AMALIY MASHG‘ULOT–1 (2 soat)
Mamatraximov O
DETALNI ANIQLIGIGA BO‘LGAN TALABLARNI
UNING XIZMAT VAZIFASIGA MUVOFIQLIGINI TAHLILI
Mashina detallarini xizmat vazifasini aniqlashni o‘rganish,
chizmaga quyilgan
o‘lchamlar, dopusklar va tozalik belgilarini detalni xizmat vazifasiga muvofiqligini
taxlil qilish texnologtik jarayonni ishlab chiqishda asosiy bochqichlardan biri
hisoblanadi.
Mahsulotning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu uni tayyorlash aniqligi
hisoblanadi, chunki aniqligidan uning ekspluatatsion sifati,
umrboqiyligi va
ishonchliligi, tayyorlash va ekspluatatsiyadagi mehnattalabligi bog‘liq bo‘ladi.
Mashinasozlik texnologiyasida aniqlik deganda ishlab chiqariladigan mahsulotni
oldindan o‘rnatilgan prototipiga namunasiga moslik darajasi tushuniladi.
ISO va GOST da aniqlikni quyidagi ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan:
- o‘lcham aniqligi – detallar va yig‘ma birliklarning har xil elementlari orasidagi
masofa;
- shakl aniqligi – real yuzaning shaklini yoki real profilning nominaldan chetga
chiqishi;
- yuzalarning o‘zaro joylashish aniqligi – detallarni yoki yig‘ma
birlik detallarini
ko‘rilayotgan elementini real holatini nominal joylashishidan chetga chiqishi.
O‘lcham aniqligi dopusk T bilan xarakterlanadi va ikkita chegaraviy (eng katta va
eng kichik) ro‘xsat etilgan o‘lchamlar farqi sifatida aniqlanadi. GOST 25346-82
bo‘yicha 19 ta IT01 dan IT17 gacha aniqlik kvaleteti o‘rnatilgan. 13 kvaletetdan
dag‘alroq o‘lcham aniqligi texnik talablarda “O‘lchamlarning ko‘rsatilmagan
chegaraviy chetga chiqishlari: vallar h14, teshiklar H14, chiziqli IT14/2 ” kabi
ko‘rsatiladi.
*Ma’lumot uchun o‘lchamlar
Stal 45 GOST 1050-88
220...230 NV
SHakl aniqligi berilgan geometrik shakldan Δ chetga chiqish bilan xarakterlanadi.
GOST 24643-81 bo‘yicha ikki xil shakldagi yuzalarning chetga chiqishi
aniqlangan: silindrik va tekis. SHakllarni chetga chiqishi real yuza (profil) dagi
nuqtadan real yuzaga normal bo‘yicha yotadigan yuza (profil) gacha bo‘lgan eng
katta masofa bilan baholanadi.
O‘lcham dopuski – shaklning ruxsat etiladigan chetga chiqish qiymati. GOST
24643-81 bo‘yicha nisbiy aniqlikning uchta bosqichi o‘rnatilgan bo‘lib, ular
tayyorlanadigan detallarda o‘tqazishlar va aniqlik kvaletetlarini o‘rnatishda
quyidagilar inobatga olinadi:
a) ekspluatatsion konstruktiv talablar;
b) tayyorlash texnologiyasi va detallarning o‘lchamlari, shakllari va yuzalarini
o‘zaro joylashishining mumkin bo‘lgan chetga chiqishlari;
v) nazorat qilish va o‘lchashlarning mumkin bo‘lgan xatoliklari.
O‘tqazish va aniqlik kvaletetlarini tanlash metodikasi o‘lchamlarnig
turlaridan
bog‘liq bo‘ladi. Mashinaning sifatini va tannarxini aniqlovchi eng muhim masala
funksional o‘lchamlar uchun aniqlik kvaletetini tanlash hisoblanadi.
1
2
58*
94*
Rz20
Rz20
5
7
-0
,2
3
2
1
8
2
0
2
3
*
3
*
3
5
*
A-A
3
*
3
A
A
В
Б
5
2
2 отв. М8
82 0,2
48 0,2
Г
3
0
30
Rz
20
* Размеры для справок
130 0,1*
33
4
Detallarning funksional o‘lchamlari uchun o‘tqazishlar va aniqlik kvaletetlarini
tanlash uzel va butun mashinani ishlashiga quyiladigan ekspluatatsion–konstruktiv
talablarni qoniqtirish nuqtai–nazirdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Funksional o‘zaro almashuvchanlikni ta’minlash nuqtai-nazaridan hisoblangan
dopusklar ikki qismga bo‘linishi kerak:
birinchi qismi, eyilishga zaxira sifatida
qoldiriladigan yoki mashinani uzoq muddat foydalanish jarayonida talab qilingan
aniqlik va mustahkamlikni saqlash uchun zarur bo‘lgan mustahkamlik zaxirasi, va
ikkinchi qismi, uzelni va butun mashinani tayyorlash, yig‘ish xatoligini cheklashga
va uni rostlashga hamda kuch va harorat deformatsiyalarini va boshqa xatoliklarga
ketadigan qismi.
Quzg‘aluvchan birikmalarda yoki kinematik juftliklarda dopuskning birinchi qismi
zazornig ekspluatatsion dopuski hisoblanadi va mashinaning chiqish ekspluatatsion
parametrlarini (aniqligi, quvvati, mahsuldorligi,
umrboqiyligi, F.I.K, ishonchlilik
darajasi va hk.) ruxsat etiladigan o‘zgarishlaridan kelib chiqqan hoda aniqlanadi.
bo‘lib,
Qo‘zg‘almas birikmalar uchun taranglikning ekspluatatsion dopusklari ishchi
yuklar, tezlik, tezlanish,
ishchi haroratni ortirish, mashinani uzoq muddat
ekspluatatsiya jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan siljuvchanlik va
relaksatsiyasi, mashinani uzoq muddat ekspluatatsiya jarayonida birikuvchi
o‘lchamlarning va ko‘tarish xususiyatini kamayishi yuz beradigan birikmani qayta
ajratish va yig‘ishlarning mumkin bo‘lgan sonidan bog‘liq
ravishda aniqlanishi
kerak. Birikadigan yuzalar o‘lchamlari uchun dopusklarni tanlash bir vaqtning
o‘zida o‘tqazishlarni tanlash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Aniqlik zaxirasi yoki mustahkamlik zaxirasiga ketadigan oraliq yoki taranglik
dopuski kattaligining miqdori mashina yoki mexanizmning ekspluatatsion
vazifasidan,
belgilangan ish muddatidan, tayyorlash va yig‘ishning iqtisodiy
aniqligidan va b. omillardan bog‘liq bo‘ladi.
SHunday qilib birikmaning ishlash ekspluatatsion sharoitlaridan kelib chiqqan
holda talab qilingan posadkani aniqlashda bir vaqtning o‘zida birikma detallarini
tayyorlashni zarur aniqlik kvaletetlarini ham aniqlanadi.
Aniqlik kvaletetini tanlashda va aniqlik zaxirasini o‘rnatishda detallarni tayyorlash
va yig‘ish texnologiyasi va iqtisodiy aniqligini inobatga olish kerak. Bu detal, uzel
va mashinalarni texnologik konstruksiyalash va iqtisodiy
eng qulay tayyorlash
uchun zarur. Detallarni yuqoriroq aniqlik kvaleteti bo‘yicha tayyorlash
ishchilardan katta mehnat va jihoz, moslama, asbob va nazoratga katta xarajatlarni
hamda brak poydo bo‘lishini yuqori ehtimoli bilan bog‘liq bo‘ladi.