinchi bosqichda, ya’ni ijodkorlik qobiliyatini “tashqi muhitga chiqish”
bosqichida – uni amalga oshirish o‘zini-o‘zi tanqid qilish, raqibning zaif jihatlarini
hisobga olish, “sirli” qaror qabul qilish va yurtparvarlik tuyg‘usi kabi ichki
mexanizmlar asosida kechadi.
31
5-rasm. O‘qituvchi-trenerning ko‘p qirrali ijodkorlik funksiyasi
Shu bilan bir qatorda, trenerning ijodkorlik qobiliyatini jadallashtiruvchi
yuqorida qayd etilgan mexanizmlar mavjudligidan qat’i nazar uni muvaffaqiyatli
amalga oshirish imkoniyati faqat kasbiy-pedagogik mahoratning barcha qirralari
yuksak shakllanganligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |