Undalmalar quyidagicha ifodalanadi:
1) ot: Hamid, badiiy o'qish to'garagiga qatnashasanmi?
2) olmosh: Hoy sen, menga qara-chi.
3) otlashgan so'zlar: Shunday demaysizmi, azizim! (sifat) To'rtinchi, birinchiga javob bering (son).
4) undov so'zlar: Hoy! Beri keling!
5) so'z birikmalari bilan: Hoy, soqoling ko'ksingga to'kilgur!
6) iboralar bilan: Hoy, yigit tushmagur, nima qilib qo'yding! Undalma gapning boshida kelsa, undalmadan so'ng, gap o'rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undalmadan oldin vergul qo'yiladi: So'zla, ko'zgujon, Haqiqatni et bayon!
Kirish so'z, kirish birikma va kirish gaplar
So'zlovchining o'zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so'z kirish so'z, shunday so'z birikmasi esa kirish birikma deb yuritiladi. Kirish so'zlar va kirish birikmalar asosan modal so'zlar bilan ifodalanib, quyidagi ma'nolarni bildiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |