28-rasm. Zog'ora baliq ichki organlarining umumiy
joylashish sxemasi:
1-venoz q o ‘ltig‘i, 2-yurak b o ‘lm asi, 3-yurak qorinchasi, 4-qorin aortasi, 5-aorta
so ‘g ‘oni, 6-olib keluvchi jabra arteriyalari, 7-kyuverov quyilishi, 8-jabra, 9-oshqo-
zon, 10-o‘n ikki barm oqli ichak, 11-ingichka ichak, 12-to‘g ‘ri ichak, 13-anal teshi
gi, 14-jigar, 15-o‘t pufagi, 16-o‘t y o ‘li, 17-oshqozon osti bezi, 18-taloq, 19-suzgich
pufagi, 20-buyrak, 21-siydik y o ‘li, 22-siydik-tanosil o ‘sig‘i, 23-jinsiy bez, 24-jinsiy
teshik.
Ovqat hazm qilish sistemasi.
Zog'ora baliqning og‘iz
bo'shlig'idan keyin barcha baliqlardagidek halqum boshlana
di. Og'iz va halqum bo'shliqlari orasida aniq chegara yo'q.
Boshqa baliqlarga o'xshash zog'ora baliqda ham haqiqiy til
yo'q. Til singari uchi og'iz bo'shlig'iga chiqib turadigan til
osti yoyining kopulasi faqat shilimshiq parda bilan qoplangan
bo'lib, u mustaqil bo'lmagani tufayli harakat qila olmaydi.
Har tomonida beshtadan jabra yorig'i bo'lgan halqum qisqa
qizilo'ngachga, qizilo'ngach esa
oshqozonga
ochiladi. Osh-
qozondan kam differensiallashgan haqiqiy ichak boshlanadi,
bu ichakning oldingi boiim ini
o‘n ikki barmoqli ichak,
so'ngra
ingichka ichak
va
anal teshigi
bilan tugaydigan
to'g'ri ichak
tashkil etadi (ba’zi baliqlar oshqozonining atrof
ida har xil sondagi ko'r pilorik o'simtalar bor, zog'ora baliqda
bo'lmaydi).
Jigari
yurakning orqasi, oshqozonning ostida va
www.ziyouz.com kutubxonasi
yon tomonlarida joylashgan bo‘lib, uning pallalari orasida o‘t
suyuqligi bilan to'la
o‘t pufagi
boiadi. 0 ‘t pufagidan o‘n
ikki barmoqli ichakka ochiladigan o‘t yoii chiqadi. Oshqo
zon osti bezi ichak tutqichi bo'ylab tarqalgan. Ichak bogichiga
esa uzunchoq to‘q qizil rangli
taloq
o'rnashgan.
Tana bo'shlig'ining yuqori qismida, ya’ni ichakning ustida
gidrostatik organ —
suzgich pufak
joylashgan.
Nafas olish organi.
Suyakli baliqlarning nafas olish or
ganlari tog'ayli baliqlamiki singari ektodermali jabra hisobla
nadi (29-rasm). Zog'ora baliqda, shuningdek, barcha suyakli
baliqlarda oidingi to'rtta jabra yoylariga o'rnashgan to'rt juft
butun jabra boiadi. Bundan tashqari, jabra qopqog'ining ichki
tomonida til osti yoki soxta jabra deb ataladigan murtak hol-
idagi jabraning ham yarim bo'lagi boiadi. Bir butun jabra
ikki qator boiib jabra yoylariga joylashgan jabra yaproqlari-
dan tashkil topgan. Akulalarda bo'ladigan jabralararo to'siqlar
suyakli baliqlarda reduksiyalangan, shuning uchun jabra yap
roqlari faqat jabra yoylariga birikadi. Natijada bir jabraning
ikkita yarim jabra yaproqlarining asosi bir-biriga qo'shilib ketadi.
Ularning uchlari esa tashqi tomondan jabra qopqog'i bilan
cheklangan jabra bo'shlig'ining ichida osilib turadi. Jabra
yoylarining ichki tomonida bir qancha mayda tishsimon —
jabra qilcha (lichinka)lari deb ataladigan va qo'shni jabra yoyi
tomon yo'nalgan o'simtalari boiadi. Jabra qilchalari maxsus
suzish apparatiga aylanib, suv bilan birga kirgan ovqat mod-
dalarini halqumdan jabra bo'shlig'i orqali tashqariga chiqib
ketishiga to'sqinlik qiladi. Bu apparat plankton organizmlar
bilan oziqlanuvchi (seldsimon)larda kuchli taraqqiy etgan.
Yo'g'on qon tomirlari (qon olib keluvchi va qon olib ketuv
chi jabra arteriyalari) jabra yoylari bo'ylab jabra yaproqlari
asosida joylashgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |