261
6. Hakamlik qilish, imo-ishoralar va jarimalar.
X BOB. MUSOBAQA NIZOMI VA UNI O‘TKAZISHNING TASHKILIY
USLUBIY MASALALARI
(O‘zbekiston chempionati misolida)
10.1. Musobaqa nizomi
Chempionatning maqsadi va vazifalari:
- O‘zbekistonda voleybolni yanada ommalashtirish;
- voleybolni rivojlantirish va jamoalarning sport mahoratini oshirish;
- mamlakat yagona sport tasnifi talablariga muvofiq voleybolchilarga sport
razryadlarini rasmiylashtirish;
- kuchli klublarni aniqlash va Osiyo musobaqalarida ishtirok etish uchun
mamlakat terma jamoasini tuzish.
Musobaqaga rahbarlik qilish.
Musobaqalar FIVB – Xalqaro voleybol Federatsiyasi tomonidan tasdiq-
langan rasmiy qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘yinlarda “Mikasa”
firmasining
MVP 200 rangli to‘plari qo‘llaniladi.
Musobaqaga rahbarlik qilish mas’uliyati O‘zbekiston voleybol federa-
tsiyasiga yuklatiladi.
Musobaqa o‘yinlarini Respublika hakamlar uyushmasi tomonidan tasdiq-
langan hakamlar guruhi boshqaradi. Musobaqaning bosh hakami vazifasiga milliy
toifadagi hakam tayinlanadi.
Jamoalarni
qabul qilish, joylashtirish va musobaqa o‘tkazish joylarini
tayyorlash musobaqa o‘tkazilayotgan shahar klubi zimmasiga yuklatiladi.
Mehmonxona, ovqatlanish va safar xarajatlari muvofiq jamoa klublari
tomonidan qoplanadi.
Musobaqa o‘tkazish joyi va vaqti.
Chempionatni o‘tkazish tartibi, tizimi, joylari va vaqti ishtirokchi jamoalar
soniga qarab chempionatdan 1 oy oldin e’lon qilinadi.
262
Musobaqa ishtirokchilari.
Chempionatda
klublar jamoalari, ko‘ngilli sport jamiyatlari, tashkilot va
korxonalar, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va Toshkent shahar terma
jamoalari ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining ijroiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq
chempionatda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar O‘VF hisob raqami ............
ga ............ so‘m miqdorida a’zolik badali uchun mablag‘ o‘tkazishlari lozim.
Chempionatda ishtirok etishni tasdiqlovchi xabarnoma ....... yil ...... oktabrgacha
taqdim etilishi shart. Ushbu muddatdan kech taqdim etilgan xabarnoma qabul
qilinmaydi va jamoa chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi.
Chempionatda ishtirok etish huquqini olgan jamoa tarkibi 22 kishi, shu
jumladan 18 nafar o‘yinchilar, 2 ta murabbiy, shifokor va jamoa rahbaridan iborat
bo‘lishi mumkin.
Jamoa tarkibiga ko‘pi bilan 2 nafar chet el o‘yinchilari
federatsiya ruxsati
bilan jalb qilinishi mumkin.
Natijalarni aniqlash.
Chempionatda jamoalarni guruhlarga bo‘linishi yoki bo‘linmasligi ishti-
rokchi jamoalar soniga qarab belgilanadi. Musobaqalar va ishtirokchi jamoalar
sport bazasida “tur” shaklida aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Chempionat
jadvalidagi o‘rinlar barcha turlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda to‘plangan
ochkolar
yig‘indisiga qarab aniqlanadi. G‘alaba uchun jamoaga 2 ochko, mag‘lubiyat uchun
1 ochko, o‘yinga kelmaganligi uchun 0 ochko beriladi.
Ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochkolar sonini to‘plagan bo‘lsa,
o‘rinlar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
a) barcha uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
b) barcha uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati;
c) o‘zaro uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
d) o‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati.
Agar qaysi bir jamoa uchrashuv davomida o‘yinni davom ettirishdan voz
kechsa, u chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi, barcha
263
uchrashuv natijalari bekor qilinadi va unga O‘VFning “Intizom Kodeksi”ga
muvofiq jarima choralari ko‘riladi. Ushbu jamoaga qarshi uchrashuv o‘tkazgan
barcha jamoalar 3:0 (25:0; 25:0; 25:0) hisobida g‘olib deb topiladi.
Agar biror-bir jamoa chempionatda o‘tkaziladigan barcha o‘yinlarning
yarmidan kamiga kelgan bo‘lib, keyingi
biror-bir turga kelmasa, ushbu jamoaga
ham yuqorida qayd etilgan tartibda jarima choralari ko‘riladi.
Rag‘batlantirish.
Mamlakat chempioni maqomiga ega bo‘lgan joriy yilda o‘rta umumta’lim
maktab, KHKlari yoki ALlarni bitirgan jamoa o‘yinchilari O‘zbekiston Respub-
likasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining O‘zDJTSU hamda viloyatlardagi
OO‘Yulari jismoniy tarbiya fakultetlariga imtiyozli asosda qabul qilinish huquqini
beruvchi sertifikatini olishga muyassar bo‘ladilar.
Chempion jamoa ko‘chma Kubok, qimmatbaho sovg‘alar,
diplomlar va oltin
medallar bilan taqdirlanadi. 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalar qimmatbaho
sovg‘alar, muvofiq diplomlar, kumush va bronza medallari bilan taqdir-lanadilar.
O‘yinchilar O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalarda ishtirok etib
kelgan natijalariga asosan O‘zbekiston yagona sport tasnifida belgilangan me’yoriy
talablarga muvofiq navbatdagi sport razryadlari bilan taqdirlanishga muyassar
bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: