Til- halqum nervi (to'qqizinchi juft) akulaning birinchi jabra yorig'iga borib, ikkita tarmog'i bilan uning oldingi va keyingi qismlarini innervatsiyalaydi. Bu nerv funksiyasi jihati dan aralash boiib, sezuvchi va harakatlantiruvchi nervdir.
Adashgan nerv (o'ninchi juft) aralash nerv boiib, uzun
choq miyaning yonboshidan, keyinchalik bir-biri bilan qo'shilib yo'g'on nerv tomirini hosil qiladigan bir qancha tarmoqlar holida chiqadi. Adashgan nerv bosh miyaning boshqa nerv- laridan gavdaning ko'pchilik qismini innervatsiyalashi bilan farq qiladi. Asosiy tarmoqlaridan to'rttasi to'rt jabra yorig'ini
(ikkinchidan beshinchigacha), beshinchi —ichki organlar yon bosh tarmog'i esa tana va dum boiimlarining teri sezish or- ganlarini innervatsiyalaydi.
Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari har ikki tomondan juft-juft boiib birlashib, umumiy aralash nervni hosil qiladi. Har bir juft nerv o'ziga tegishli segmentlarni innervatsiyalaydi. Akulalarda juft suzgich qanotlar rivojlan- ganligi munosabati bilan yelka va bel-dumg'aza nerv chigali hosil boiadi. Bu nerv chigallari bir qancha nervlarning qo'shilishidan hosil bo'lgan va tegishli juft suzgich qanotlarga boradigan umumiy stvol (tana)dan iborat.
Umurtqali hayvonlarning ko'z soqqasini 6 ta muskul (1,2, 3, 4, 5, 6) harakatlantiradi, ular bir uchi bilan ko'z kosa sining devoriga, ikkinchi uchi bilan esa ko'z soqqasining ma’lum
joyiga birikadi. Ularning to'rttasi (3, 4, 5, 6) yuqorigi, past ki, ichki va tashqi to'g'ri muskullar, 2 tasi esa (1, 2) yuqorigi va pastki qiya muskullar deb ataladi. Bu musk- ullarni III, IV va VI juft nervlar innervatsiyalaydi.
Ayirish organi. Barcha tuban umurtqalilarnikiga o'xshash akulalarda ham birlamchi buyrak - mezonefros boiadi. U ikkita uzunchoq tanacha shaklida bo'lib, umurtqa pog'onasining
ikki yonida tana bo'shlig'ining deyarli ko'krak suzgichlari atrofi- dan to kloakasigacha cho'ziladi. Har buyrakdan bittadan in gichka siydik yo'li chiqadi. Siydik yo'llari urg'ochilarida siy dik so'rg'ichining va erkaklarida siydik-jinsiy so'rg'ichining tepasidan o'tib kloakaga ochiladi (18-19-rasmlar).
Jinsiy sistemasi. Erkak akulaning urug'donlari (18-rasm) bir juft. Ular uzunchoq tana shaklida boiib, qizilo'ngachning yon qismi, jigaming tagida joylashgan. Urug'donlardan oq ipga o'xshash ingichka urug' chiqarish yo'llari boshlanadi (aniq ko'rish uchun urug'donni pinset bilan ko'tarish lozim). Urug' chiqarish yo'llari buyrakning yuqorigi, odatda urug'don ortig'i vazifasini bajaruvchi uchiga ochiladi. Buyrakning bu
bo‘limidagi kanalchalar (yo'llar) birlashib, qorin yu- zasining ichki qirg'oqlari bo'ylab o'tadigan urug' yo'llariga aylanadi. Urug' yoilarining keyingi uchlari kengayib, yupqa devorli urug' pufakchalarini hosil qiladi. Urug' yoilari siydik yo'llari bilan birgalikda si ydik- tanosil so'rg'ichiga ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |