6 i f 4,2
7-rasm. Assidiya lichinkasining tuzilishi:
1-birikish so‘rg‘ichlari, 2-og‘zi, 3-endostil, 4-miya pufakchasi, 5-ko‘zchasi, 6- kloaka teshigi, 7-ichagi, 8-nerv nayi, 9-xordasi, 10-yuragi.
Lichinka bir qancha vaqt suvda erkin suzib yurib, so‘ngra suv ostidagi birorta substratga yopishib, o‘troq holda yashash- ga o'tadi va uning dumi, xordasi hamda nerv nayining qo‘p qismi yo‘qolib, tuzilishi soddalashadi.
Assidiyalar jinssiz kurtaklanib ham ko'payadi.
Topshiriqlar:
Assidiyaning ho‘l preparatini lupada qarab tekshiring. Tanasi ning usti yarim tiniq qobiq (tunika) bilan qoplanganligini lupa orqali kuzating.
Tanasining yuqori uchidagi og‘iz sifoni va yon tomonidagi kloa ka sifoni hamda unga qarama-qarshi joylashgan aboral tomonidagi tovonini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |