67. “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” asari qaysi shaharda bosilib chiqqan?
A. Florensiya B. Seveliyada
C. Londonda D. Parijda
68. “Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi”. Ushbu fikrlar muallifini belgilang?
A. Islom Karimov
B. Shavkat Mirziyoyev
C. tarixchilar.B. D. Grekov va A.Y.Yakubovskiylar
D. Klavixo
69. 1398–1399-yillarda Amir Temur qayerni egallaydi?
A. Eronni B. Iroqni
C. Xurosonni D. Dehlini
70. Amir Temur qo‘shinida harbiy kuchlarning asosini kimlar tashkil etgan?
A. otliq askarlar B. piyodalar
C. kamonchilar D. qilichbozlar
71. Qaysi Temuriy hukmdor g‘arbda “katolik oqimining homiysi” sifatida shuhrat qozongan?
A. Amir Temur B. Umarshayx
C. Mironshoh D. Shoxrux
72. Amir Temur yordami bilan taxtni egallagan shaxsga qarshi so`nggi jangi bo`lgan hududga bir necha asrlar oldin borib o`rnashgan xalqqa tegishli ma’lumotni aniqlang?
A. Ushbu xalq asosan chetga jun va junli mahsulotlar eksport qilgan
B. Ushbu xalq muqim o`rnashgan hududlar orqali V asrda Sharqdan ko`chmanchi qabilalar kirib kelgan
C. Ushbu xalq davlat tuzgach qator qabilalar ittifoqidan tashkil topgani bois hukmdorlari maxsus unvonlar bilan yuritilgan
D. Bu qabila bir paytlar G`arbiy xoqonlikning dastlabki markazi bo`lgan joyda joylashib olib Sirdaryo o`rta oqimiga tomon yurish boshlaydi
73. Temur saltanatining farzandlariga bo’lib bergan qismlarining markazlari to’g’ri berilgan javobni toping?
1. Xuroson, Jurjon, Mazondaron va Seyiston 2. G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston
3. Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi 4. Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston
a. G‘azna, keyinchalik Balx b.Xirot c.Sheroz d.Tabriz
A.1b, 2d, 3c, 4a B.1b, 2d, 3a, 4c
C.1b, 2c, 3d, 4a D.1b, 2d, 3a, 4c
74. Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga necha marta askar tortadi?
A. 2 B. 3 C. 4 D. 9
75. Mironshoh qanday maqsadni ko’zlab nasroniy ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi?
A. Yevropa davlatlari bilan o‘zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida
B. Yevropada o’z obro’-e’tiborini oshirish maqsadida
C. Yevropada o’z siyosiy ta’sirini kuchaytirish maqsadida
D. Barcha jaoblar to’g’ri
76. Klavixo boshliq Ispaniya elchilari 1404-yilning qaysi oylarida Samarqandda bo‘ladilar?
A. sentabr-noyabr B. mart-aprel
C. noyabr-dekabr D. iyul-sentabr
Do'stlaringiz bilan baham: |