Sport takomillashuvi bosqichi guruhlari (STBG). Mazkur bosqich
guruhiga oʼquv-mashgʼulot guruhlarida tayorgarlikni oʼtagan, maxsus jismoniy va
sport tayorgarligi boʼyicha qabul-koʼchiruv meʼyoriy normativlarini bajargan,
sport mahoratiga oid talablarni topshirgan sportchilar qabul qilinadi. Ushbu
bosqichda bir oʼquv-mashgʼulot yilidan navbatdagi oʼquv-mashgʼulot yiliga
298
koʼchirish oʼquvchilarning sport natijalari, jismoniy, psixologik va funktsional
imkoniyatlarining oʼsish dinamikasiga qarab amalga oshiriladi.