Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va


XVIII BOB. PEDAGOGIK NAZORAT VA TAYYORGARLIK



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/322
Sana18.02.2022
Hajmi7,14 Mb.
#450604
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   322
Bog'liq
fayl 2055 20211105

 
XVIII BOB. PEDAGOGIK NAZORAT VA TAYYORGARLIK 
JARAYONINI BOSHQARISH 
18.1. Pedagogik nazorat 
 
Sport trenirovkasi jarayonida uzluksiz qo‘llaniladigan mashg‘ulotlar 
natijasida shug‘ullanuvchilar organizmining ish qobiliyatini goh susayishi, goh 
kuchayishi tabiiy hodisadir. Ammo, nagruzkadan so‘ng vujudga keladigan 
charchoq asoratlarini bartaraf etish, organizmning funksional faoliyatini 
muntazam tiklab borish hamda ish qobiliyatini to‘lqinsimon tarzda kuchaytira 
borish zaruriyati tiklovchi vositalardan o‘z vaqtida maqsadga muvofiq 
foydalanib turishni taqozo etadi. 


376 
Ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan vositalar bir necha turlarga bo‘linadi. 
Bular pedagogik, tibbiy-biologik (farmakologik) va psixologik yo‘nalishda 
qo‘llaniladigan vositalar.
Pedagogik vositalar kichik hajmda, katta amplituda va sekin shiddatda 
bajariladigan jismoniy mashqlarni o‘z ichiga oladi. Bu jismoniy mashqlar tana 
mushaklarini maksimal taranglashtirish va maksimal bo‘shashtirish asosida ijro 
etiladi. Ushbu mashqlar tana qismlari va bo‘g‘imlarini «burish», «bukish», 
«yozish», «siqish», «ishqalash», «uqalash», «silash» kabi jismoniy «muolajalar» 
bilan ifodalanishi mumkin. 
Bunday mashqlarni ma’lum pedagogik tartibda hajmi va shiddati jihatdan 
munosib me’yorda suv, havo, sauna muolajalari bilan qo‘shib qo‘llanishi yaxshi 
natija beradi. Bundan tashqari xolisona, sekin tarzda o‘rmon, tog‘ yon bag‘irlari, 
daryo qirg‘oqlari sharoitida yurish, chopish, velosiped haydash, eshkak eshish 
kabi muolajalar o‘ta samarali vositalar bo‘lib hisoblanadi. 
Tibbiy-biologik (farmakologik) vositalardan foydalanish shug‘ullanuvchi 
organlari – nerv, yurak-qon tomir, oshqozon, nafas olish sistemalari, hujayra, 
to‘qima va mushaklarni oziqlantiruvchi, ularga quvvat beruvchi va tiklovchi 
turli vitaminlarga boy sharbatlar, ho‘l va quruq mevalar, sabzavot, ko‘kat hamda 
boshqa shunga o‘xshash oziqlarni iste’mol qilish bilan ifodalanadi. Bunday 
muolajalarni yil davomida, ayniqsa yirik musobaqalar oldidan o‘tkaziladigan 
o‘quv-trenirovka yig‘inlarida va musobaqa davridan so‘ng (o‘tish davrida) 
amalga joriy etish o‘ta muhim shartlardan biridir.
Ayrim hollarda, ya’ni organizmni to‘liq reabilitatsiya qilish zaruriyati 
tug‘ilganda davolash va sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiyasidan foydalanish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Psixologik vositalar yordamida shug‘ullanuvchilarning nafaqat ish 
qobiliyati tiklanadi, ruhiyati va irodasi mustahkamlanadi, balki sportchining 
butun vujudi muayyan musobaqalarga safarbar etiladi, salbiy holatlar (apatiya, 
lixoradka, ortiqcha hayajonlanish, qo‘rqish, hadiksirash, xayolparishonlik va 
hokazo) bartaraf etiladi.


377 
Bu vositalar «ishontirish formulalari» (formula autogennoy trenirovki), 
«o‘zini boshqarish», gipnoz va boshqa shunga o‘xshash mashqlar kiradi. 
Barcha yo‘nalishda qo‘llaniladigan tiklovchi vositalardan mohirona 
foydalanish ko‘p yillik trenirovka jarayonida yuqori malakali sportchilarni 
tayyorlashda muhim rol o‘ynaydigan shartlardan biridir.
Sportchilar tayyorlash jarayonini samarali boshqarish puxta ishlab 
chiqilgan rejalashtiruv hujjat (dastur)lariga bog‘liqligi isbot talab qilmaydi. 
Lekin, rejalashtiruv hujjatlarini puxta ishlab chiqilishi ustuvor jihatdan 
pedagogik va psixofiziologik nazorat natijalariga asoslanishi shart. Binobarin, 
ko‘p yillik tayyorgarlik davomida yuqori malakali sportchilar tarbiyalash 
jarayonini boshqarishda nazorat sinovlarini muntazam o‘tkazish va olingan 
natijalarga asoslanish zamonaviy sport amaliyotining muhim hamda ustuvor 
shartlaridan biridir. 
Murabbiyning faoliyatida boshqarish funksiyasi «murabbiy (subyekt) ↔ 
sportchi (obyekt) ↔ murabbiy (obyekt)» shaklidagi uzviy bog‘langan tizim 
asosida amalga oshirilishi darkor. Ushbu tizimda murabbiyning kasbiy-
pedagogik faoliyati (KPF) quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi tavsiya etiladi . 
O‘quv-mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarini nazorat qilishda quyidagi 
uslublardan foydalanish mumkin: 
- mashg‘ulot va musobaqa jarayonini videotasvirga tushirish, stenografik 
usulda yozish, xronometraj olib borish: bunda quyidagi ko‘rsatkichlar e’tiborga 
olinishi lozim: 
- jismoniy sifatlar, texnik-taktik tayyorgarlikni test sinovlari yordamida 
baholash; 
- kuzatish va mahoratni ekspert usulda baholash; 
- psixologik sifatlar (reaksiya, ko‘rish kengligi, vaqt-oraliqni his qilish, 
xotira, diqqat, fikrlash, iroda va h.k.) va emotsional – motivatsion faollikni 
maxsus testlar asosida aniqlash; 
- funksional imkoniyatlar (nafas, yurak faoliyati, qon bosimi, analizatorlar 
va h.k.)ni maxsus testlar yordamida aniqlash. 


378 
Mazkur nazorat tadbirlarini amalga oshirishda zaxiradagi o‘yinchilar, 
yordamchi murabbiylar, ilmiy xodimlar, psixologlar va shifokorlarning 
hamkorlikdagi faol ko‘magi alohida ahamiyat kasb etadi.
Murabbiy o‘zining boshqaruv faoliyatida ushbu nazorat natijalari, ularni 
qiyosiy tahlili va berilgan tavsiyalardan unumli foydalanishi darkor. 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish