Ishning mazmuni: qush suyaklarining mahkam va yengil bo'lishiga sabab uning pnevmatikligi, ya’ni ularda ichi havo bilan to'lgan bo'shliqlaming bo'lishidir. Bosh skeletining yengil bo'lishi tishlarning yo'q bo'lib ketishi va suyaklarining yupqa- lanishi bilan bog'liq bo'lib, voyaga yetgan qushlar miya quti- sidagi barcha suyak choklari bilinmaydigan darajada bir-biri- ga qo'shilib ketgan. Suyaklararo choklami faqat yosh gushlar- ning bosh skeletidagina ko'rish mumkin.
Ko'krak toj qismi oldingi oyoqlami harakatga keltiruvchi muskullar rivojlanishi tufayli taraqqiy etgan. Uchish layoqati- ni yo'qotgan qushlar (tuyaqushlar)da ko'krak toj suyagi yo'q bo'lib ketgan, biroq ba’zi qushlar (pingvinlar)da ko4krak toj suyagining saqlanib qolganligi ulaming suvda suzishga mos-
langanligi bilan bog'liq. Odingi oyoq (qanot) skeletida tipik bo'limlarning hammasi bor, lekin ular uchishga moslangani uchun panjalari shaklan o'zgarib, qisman reduksiyalangan. Bilaguzuk suyaklarining proksimal elementlari bir- biriga qo'shilib, ikkita kichkina suyakcha hosil qilsa, distal element lari kaft suyagiga qo'shilib ketgan. Kaft suyagi faqat ikkita uzunchoq suyakchadan iborat bo'lib, ulaming proksimal hamda distal qismi qo'shilib bitta kaft-bilaguzukni hosil qilgan. Barmoqlaridan faqat birlamchi uchta barmoq falangalari saqlanib qolgan. Orqa oyoqlar uch bo'limdan iborat. Bular dagi kichik boldir suyagi rudimentlashib katta boldir suyagiga qo'shilib ketgan. Boldir suyagining distal qismi tovon suyak- chalarining proksimal qatorlaridan hosil bo'lgan. Tovon suyak- chalarining proksimal qatorlari haqiqiy boldir suyagiga chok-
siz birikishi tufayli yangi tibiotarzus nomli suyak paydo bo'lgan. Voyaga yetgan qush oyog'ining tibiotarzusdan keyin
gi bo'lim i bitta suyak — pixdan (ilik) iborat. Pix esa oyoq kafti suyakchalarining bir-biriga qo'shilishidan hosil bo'ladi.
Shunday qilib, qushlarning tovon bo'g'imi ikki qator tovon suyakchalari orasida joylashgan va bu intertarzal yoki tovon- aro bo'g'im deb ataladi.
Qushlar bosh skeletining ensa bo'limida bitta ensa bo'rtmasi bo'ladi. Tanglayi tuzilish xarakteriga qarab to'rtta tipga bo'li nadi. Shulardan dromeognatik (reptiliyalarga xos) tip boshqa uchta, ya’ni shizognatik, desmognatik va egitognatik tiplar- ga qaraganda katta filogenetik ahamiyatga ega. Shunga ko'ra, birinchi tipga mansub turlarni qadimgi tanglaylilar va qol gan uchta tipdagilami esa yangi tanglaylilar deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |