O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-sentabr,
543-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 543-son qaroriga
1-ILOVA
2022 — 2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli
KO‘RSATKICHLARI
T/r
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
2022-y.
|
2023-y.
|
2024-y.
|
2025-y.
|
2026-y.
|
1.
|
Ichki turistlar tashrifi soni (mln kishi)
|
2,4
|
2,9
|
3,4
|
3,8
|
4,1
|
2.
|
Xorijiy sayyohlar soni (ming kishi)
|
450,0
|
900,0
|
1,200
|
1,500
|
1 800
|
3.
|
Xizmatlar eksporti (mln AQSh doll)
|
121
|
200
|
230
|
270
|
300
|
4.
|
Joylashtirish vositalaridagi xonalar soni (ming)
|
5,399
|
6,131
|
6,721
|
7,336
|
7,976
|
5.
|
Mehmonxonalar nomyer fondining bandlik darajasi
|
45,0
|
51,0
|
61,0
|
71,0
|
93,0
|
6.
|
Joylashtirish vositalaridagi o‘rinlar soni (ming)
|
12,147
|
13,672
|
14,902
|
16,182
|
17,512
|
7.
|
Mehmonxonalar soni (dona)
|
178
|
198
|
218
|
238
|
258
|
8.
|
Oilaviy mehmon uylari soni (dona)
|
264
|
314
|
325
|
335
|
345
|
9.
|
Xostellar soni (dona)
|
55
|
61
|
66
|
71
|
76
|
10.
|
Internet (4G va 5G texnologiyalarini hisobga olgan holda) qamrovi darajasini oshirib borish
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
Izoh. Prognoz qilinayotgan maqsadli ko‘rsatkichlarga turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
4. 2022 - 2026 ЙИЛЛАРДА ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ТУРИЗМ САЛОҲИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ БЎЙИЧА ҚЎШИМЧА ЧОРА-ТАДБИРЛАР ТЎҒРИСИДА.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, ichki va xorijiy turizm bozorlari uchun hududning jozibadorligini oshirish, turizm, madaniy meros, madaniyat va san’at sohalari infratuzilmasini yaxshilash, yangi turizm xizmatlarini joriy qilish, milliy hunarmandchilik mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2022 —2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini yanada oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha “Orol orzusi” dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, Turizm va madaniy meros vazirligining budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan quyidagi targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish uchun mablag‘lar ajratiladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda — hudud), ayniqsa, Mo‘ynoq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi matnli, video materiallarni qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va radioda muntazam yoritib borish hamda turistik obyektlarga tarqatishni tashkil qilish;
xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, bloger va vlogerlar ishtirokida infoturlar tashkil qilish va ularni yoritib borish;
Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha “Orol orzusi” dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatga ega boshqa obyektlar) hamda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish;
hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda turizmning safari, ekstremal, etno turlari bo‘yicha o‘ziga xos turizm yo‘nalishlarini tashkil etish;
hududda yangi yo‘lovchi transporti (avtobus, mikroavtobus va boshqalar) yo‘nalishlarini kengaytirish, ularning muntazam qatnovlarini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;
hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, daraxtlar nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘rmonzorlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, antropogen faoliyatning atrof muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi ikki oy muddatda Ellikqal’a tumanidagi “Sharq yulduzi” ovul fuqarolari yig‘inining “Aqchako‘l” hududida turistik dam olish maskanlari, savdo-ko‘ngilochar xizmatlarini tashkil etish va shu maqsadda zarur infratuzilmani barpo qilish bo‘yicha hududning bosh rejasi ishlab chiqilishini ta’minlansin.
5. Turizm va madaniy meros vazirligi:
Madaniy meros agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda Mo‘ynoq tumanida yo‘qolib borayotgan tarixiy “baliqchilar uylari” va ularga oid obyektlarni xatlov va ekspertizadan o‘tkazsin hamda xulosalarga ko‘ra ularni belgilangan tartibda madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish;
“Hunarmand” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda hududdagi hunarmandlar tomonidan yaratiladigan suvenir mahsulotlar turlarini ko‘paytirish, suvenir mahsulotlarida qoraqalpoq, Orol va Mo‘ynoq an’analari timsoli va dengizni tasvirlovchi jarayonlarni aks ettirish hamda ularning Toshkent, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarida savdosini yo‘lga qo‘yish;
Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan 2022-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida gid-ekskursovod sifatida faoliyat olib borish istagini bildirgan talabgorlarga tegishli maxsus amaliy o‘quv kursini tashkil etish;
Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2022-yil sentyabr oyida Ahmad Yassaviy tariqati davomchisi Hakim ota (Sulaymon Boqirg‘oniy) tavalludining 900 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani yuqori saviyada tashkil qilish va targ‘ibot materiallari (Sulaymon Boqirg‘oniyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik, tarqatma ma’lumotlar)ni tayyorlash;
xorijiy davlatlar va respublikada o‘tkaziladigan nufuzli turistik ko‘rgazmalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Chimboy tumani “Kokshiqal’a” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan o‘tov (qora uy) tayyorlovchi hunarmandlar ustaxonalarini milliy ko‘rinishda ta’mirlash va hududni obodonlashtirish ishlarini tashkil qilsin.
7. Turizm va madaniy meros vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda:
Orolbo‘yi muammolari, ularni bartaraf etish hamda mintaqada turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan jahon hamjamiyatini yaqindan tanishtirish, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar grantlari va investorlarning mablag‘larini hududga jalb qilish;
xorijiy hamkorlar uchun “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” xalqaro muloqot platformasini tashkil etish va Mo‘ynoqda xalqaro konferensiya o‘tkazish;
“yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar tomonidan Orolbo‘yi mintaqasining iqlimiga mos daraxt hamda saksovul ko‘chatlarini ekishni targ‘ib qilish;
respublikadagi yoshlarning Mo‘ynoq tumaniga tashrifini tashkil etish, mahalliy yoshlar ishtirokida madaniy-ko‘ngilochar tadbir va ekologik aksiyalar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
8. Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahar va tumanlaridan 500 nafardan fuqarolarni respublikaning turistik hududlariga sayohatlarini tashkil etish;
viloyatlar va Toshkent shahridagi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli (yetti kundan kam bo‘lmagan) kurslarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi bilan birgalikda respublikaning turistik hududlariga sayohatlarni hamda qisqa muddatli kurslarni tashkil etish grafigini tasdiqlasin.
10. Turizm va madaniy meros vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorda belgilangan vazifalarning o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlasin, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga har oy yakuni bilan kiritib borsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |