Oraliq miyaning hajmi nisbatan kichkina bo'lib, uni oldin gi miya yarim sharlari to‘liq qoplagani uchun yuqoridan ko‘rinmaydi. Oraliq miyada unchalik katta bo'lmagan epifiz va gipofiz bezlari bo'ladi. O'rta miyaning hajmi ham unchalik katta emas. O'rta miya to'rtta do'nglikdan iborat bo'lib, bu bo'limda ko'rish va eshitish organlarining markazi joylashgan.
108-rasm. Quyonning bosh miyasi:
A - ustki tom ondan ko‘rinishi, В - ostki tom ondan ko'rinishi:
1-oldingi miya katta yarim sharlari, 2-oraliq miya, 3-o‘rta miya, 4-m iyacha, 5- uzunchoq miya, 6-yarim sharlar, 7-hidlov b o ‘lagi, 8-yangi qadoqsim on tana, 9- gipofiz, 10-epifiz, 11-varoliev ko‘prigi, 12-miyacha yarim sharlari, 13-miyacha
chuvalchangchasi, 14-piramidalar, II, III, V—VII bosh miya nervlari.
Sutemizuvchilarning miyachasi ham juda katta va yaxshi rivojlangan bo'lib, uch qismdan tashkil topgan: markaziy, ya’ni chuvalchangcha va ikkita yon yarim sharlardan, bu holat sut emizuvchilaming nihoyatda murakkab harakatlariga bog'liq. Miyachaning tagida uzunchoq miya joylashgan va uzunchoq miya orqa miyaga ulanadi. Uzunchoq miyada rombsimon egatcha ko'rinadi.
Topshiriqlar:
Quyon yoki kalamushning ichki organlari joylashishi bilan ta nishib, har bir organ tuzilishini o'rgangach, quyidagi rasmlami albomga chizib oling:
1. Ichki organlaming umumiy joylanishi;
2. Qon aylanish sistemasining sxemasi;
3. Siydik-tanosil organlari;
4. Bosh miya tuzilishi.
21-mashg'ulot. SUTEMIZUVCHILAR SKELETI
O b ’e k tn in g s i s t e m a t i k h o la t i Tip. Xordalilar — Chordata
K enja tip. Umurtqalilar - Vertebrata yoki
B o sh skeletlila r — Craniata
K atta sinf. To‘rt oyoqlilar - Tetrapoda
S in f. Sutemizuvchilar — Mammalia
Turkum . Tovushqonsimonlar — Lagomorpha
Vakil. Tolay tovushqoni — Lepus tolai Pall.
Kerakli materiallar va jihozlar: quyon, kalamush yoki mushuk skeletlari, umurtqa pog'onasining turli bo'limlari umurtqalari, oldingi va orqa oyoq skeletlari hamda kamarlari, ayrim sutemizuvchilarning bosh skeletlari; preparoval ninalar, lupalar. Shuningdek, sutemizuvchilar skeleti, tanasining turli bo'limlaridagi umurtqalarning hamda bosh skeleti, oldingi va orqa oyoqlar skeleti kamarlarining tuzilishi aks ettirilgan jad- vallar.
Mashg'ulotning maqsadi: quyon yoki kalamush misoli
da sutemizuvchilar sinfi vakillari skeletining tuzilishini o'rganish.
Ishning mazmuni: sut emizuvchilar skeleti tuzilishini o'rganish.
1. Sutemizuvchilar skeleti bo'limlari: bosh skeleti, umurtqa pog'onasi, oldingi va orqa oyoqlar skeleti va ularning kamar lari bilan tanishib chiqing.
2. Umurtqa pog'onasini ko'zdan kechiring. Umurtqa pog'onasining bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum bo'lim- larini aniqlang. Umurtqa pog'onasining har bir bo'limidagi umurtqalarning tuzilishini solishtirib, ulaming farqlarini aniq lang.
3. Ko'krak qafasi skeleti suyaklarini ko'zdan kechiring.
4. Bosh skeleti suyaklari bilan tanishib, miya qutisining kattaligiga e’tibor bering. Jag‘ suyaklarining tuzilishi va tishla- rining jag‘larda joylashishi bilan tanishib chiqing.
5. Yelka kamari suyaklari hamda oldingi oyoq uyaklarini aniqlang.
6. Chanoq kamari suyaklari hamda son, boldir, tovon, oyoq kafti va barmoqlari suyaklarini toping.
Quyida sutemizuvchilar skeleti tuzilish; lo'g'i’sida to'liq ma’lumotlar keltirilgan.
Sutemizuvchilar skeleti ham quruqlikda yashaydigan boshqa to‘rtoyoqli umurtqali hayvonlar skeletiga o‘xshash bosh ske leti, umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, oldingi va orqa oyoq lari hamda ular kamarlari skeletidan iborat (109-rasm).
109-rasm. Quyon skeleti:
1-bo‘yin um urtqalari, 2-ko‘krak um urtqalari, 3-bel um urtqalari, 4-dum g‘aza um urtqalari, 5-dum um urtqalari, 6-qovurg‘alar, 7-to‘sh suyagi dastasi, 8-kurak, 9- kurakning akromial o ‘simtasi, 10-kurakning korakoid o'sim tasi, 11-nomsiz suyakn ing yonbosh bo ‘limi, 12-nomsiz suyakning quymich bo ‘limi, 13-nomsiz suyakning qov bo‘limi, 14-berkituvchi teshik, 15-yelka, 16-tirsak suyagi, 17-bilak suyagi, 18- bilaguzuk suyaklari, 19-kaft suyaklari, 20-son suyagi, 21-tizza qopqog‘i, 22-katta boldir suyagi, 23-kichik boldir suyagi, 24-tovon suyagi, 25-to‘piq suyagi, 26-oyoq kaft suyaklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |