Umurtqa pog'onasi.
Sudralib yuruvchilaming o‘q skeleti
yoki umurtqa pog'onasining qismlari suvda ham quruqlikda
yashovchilamikiga nisbatan harakatchan va to'rtta bo'limga:
bo'yin, ko'krak-bel, dumg'aza
va
dumga
b o 'lin a d i.
Umurtqalar tanasining old tomoni botiq, orqa tomoni bo'rtib
chiqqan, ya’ni protsel tipda bo'ladi. Uning yuqori tomoni
dan ustki yoylar (67-rasm) chiqadi, bu yoylar aniq ajralib
turadigan qiltanoq ostist o'simta bilan tugaydi.
9
67-rasm. Kaltakesak skeleti tuzilisl^il
1-o‘mrov suyagi, 2-kurak suyagi, 3-yelka suyagi, 4-bilak suyaglg||tirsak suyagi, 6-
bilaguzuk, 7-kaft suyaklari, 8-barmoq falangalari, 9-qovurg‘alari, lJFcbanoq kamari,
11-son suyagi, 12-katta boldir suyagi, 13-kichik boldir suyagi,
14-*йй>п suyagi, 15-
oyoq kaft suyaklari, 16-dum umurtqalari.
4
Ustki yoylar old qirrasidan bir juft qisqa
oldingi bo'g'im
o'simtasi,
orqa qirrasidan esa bir ju ft
keyingi bo'g'im
o'simtasi
chiqadi. Umurtqa pog'onasining yon tomonlarida,
yuqori yoy-ning asosiga yaqin joyda qovurg'aning birikishi
uchun kichik chuqurcha bor. Voyaga yetgan vakillari o'q ske-
letida xorda qoldig'i yo'q.
Bo'yin umurtqalari.
Kaltakesaklarning bo'yin qismida
umurtqalar soni 8 ta. Bulardan oldingi ikkitasi o'ziga xos tu
zilgan (68-rasm).
www.ziyouz.com kutubxonasi
68-rasm. Echkemarning bo'yin va ko'krak umurtqalari:
A — atlant, В — epistrofey, V - ko‘krak umurtqasi, G - bo‘yiga kesilgan
ko‘krak umurtqasi: 1-epistrofeyning tishsimon o‘simtasi, 2-umurtqa tanasi, 3-ust-
ki yoy, 4-ostist o‘simta, 5-orqa miya kanaU, 6-oldingi qo'shuvchi o‘simta, 7-keyin-
gi qo‘shuvchi o‘simta.
Atlas yoki atlant deb ataladigan birinchi umurtqa barcha
amnio talar uchun xarakterli halqa shaklida bo'ladi. Old to-
monning pastki qismida bitta bo‘g‘im yuzasi bo‘lib, umurtqa
shu yuza yordami bilan bosh skeletga harakatchan tarzda ensa
bo‘rtmasi orqali birikadi. Atlas o'rtasidagi teshik pay bilan
ikkiga — pastki va ustki bo'limlarga bo'lingan. Ustki teshik
dan orqa miya o'tsa, pastki teshikka tishsimon o'simta kira
di, bu o'simta epistrofey deb ataladigan ikkinchi umurtqaga
birikkan. Tishsimon o'simta birinchi umurtqaning ajralib
chiqqan tanasidir. Shunday qilib, atlas o'z tanasi atrofida ay
lana oladi. Birinchi bo'yin umurtqasining bunday tuzilishi
boshning harakatchan bo'lishiga imkoniyat tug'diradi. So'nggi
uchta bo'yin umurtqa-sining har birida bir juftdan yaxshi taraqqiy
etgan bo'yin qovurg'alari bor. Bu qovurg'alar umurtqa tanasi
ga harakatchan tarzda birikib, va sekin-asta kattalasha boradi,
uchi to'sh suyagiga yetmasdan erkin holda tugaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |