1. 1137-yil Xo‘jand shahri yaqinida qoraxitoylardan mag‘lubiyatga uchragan qoraxoniylar eloqxoni kim edi?
A) Nasr ibn Ali B) Mahmud C) Ibrohim D) Xasan Bug‘roxon
2. Xorazmshoh Muhammad nechanchi yildan boshlab Movarounnahrni qoraxitoylardan ozod qilishga kirishadi?
A) 1210-yil B) 1212-yil C) 1206-yil D) 1214- yil 3. Tohiriylar davlati asoschisi Tohir ibn Husayn … viloyatining zodagonlaridan bo‘lgan.
A) Marv B) Nishopur C) Hirot D) Qandahor 4. O‘zbekiston tarixida X asr birinchi choragida sodir bo‘lgan voqeani toping?
A) Qoraxoniylar davlati tashkil topdi B) Somoniylar davlati inqirozga yuz tuta boshladi C) Qorluqlar davlatida masjidlar qurilishi jadallashdi D) O‘g‘uzlar davlati qipchoqlardan zarbaga uchrab, bo‘linib ketdi 5. Somoniylar davrida yer egaligining besh turi mavjud bo‘lib, shulardan qaysi biri oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo‘l ostida bo‘lgan?
A) “mulki xos” B) “iqto” yerlari C) “jamoa yerlari” D) “vaqf yerlari” 6. Abu Ali Chag‘oniy Chag‘oniyongahokim qilib tayinlanganidan 40 yil o‘tib …
A) Buxoroda harbiy askarlarning g‘alayoni ko‘tarildi B) Buxoro Nasr Eloqxon tomonidan bosib olindi C) Horun Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga yurish boshladi D) Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikkinchi marta qo‘shin tortadilar 7. Qaysi voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi kuchsizlanib qoladi?
A) Sind daryosi bo‘yida bo‘lgan jangdan so‘ng B) Valiyon qal’asi yonida bo‘lgan jangdan so‘ng
C) Parvon dashtidagi g‘alabadan so‘ng
D) Niso va Qandahor yaqinidagi jangdan so‘ng 8. Eftaliylar Xitoyga elchi yuborgan yili sodir bo‘lgan voqeani toping? A) sosoniylar shohi Pero‘z hukmronligi boshlandi B) kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchradi C) xioniylar davlati tarix sahnasidan ketdi D) turklar Vizantiyaga elchi yuborishdi 9. Berilgan javoblarning qaysi biri noto‘g‘ri?
A) Xioniylar Shimoliy Hindistonda 75 yil hukmronlik qilgan B) Pero‘z 484-yilda eftaliylarga qarshi yurishga otlanadi C) IV asrning 70-yillarida O‘rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o‘rnatildi D) Kidariylar V asrning 20-yillarida O‘rta Osiyoga kirib keldi 10. Turkiy run yozuvi yana qanday nom bilan ataladi?
A) turk xoqonlari yozuvi B) toxar-kushon yozuvi C) ko‘k turk yozuvi D) Kultegin bitigi 11. Bolaliktepa manzilgohi qaysi viloyat hududida joylashgan?
A) Surxondaryo B) Buxoro C) Xorazm D) Qashqadaryo 12. V asrning o'rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma'lum bir qismi mulkdor dehqonlar qo'l ostidagi mulklardan iborat bo’lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi hali ham ................. ning qaramog'ida edi.
A) kadivarlar B) qishloq jamoalari C) dehqonlar D) davlat 13. Qang‘ davlatidan birinchi bo‘lib qaysi hudud ajralib chiqqan?
A) Farg‘ona B) Toshkent C) Xorazm D) So‘g‘d 14. Qaysi G’aznaviy hukmdorning hukmronligi davrida g‘aznaviylarning siyosiy nufuzi oshib, somoniylar tomonidan e’tirof etilgan.
A) Alptegin
B) Mahmud G‘aznaviy C) Sobuqtegin
D) Mas’ud G‘aznaviy