2.1 O'zbekistonning yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari.
Shu oʻrinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yoʻnalishda hamkorlikni sezilarli tarzda oʻsib, rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab oʻtish lozim. Jumladan, 2019-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston va YEI mamlakatlari oʻrtasidagi savdo hajmi 2016-yil bilan taqqoslaganda deyarli 60 foiz oʻsib, 4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish 1,5 baravar ortgan holda 580 millionAQSH dollari miqdoriga yetgan boʻlsa, bu davrda import hajmi 1,5 barobar oshdi va 3,42 milliard dollarni tashkil etdi.
Joriy yil yanvar-may oylarida tovar ayirboshlash hajmi 1,315 milliard dollarni, shu jumladan, eksport 196,6 million dollarni, import 1,11 milliard dollarni tashkil etdi. Yevropaning 27 davlatini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi hamkorligi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotining ko‘plab sohalarini qamrab olgan va 30 yillik tarixga ega.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 2018-yilda Yevropa Ittifoqi bilan yangi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (EPCA) tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
Tomonlar joriy yilning iyul oyida bitimni keyinchalik imzolash va u tugagandan so‘ng kuchga kirishiga kelishib oldi.
_________________________________________________
https://daryo.uz/2022/11/02/ozbekistonning-yevropa-ittifoqi-davlatlari-bilan-savdo-aloqalari-qanday-kechmoqda
Mazkur Bitim yangi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishni nazarda tutadi.
Xususan, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, energetika, transport, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi, raqamli iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi va qishloqlarni rivojlantirish, bandlik va ijtimoiy masalalar, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar kabi qator muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.
2017-yildan boshlab Yevropa investitsiya banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston bilan hamkorlikni tikladi, bu O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining investitsiya loyihalari soni va ularni moliyalashtirish hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qildi.
Yevropa Ittifoqi ham har yili asosan O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etadi. 2020-yildan boshlab Yevropa Ittifoqi “O‘zbekiston tashqi savdosiga ko‘maklashish” loyihasini moliyalashtirib kelmoqda. Bu loyiha O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tartiblarni bajarish uchun texnik yordam ko‘rsatishni ham o‘z ichiga oladi. Yevropalik investorlarning O‘zbekistonda ishlashga qiziqishi ham ortib bormoqda. Shunday qilib, Yevropa davlatlari kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni 2017-yildan buyon 2,4 barobarga oshib, 440 tadan 1052 taga yetdi, ulardan 300 dan ortig‘i 100 foiz Yevropa kapitali ishtirokida. So‘nggi besh yilda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 50,5 foizga o‘sib, 2,6 milliard dollardan 3,9 milliard dollarga, eksport 39,2 foizga o‘sib, 400,7 million dollardan 557,7 million dollarga, import 52,6 foizga o‘sib, 2,2 milliard dollardan 3,3 milliard dollarga yetdi. 2020-yildan boshlab O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tashqi savdosi statistikasida 2020-yil yanvar oyida Yevropa Ittifoqidan chiqqan Buyuk Britaniya bilan savdo ko‘rsatkichlari va shu sababli O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdosi umumiy ko‘rsatkichlari hisobga olinmaydi.
2021-yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ulushiga O‘zbekiston umumiy savdo aylanmasining 9,2 foizi, umumiy eksportining 3,3 foizi va jami importining 13 foizi to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining bir tomonlama “Umumlashtirilgan imtiyozlar tizimi GSP+” benefitsiari maqomini olish bo‘yicha 27 ta xalqaro konventsiyani ratifikatsiya qilish bilan birga, Yevropa Ittifoqining barcha shartlarini bajardi.
Natijada, 2021-yil 10-apreldan Yevropa Ittfoqi O‘zbekistondan GSP+ doirasida import qilinadigan tovarlarga imtiyozli (nol) tariflarni qo‘llashni boshladi.
2021-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2020-yilga nisbatan deyarli o‘zgarmagan va 3,9 milliard dollarni tashkil etgan.
2022-yilda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksportini sezilarli darajada oshirish tendensiyasi davom etdi.
Shunday qilib, joriy yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 14,2 foizga o‘sdi va 3,1 mlrd dollarni tashkil qildi.
Bu davrda O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqiga eksport 68,1 foizga sezilarli o‘sib, 619,9 mln dollar bo‘ldi. Import esa 5,8 foizga o‘sgan va 2,5 mlrd dollarni tashkil qilgan. Salbiy savdo balansi 5,6 foizga kamayib 1,9 mlrd dollar bo‘lgan.
2021-yilda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan eksporti va importi tarkibi quyidagi asosiy tovar guruhlari bo‘yicha ifodalandi:
Umumiy savdo aylanmasi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari quyidagilardir:
Germaniya — 765,7 million dollar (umumiy savdoning 19,7 foizi);
Litva — 505 million dollar (13 foiz);
Italiya — 430,3 million dollar (11,1 foiz);
Niderlandiya — 287,6 mln dollar (7,4 foiz);
Fransiya — 280,8 mln dollar (7,2 foiz);
Polsha — 249 mln dollar (6,4 foiz);
Latviya — 232,7 mln dollar (6 foiz);
Chexiya — 199,3 mln dollar (5,1 foiz);
Ispaniya — 157,8 mln dollar (4,1 foiz);
Vengriya — 115 mln dollar (3 foiz);
Avstriya — 105,9 mln dollar (2,7 foiz) va boshqalar.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksportining asosiy hajmi Polsha (umumiy eksportning 15,9 foizi), Germaniya (12,9 foiz), Niderlandiya (12,5 foiz), Litva (12,0 foiz), Latviya (9,9 foiz), Italiya (7,2 foiz) kabi mamlakatlarga jo‘natiladi.Yevropa Ittifoqi davlatlaridan O‘zbekiston uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning asosiy yetkazib beruvchilari Germaniya (umumiy importning 20,9 foizi), Litva (13,2 foiz), Italiya (11,7 foiz), Fransiya (7,8 foiz), Niderlandiya (6,6 foiz), Latviya (5,3 foiz) va boshqalar hisoblanadi.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksporti sezilarli darajada oshganiga qaramay, import hajmi eksport hajmidan bir necha baravar yuqori. Masalan, 2021-yilda deyarli 6 barobar ko‘p edi. Yuriy Kutbitdinov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi malimotiga asosan.
Bu o‘rinda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo‘yicha ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996-yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi bitim 1996-yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida EI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur bitim O‘zbekistonni Yevropaning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga oshirish yo‘lida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg‘or davlatlar bilan bo‘layotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
_______________________________________________
https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonning-evropa-mamlakatlari-va-xalqaro-tashkilotlar-bilan-ozaro-manfaatli-hamkorligida-yangi-davr-boshlandi
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” R.E.XOLIQOVA o’quv qo’llanma toshkent 2021 nashr 167- bet
Do'stlaringiz bilan baham: |