Qanotidagi barcha suyaklar qanotni yig'ish va yoyishga qulay tipda bir-biri bilan birikkan.
Chanoq kamarining tuzilishi xususiyatlari orqa oyoqlarga mustahkam tayanch bo'la olish hamda qattiq po'st bilan qop langan tuxum qo'yish uchun moslashgan (96-rasm).
Katta yonbosh suyagi dumg'aza bilan qo'shilganligi uchun chanoq mustaxqam bo'ladi. Quymich suyaklari ham odatda katta bo'lib, kaptarda yonbosh suyagiga juda jips qo'shilib ketganligidan choki tamomila ko'rinmaydi. Qov suyaklari
esa ingichka bo'lib, quymich suyaklarining tashqi chetiga birikkan, o'ziga xos uzun-uzun tayoqchalar shaklidadir. Quruq likda yashovchi barcha umurtqalilardagidek chanoq suyakla rining uchalasi ham quymich kosasini hosil qilishda ishtirok etadi. Chanoq kamaridagi suyaklarning bir-biriga birikmay, qorin (pastki) bo'limlarining bir-biridan uzoqda turishi, tu xum qo'yishga moslanish tufayli sodir bo'lgan. Bunday ochiq chanoq qushlar uchun juda xarakterlidir.
96-rasm. Kaptarning murakkab dumg‘azasi (ostki tomon dan ko'rinishi):
1-bel umurtqalari, 2-dum g‘aza umurtqalari, 3-dum umurtqalari, 4 -yonbosh suyagi, 5-quym ich suyagi, 6-qov suyagi.
Orqa oyoqlar uchta asosiy bo'lim: son, boldir, oyoq pan- jalaridan tashkil topgan (97-rasm).
Orqa oyoqlar skeleti baquwat naysimon suyaklardan ibo rat. Son suyagining proksimal uchida chanoq kamariga biri-
kadigan dumaloq boshi bo'ladi. Distal uchida esa boldir suyak lari birikishi uchun bo'g'im yuzasi bor. Qushlarning tizza bo'g'imida dumaloq suyakcha — tizza kosasi joylashgan. Boldiri ikkita suyakdan — katta va kichik boldir suyaklaridan
tashkil topgan. Katta boldir suyagi juda katta bo'lsa, kichik boldir suyagi rudimentlashib, katta boldir suyagiga qo'shilib ketadi. Katta boldir suyagining distal qismi tovon suyakcha- larining proksimal qatori ikkita suyakchasining qo'shilishidan
hosil bo'lgan. Shuning uchun qushlar boldiri boldir —tovonol-
di deb nomlangan. Bundan keyingi bo'lim bitta katta suyak — ilikdan (pix) iborat. Ilik oyoq kafti suyakchalarining bir-biri-
ga qo'shilishidan va bunga tovon distal qismidagi suyakchalar ining tutashib ketishidan hosil bo'lgan. Shuning uchun ham pixni boldirga o'xshab, kaft-tovon suyak deb maxsus nom langan. Natijada qushlarning orqa oyoqlarida qo'shimcha ri chag hosil bo'ladi. Shunday qilib, qushlarning tovon bo'g'imi
sudralib yuruvchilardagidek ikki qator tovon suyakchalari orasiga joylashgan va intertarzal yoki tovonaro
^ bo‘g‘imm hosil qiladi.
ng distal qismida barmoq falangalam- dshi uchun bo'g'im yuzalari bor. Boshqa i qushlardagidek kaptarda ham to'rtta bar- 'lib, bu bamioqlaming uchtasi (ikkinchi,
97-ra$m. Kafltwuingoyqft oyoq skeleti:
1-son suyagi, 2 -tizza kosasi, 3 -boldir-to von suyagi (boldir va tovon suyaklarining birlashm asi), 4 -kichik boldir suyagi, 5 -ilik suyagi (bilaguzuk va panja suyakla rining q o ‘shilishidan hosil bo'lgan), 6-intertarzal yoki
tovonaro b o ‘g ‘im i, 7-barm oq falangalari: I—IV barm oq lar.
uchinchi va to'rtinchisi) oldinga, bittasi (birinchisi) orqaga yo'nalgan. Ayrim qushlarda barmoqlari 3 ta (Amerika tuyaqush larida, Avstraliya tuyaqushlarida, tuvaloq-larda) va faqat Afri- ka tuyaqushlarida barmoqlari 2 ta bo'ladi.
Topshiriqlar:
Laboratoriya mashg‘ulotida qushlarning montaj qilingan to‘liq skeleti, bosh skeleti, qanot, orqa oyoq skeletlari va ulaming kamar lari hamda bo'yin umurtqalari bilan to'liq tanishib chiqqach quyid agi rasmlami albomga chizib oling:
1. Tovuq, kaptar yoki qarg'aning to'liq skeleti;
2. Bosh skeleti;
3. Bo'yin umurtqalari;
4. Murakkab dumg'aza umurtqalari;
5. Qanot skeleti;
6. Orqa oyoq skeleti.
18-mashg‘ulot. QUSHLAR SINFI VAKILLARINI ANIQLASH
Kerakli materiallar va jihozlar: 0 ‘lkamiz faunasida keng tarqalgan chumchuqsimonlar, tovuqsimonlar, kaptarsi- monlar va qizilishtonsimonlar turkumlariga kiruvchi qushlar kolleksiya materiallari (20—30 ta turga kiruvchi qush tulum- lari), qushlami aniqlash bo'yicha o'quv qo'llanmalar, kerakli o'lchamlarga ega bo'lgan (50 sm li lineyka yoki oddiy o'lchov lentasi) lineykalar, shtangensirkul yoki sirkul.
Mavzuning maqsadi: O'zbekistonda keng tarqalgan va turli sistematik guruhlarga kiruvchi qushlar vakillarini kollek siya materiallari asosida aniqlagichlar yordamida o'rganish.
Ishning mazmuni: Hozirgi kunda qushlar sinfiga 40 ta turkumga mansub bo'lgan 8500 dan ortiq turi kiradi. MDHda esa 24 ta turkumga kiruvchi 800 ga yaqin qush turlari uchray di. Respublikamizda qushlarning 432 ta turi borligi aniqlan gan.
Qushlar ikkita kenja sinfga bo'linadi:
1-kenja sinf. Birlamchi qushlar yoki kaltakesak dumlilar — Saururae.
2-kenja sinf. Haqiqiy qushlar yoki yelpig'ich dumlilar — Omiturae.
Birlamchi qushlar kenja sinfi vakillari qirilib ketgan. Ular yura davrida keng tarqalgan. Haqiqiy qushlar kenja sinfi o'z navbatida uchta katta turkumga bo'linadi: ko'krak tojsiz qush lar (Ratitae), pingvinlar (Impennes) va ko'krak tojU qushlar (Carinatae).
Qushlami aniqlashga kirishishdan oldin tanasidagi pat-par qoplamining nomlarini va ulaming o'lchamlarini yaxshilab o'rganish lozim. Buning uchun 98-rasmdan foydalaniladi.
98-rasm. Qushning tana qismlari va patlarining nomi:
1-ustki tumshuq, 2 -og‘iz burchagi, 3-ostki tum shuq, 4-peshonasi, 5-boshining usti, 6-ensasi, 7-bo‘ynining orqa qism i, 8-yelkasi, 9-orqasi, 10-kichik qoquv pat lari, 11-beli, 12-dumining ustki qoplovchi patlari, 13-rul patlari, 14-katta qoquv patlari, 15-dumining osti, 16-orqa barm og‘i, 17-tashqi barm og‘i, 18-o‘rta barm og‘i, 19-ichki barm og‘i, 20-iligi, 21-soni, 22-qom i, 23-qanotining tashqi qoplovchi pat lari, 24-ko‘kragi, 25-yelka patlari, 26-chakkasi, 27 -tom og‘i.
Quyida 0 ‘zbekistonda keng tarqalgan va biologik hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko'krak tojli qushlar katta turkumining chumchuqsimonlar, tovuqsimonlar, kaptarsi- monlar va qizilishtonsimonlar turkumlariga kiruvchi qushlar vakillarini kolleksiya materiallari asosida o ‘rganilib aniqla- gichlari keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |