www.ziyouz.com kutubxonasi
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali
hayvonlarning birinchi sinfi hisoblanadi.
Ular quruqlikda
yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususi
yatlari borligi bilan suvda ham quruqlikda yashovchilardan
farq qiladi.
Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv
sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivoj
langan. Bosh miya yarim sharlari nisbatan katta bo'lib, kulrang
miya moddasidan iborat po'stlog'i bor. Shuning uchun ham
reptiliyalarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan.
Sudralib yuruvchilaming progressiv xususiyatlari ulaming ske
leti tuzilishi va rivojlanishida ham ko'rinadi. Yer ustida harakat
qilishi tufayli ulaming tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qism
larga aniq bo'lingan. Boshining ancha harakatchanligini va sez
gi organlaridan ko'proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo'yin
umurtqalarining ko'payishi va ayniqsa birinchi bo'yin umurtqa
si — atlant, ikkinchi bo'yin umurtqasi — epistrofeyning yaxshi
rivojlanganligini alohida ko'rsatib o'tish lozim. Ulaming ko'p-
chiligida ko'krak qafasi hosil bo'lgan. Bu esa reptiliyalar nafas
olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi. Sudra
lib yuruvchilar faqat o'pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlan
gan traxeyasi va ikkiga bo'lingan bronxlari bor. Ulaming terisi
quruq, teri bezlari bo‘lmaydi, leiisi muguz tangachalar yoki
qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilaming yuragi am-
fibiyalamikiga o'xshab uch kamerali bo'lsada, lekin
ular- ning
yurak bo'lmalari orasida to'siq va yurak qorinchasida chala
to'siq paydo bo'lgan. Shuningdek, reptiliyalaming arterial oqi
mi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mus
taqil qon tomirga bo'lingan.
Sudralib yuruvchilaming ayirish organlari ham ancha ta-
komillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan.
Amfibiyalardan
farq qilib, sudralib yuruvchilaming barchasida
otalanish ichki. Ular asosan pergament yoki ohak moddadan
www.ziyouz.com kutubxonasi
iborat, qattiq po‘st bilan qoplangan yirik tuxumlarini quruqlik-
ka qo‘yadi. Tuxumda sariqlik moddasi ko‘p bo'ladi. Shuning
uchun ham ulaming rivojlanishi o'zgarishsiz boradi, ya’ni tu-
xumdan chiqqan bolasi voyaga yetgan ota-onasiga o'xshaydi.
Ayrim turlarigina suvda yoki quruqlikda tirik tug adi. Yuqori
umurtqali hayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudra
lib yuruvchilarda ham embrional rivojlanishida alohida holat —
murtak pardasi hosil bo'ladi. Murtak pardalarining biri — am-
niotik qavat nomiga qarab yuqori umurtqalilar (sudralib yuruv
chilar, qushlar va sutemizuvchilar) amniotalar deb ataladi,
embrional rivojlanish davrida murtak pardasini hosil qilmay-
digan tuban umurtqalilar (to'garak og'izlilar,
baliqlar va suvda
ham quruqlikda yashovchilar) esa anamniyalar deb ataladi.
Laboratoriya mashg'ulotida o'rganish uchun tayyorlangan
kaltakesakni yorib, ichki tuzilishini kuzatishdan oldin tashqi
tuzilishi bilan tanishib, gavdasining bo'limlarga bo'linishiga,
ya’ni bosh, bo'yin, tana, dum va oldingi hamda orqa oyoqla-
riga e’tibor bering. Terisini tekshirganda unga xarakterli belgi-
laridan bo'lgan muguz tangachalarini ko'zdan kechiring. Bo
shida ko'zlarini joylashishi, ularni tashqi tuzilishiga hamda
burun va quloq teshiklarining joylashishiga e’tibor bering.
Pinset
bilan kaltakesakning og'zini ochib, tishlari, uchi ikkiga ajral
gan yupqa tilini qarab o'rganing. Kaltakesak tilini pinset bilan
oldingi tomonga cho'zib torting va uning tubidagi nafas teshi
gi — xoanalarni, hiqildoqni, orqarog'ida esa qizilo'ngach
teshigini toping. Gavdasi bilan dum qismlarining chegarasida
joylashgan kloaka teshigini toping. Kaltakesakning oyoqlarini
ko'zdan kechiring va uning oyog'i quruqlikda yashovchi boshqa
umurtqali hayvonlar oyog'i singari tuzilganligiga, barmoqlari
uchida tirnoqlari borligiga e’tibor bering. Son qismining ostki
tomonidagi shoxsimon bo'rtmachalarga o'rnashgan qator teshik-
chalarni qorin tomondan izlab toping, bu teshiklar — son
teshiklaridir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: