3-savol. Chizmachilikni
о`qitish da zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanishning dolzarb masalalari.
Hozirgi vaqtda eng tashvishli masalalardan biri talabga javob bermaydigan
darajada
о`qiydigan о`quvchilarning kо`pchilikni tashkil qilishi. Sababini aniqlash
muhim masala hisoblanadi.
Bolalarning
о`tish yoshi eng qiyin davr hisoblanadi. О`qituvchilar о`z
о`quvchilarining shu davrdagi о`ziga hos о`zgarishlarini hisobga olmasliklari
natijasining mahsulidir.
Bolalarning bu
о`tish yoshi davri shvetsiyalik psixolok Jan Piaj (1876-1980)
ning fikricha,
о`spirinlarda ob`yektga, borliq dunyoga nisbatan abstrakt fikrlash
jarayonining
yetilishi
bilan
xarakterlanadi.
Fikr
yuritish
harakatining
murakkablashishi bola hayotining barcha tomonlariga, hissiyotiga ta‘sir k
о`rsatadi.
Amerikalik psixolog Stenli Holl (1884-1923) ta‘biri bilan aytganda bolaning ichki
va tashqi nizolarining kuchaygan davri b
о`lib, ―individual hissi‖ paydo bо`ladi.
Amerika psixologi Erik Erikson (1902-1982) bolaning
о`z oldiga qо`ygan
maqsadiga erishish y
о`lida ishbilarmonlik va juda ta‘sirchanlik paydo bо`ladi. Bu
yoshda mehnatga b
о`lgan munosabatiga asos solinadi.
Bolalardagi ta‘sirchanlik ijtimoiy omil va tarbiyalanish sharoitiga, shaxsning
individualligiga bog`liq b
о`lib, ―men‖ degan qarama-qarshilik da‘volari bola
shaxsining hissiyotiga katta ta‘sir k
о`rsatadi (I.S.Kon, Psixologiya yunosti, M.,
―Prosvesheniya‖, 1989-79 b). Bu yoshda bolalarda hayolparastlik davri
boshlanadi. Tevarak atrofni
о`rab turgan turli hodisalarga javob topishga intiladi.
О`z ichki dunyosini qondirish maqsadida har xil gipotezalar tuzadi, о`zining psixik
holatini zezmaydi. Agarda bola xafa b
о`lsa, u atrofdagi muhitni sabab qilib
k
о`rsatishga urinadi.
О`quvchilarning о`tish yoshidagi har xil ―qiliqlarini‖ hisobga olib, о`qitish
tashkil qilinsa, uning samaradorligi oshishiga sababchi b
о`linadi. О`quvchilarning
psixik
о`zgarishlariga mos keladigan didaktik metodlar tatbiq qilib yangi natijalarga
erishish mumkin.
―Tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi‖ ta‘lim yо`nalishining о`quv rejasida
―Muhandislik grafikasi fanini о`qitishning zamonaviy tеxnologiyalari‖ fani mavjud
b
о`lib, unda chizmachilik fanini о`qitishda pedagogik texnologiyalarnin о`rni va
amaliy ahamiyati
о`rganiladi. Oliy ta‘lim muassasalarida mutaxassis kadrlar
tayyorlanishi sababli
pedagogik
texnologiyalarni fanga amaliy tatbig`ini va uni tashkil qilish metodikasini talabalarga
ilmiy asosda yetkazib berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |