10-rasm.
Selektsion-bashoratlash funksiyasining tasnifiy andozasi
2.10. O‘qituvchi-trenerning kasbiy-pedagogik faoliyatini
nazorat qilish shakllari
Trenerni o‘z kasbiga munosibligi va uning kasbiy-pedagogik tayyor-garligini
attestatsion nazorat asosida baholab borish, mavjud nazariy bilim, amaliy
ko‘nikma-malakani
va
boshqa
funksional
qobiliyatlarini
yanada
jadal
shakllantirishga turtki beradi. Bu borada trener faoliyatini nazorat qilish va
baholashning ichki monitoring usuli muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan
nazoratning shu usuli, bir tomondan mavjud kamchiliklarni aniqlashga yordam
beradi va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyatini yaratadai, ikkinchi
40
tomondan, kasbiy-pedagogik tayyorgarlikni individual tartibda va hamkasblar
yordamida yanada shakllantirish yo‘llarini ochib beradi. Ma’muriyat va idora-viy-
davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan attestatsion nazorat davomida trenerning
kasbiy-pedagogik faoliyati turli uslub va shakllarda tashkil etiladi: monitoring,
suhbat, ekspress-so‘rov, so‘rovnoma, nazariy bilim, amaliy ko‘nik-ma va
malakalar darajasini ekspert usulda test sinovlari asosida baholash.
Ma’lumki, trenerning kasbiy-pedagogik faoliyati – bu harakat (faoliyat) va
harakatlar majmuasini aks ettiruvchi ko‘p komponentli va serqirra jarayondir.
Ushbu jarayon turli o‘quv-mashg‘ulot, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-tarbiyaviy, ilmiy-
tadqiqot va ijtimoiy vazifalarni hal etishga qaratiladi.
Pedagogik jarayonda trener va sportchi faoliyati, ta’lim (o‘rgatish) va tarbiya,
yuklamalarni rejalashtirish va ularni qo‘llash, trener va sportchining shaxsiyati,
jamoaning tayyorgarlik darajasi va uni musobaqada ishtirok etish natijasi kabi
omillar “xizmat” ko‘rsatadi. Shunday ekan, trener sport jamoasida yagona,
boshqaruvchi subyekt sifatida qayd etilgan barcha masalalarni o‘z nazarida tutishi,
xotirasida saqlashi, o‘rganishi, nazorat qilishi, kerak bo‘lganda jarayonga
o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritishi lozim bo‘ladi.
E.A. Seytxalilov (2000), Ye.R. Yuzlinayeva (2012)larning ta’kidlashicha,
sport maktablarida olib boriladigan pedagogik jarayonni bir martalab attestatsion
nazoratdan o‘tkazish va monitoring nazorat o‘rtasida mavjud muhim farqlaridan
biri shuki, monitoring – jarayonda kechadigan holatlar dinamikasi, kamchiliklar
mohiyati va o‘zgarishlar sur’atini izchillik tartibida, to‘la-to‘kis kuzatish imko-
niyatini yaratadi, qaysi jarayonlar qanday yo‘nalishda o‘zgarayotganini aniq-lashga
yordam beradi, salbiy va ijobiy holatlarni kuzatish, kamchiliklarni o‘z vaqtida
bartaraf etish chorasini qo‘llashga zamin yaratadi.
Trenerning kasbiy-pedagogik kompetentligini baholashga mo‘ljallangan eng
demokratik nazorat uslubi – bu oshkorana suhbatdir. Albatta, trenerning
tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan har bir suhbat oldindan ishlab
chiqilgan dastur asosida o‘tkazilishi lozim. Ushbu dasturda suhbatning maqsadi,
vazifalari, rejalashtirilgan mavzular mazmuni mujassam bo‘lmog‘i darkor.
41
Suhbatning maqsadi kamchiliklar yoki muammolarni qidirib topishga qaratilishi
kerak emas, balki tajribani o‘rganish, salbiy holatlarga barham berish va ijobiy
g‘oyalar hamda amallarni namuna sifatida o‘zga trenerlar faoliyatiga joriy etish
bilan bog‘liq bo‘lishi zarur. Bu borada individual yoki jamoa bilan o‘tkazi-ladigan
suhbatning munozara, muloqot, muhokama, qiyosiy tahlil va tortishuv (diskussiya)
usullarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Trenerning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini o‘rganishda ekspress-so‘rov
uslubidan foydalanish uni qaysi yosh va malakaga mansub guruh yoki jamoaga
rahbarlik qilishiga qarab oldindan tuzilgan savollar dasturi asosida amalga
oshiriladi. Ushbu uslub belgilangan savollarga tezkor javob olish va kasbiy-
pedagogik faoliyatning muayyan yo‘nalishi bo‘yicha trenerda shakllangan bilim-
tasavvur hamda fikr-mulohazalarni o‘rganishga qaratilgan.
So‘rovnoma trenerning kasbiy tayyorgarligini o‘rganish va baholashga
mo‘ljallangan eng keng tarqalgan uslub sifatida tan olinadi. Mazkur uslub
yordamida obyektiv va asl natijalarga erishish imkoniyati savollarning qisqa va
aniq tuzilishi, ularning mantiqiy ma’nosi va o‘zaro uzviylik tartibida joylash-
ganligi hamda mutanosib mazmunda ishlab chiqilganligiga bog‘liqdir.
So‘rovnoma uslubidan foydalanishda o‘zgalar bilan maslahatlashish qat’iyan
man qilinishi, javoblarni xolisona belgilanishi, respondent trener yoki trenerlar
ismi-sharifi oshkor qilinmasligini ta’minlanishi muhim ahamiyatga molikdir.
Savollarga berilgan javoblar “ha” yoki “yo‘q”, “bilaman” va “bilmay-man”,
“to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” yoki boshqa shunga o‘xshash biryoqlama fikr-ma’noni
anglatuvchi belgilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Trenerlarning amaliy faoliyatini o‘rganish, tashxis qo‘yish yoki attesta-
tsiyadan o‘tkazishda ko‘pincha ularning amaliy ko‘nikmalari va malakalari ekspert
usul asosida baholanadi. Ushbu uslub ochiq yoki yopiq (maxfiy) shaklda
qo‘llanilishi mumkin. Ochiq ekspert usuli asosida baholash quyidagicha tashkil
etiladi: dastlab 3, 5 yoki 7 nafar yetakchi mutaxassislar tarkibida ekspert
komissiyasi tuziladi va tartibga muvofiq tasdiqlanadi; oldindan tabaqalash-tirilgan
baholash reyting-ballarining maksimal miqdori belgilanadi; masalan, maksimal
42
ball – 10: tabaqalashtirish – 5-6 ball – “qoniqarli”; 7-8 ball – “yaxshi”; 9-10 ball –
“a’lo”. Har bir ekspert o‘z ballini e’lon qiladi (yoki monitorda ko‘rsatadi); keyin
barcha to‘plangan ballar qo‘shiladi; qo‘shilgan ballar yig‘indisi ekspertlar soniga
bo‘linadi; hosil bo‘lgan ball miqdori (masalan, 7,5 ball) trener tomonidan
namoyish etilgan amaliy harakat (o‘yin usuli texnikasi yoki taktikasi) sifatiga
qo‘yilgan bahoni anglatadi.
Ekspert usul asosida baholashning yopiq (maxfiy) shakli sport amaliyotida
kamdan-kam qo‘llaniladi.
Trenerning nazariy tayyorgarlik darajasini aniqlash (baholash) uchun maxsus
test savollari variantlari ishlab chiqiladi va ulardan foydalaniladi.
Qo‘llaniladigan test savollarining hajmi (soni) trenerning toifasi, uning
funksional vazifalari, guruh yoki jamoaning tayyorgarlik dasturi va mazmuni bilan
belgilanadi (BO‘SM, BO‘OZSM, OSMM, terma jamoa).
Savollarning murakkablik darajasi esa trenerning qanday shtat lavozimida
faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi (bosh trener, katta trener, trener, trener-o‘qituvchi,
trener-metodist).
Trenerlarning kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajasini baholashda eng
obyektiv uslublardan biri – dasturlashtirilgan kompyuter vositasidir. Mazkur uslub
quyidagi tartibda qo‘llaniladi: dastlab mutaxassislar dasturlashtirilgan tartibda
ishlab chiqilgan savollar tizimiga to‘g‘ri va muqobil javoblarni qog‘oz variantda
tayyorlaydi; keyin ular kompyuter xotirasiga kiritiladi. Kompyuterda savollar
ketma-ketligini o‘zgartirish, savollar variantlarini almashtirish imko-niyatlari
ko‘zda tutiladi. Savollarning mantiqiy ma’nosi saqlanib, nomlanishi o‘zgartirilishi
mumkin.
Trenerning nazariy tayyorgarligi va amaliy malakalarini baholashga
mo‘ljallangan test topshiriqlari hamda test mashqlarini tanlashda shunday
prinsipga asoslanish lozimki, ularning natijalari kasbiy-pedagogik tayyorgarligi
haqida obyektiv tasavvur hosil qilishiga imkon bersin.
Trenerning kasbiy-pedagogik faoliyatining turli qirralarini tadqiqot ostiga
olgan va ularning ichki hamda tashqi mohiyatini ochib bergan mualliflar fikr-
43
mulohazalarini umumlashtirish va taqqoslash asosida ta’kidlash mumkinki, aynan
har tomonlama yuksak kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lgan trener
iste’dodli va raqobatbardosh sportchilarni tarbiyalay olishi mumkin.
Yodda tutish muhimki, trenerlar kasbiy-pedagogik tayyorgarlik salohiyatini
baholashda eng asosiy mezon – bu musobaqa natijasidir. Shuning uchun ham
trenerning kasbiy-pedagogik faoliyatini o‘rganishda, nazorat shakllari va turlari
asosida baholashda jamoani musobaqalarda erishgan natijalari birinchi navbatda
e’tiborga olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |