26. Mo‘g‘ul bosqoqlari bu?
A. janchilari
B. harbiy qo’mandonlar
C. Xonning vakili
D. mahalliy hokim
27. Mashhur shoir va adib Maqsud Shayxzoda o’zining “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasini qachon yozgan?
A. 1954-yilda B. 1941-yilda
C. 1944-yilda D. 1956-yilda
28. Jaloliddinga qarshi muxolif kuchlarni birlashtirishga erishgan Ko’niya hukmdori nomini belgilang?
A. Shamsuddin Eltutmish
B. Nosir C. G’iyosiddin
D. Alouddin Qayqubod
29. Sind (Hind) daryosi qirg‘oqlaridagi jang qachon bo’lgan va jangda kim g’alaba qozongan?
A. 1221-yilning 24-25-noyabrida Mo’g’ullar
B. 1221-yilning 24-25-dekabrida Jaloliddin
C. 1221-yilning 16-fevralda Chingizxon
D. 1224 yil 24-25-noyabrida Chingizxon
30. O`rta Osiya davlatlarida turli davrlarda dehqonlar va savdogarlardan olinadigan soliqlarni ko`rsatining?
1. boj, 2. ushr, 3. xiroj, 4. jizya, 5. yasoq, 6. shulen, 7. targ`u, 8. kalon, 9. qopchur.
A. 1, 2, 5, 7, 9 B. 2, 4, 6, 8, 9
C. 1, 3, 5, 7, 8 D.2, 3, 5, 6, 8
31. Movorounnahr noibligidan chetlashtirilgan Mahmud Yalavochni kim Pekin shahriga hokim etib tayinlaydi?
A. Chingizxon B. Chig’atoy
C. Oqtoy D. Jo’ji
32. Jaloliddin Manguberdi haqdagi ma’lumotlar, shuningdek, …va boshqa tillardagi manbalarda ham uchraydi?
A. xitoy, mo‘g‘ul, arman
B. hind, turk va xitoy C. hind, mug’ul va yunon
D. yunon, fors va hind
33. “Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z teng qurlarining sarvari ekan”, Jaloliddin Manguberdiga berilgan ushbu ta’rif kimga tegishli?
A. Shamsuddin Eltutmish
B. Xalifa Nosir
C. Taynol no‘yon
D. Alouddin Qayqubod
34. Parvon dashtidagi g‘alabadan keyin qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashdagi kelishmovchilik oqibatida Jaloliddin qo’shinini tark etgan lashkarboshilar nomini aniqlang?
A. Sayfuddin Ag‘roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar
B. Sharofulmulk va Shamsuddin Eltutmish
C. Yazidak pahlavon va Sunqurjiq
D. G‘iyosiddin, Sharofulmulk va Muzaffar Maliklar
35. Qaysi istilochi hukmdorlardan biri viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishni o`ziga bo`ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalangan?
A. Bumin B. Ibrohim Bo`ritegin
C. Ashros D. Chig`atoy
36. Mo’gullar hukmronligi davrida joriy etilgan soliqlar to’g’ri berilgan javobni toping?
1. yer solig‘i 2. chorvadorlardan olinadigan soliq 3. oziq-ovqat solig‘i 4.hunarmandlar va savdogarlardan
5. Ijara solig’i
a.“targ‘u” b.“kalon” c.“shulen” d.“qopchur” e.barot
A.1b, 2d, 3c, 4a, 5e
B. 1d, 2b, 3c, 4a, 5e
C. 1b, 2d, 3c, 4a, 5e
D. 1b, 2d, 3a, 4c, 5e
37. Qaysi tarixiy asar Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixining islom tarqalishidan to 1231-yilgacha bo‘lgan davri haqida ma’lumot beruvchi eng qimmatli manbalardan biri sanaladi?
A. “Al-Komil fit-tarix”
B. “Tarixi jahonkushoy”
C. “Ravzatus-safo”
D. “Tarixi arba’ ulus”
Do'stlaringiz bilan baham: |