ham venoz qonni o'ng yurak bo'lmasiga olib boradi. Bu kovak venalaming har biri oldingi oyoqlardan qon olib kel uvchi o'mrov osti venasi bilan boshdagi venoz qonni yig'uvchi tashqi va ichki bo'yinturuq venalarining
qo'shilishidan hosil bo'ladi.
Ayirish organlari. Sutemizuvchilarning juft chanoq me- tanefrik tipga kiruvchi loviyasimon buyraklari bel bo'limida, umurtqa pog'onasining ikki yonida joylashgan (107-rasm).
107-rasm. Kalamushning siydik-tanosil sistemasi:
A - erkagi, В - urg‘ochisi: 1-buyrak, 2-siydik yo‘li,
3 -qovuq, 4-buyrak usti bezi, 5 -urug‘don, 6 -urug‘don o ‘simtasi, 7 -urug‘ yo‘li, 8 -urug‘ pufakchalari, 9 -pros tata bezi, 10-kuperov bezi, 11-preputsal bezi, 12-jinsiy olat, 13-tuxumdon, 14-tuxum yo‘li, 15-tuxum y o ii vo ronkasi, 16-bachadon shoxi, 17-bachadon, 18-qin, 19- jinsiy teshik.
Buyrakning oldingi uchlarida kichik qizil-sariq rangli buyrak usti tanachalari joylashgan. Har bir buyrakning botiq ichki yuzasidan bittadan siydik kanali boshlanadi, siydik kanali chanoq bo'limida siydik pufagiga quyiladi. Siydik pufagi
o'z navbatida siydik chiqaruv kanaliga ochiladi.
Jinsiy organlari. Voyaga yetgan erkak kalamushning urug'donlari tuxum shaklida bo'lib, qorin devori muskul
qatlamining bo'rtib chiqishidan hosil bo'lgan xaltacha - yorg‘oqda joylashgan. Yorg'oq tashqi tomondan teri bilan qo plangan. Mezonefrosning qoldig'i bo'lmish yog'simon tanacha shaklidagi urug(don ortiqlari shu urug'donga taqalib turadi. Urug'don ortiqlaridan juft urug* yo'llari chiqib, siydik chiqaruv kanalining boshlanish joyiga ochiladi. Urug' yo'llarining pastki qismi kengayib uzunchoq qayrilgan shoxsimon urug' pufak- chasiga aylangan. Urug' kanallarining siydik chiqarish kanali ga quyiladigan joyidagi chegarada prostata bezi bo'ladi va shu yerga kuper bezining yo'li ham ochilgan. Siydik-jinsiy kanali jinsiy olat ichidan o'tadi (107-rasm).
Urg‘ochisining jinsiy organlari boshqa barcha umurtqali hay- vonlardagidek juft tuxumdonlardan iborat. Uning shakli ya- paloq va usti notekis (g'adir-budur) bo‘lib buyraklarga yaqin yerda joylashgan. Juft ingichka tuxum yo'lining keng voron kasi har qaysi tuxumdonga yaqin yerda qorin bo‘shlig‘iga ochilgan. Ulaming qarama-qarshi uchlari kengayib, qalin bach adon shoxiga aylanadi. 0 ‘ng va chap bachadon shoxlari toq va
uzunchoq qinga ochiladigan bachadonga qo‘shiladi. Qinning
orqa uchi dahlizcha, ya’ni siydik-tanosil kanaliga aylanadi, chunki unga siydik pufagi ham pastki tomondan ochiladi. Nihoyat, qin dahlizi siydik-tanosil teshigi bilan tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasi. Sutemizuvchilarning bosh miyasi nisba tan katta hajmda bo‘lishi va murakkab rivojlanganligi bilan boshqa sinflarga kiruvchi umurtqali hayvonlardan farq qiladi (108-rasm).
Bosh miya hajmining kattaUgi oldingi miya yarim sharlari- ning va miyachasining kattaUgi bilan bog‘liq. Oldingi miya ya rim sharlari bosh miyaning boshqa bo'limlarini, ya’ni oraliq, o‘rta va uzunchoq miyalami butunlay qoplab yaxshi rivojlan gan miyachaga tegib turadi. Miyacha ham uzunchoq miyani qoplab turadi. Quyon va kalamushning oldingi katta miya yar im sharlari po‘stlog‘i yuzasi silliq bo‘ladi. Lekin oliy darajada rivojlangan sutemizuvchilarning bosh miya yarim sharlari va miyachasi po'stlog'i yuzasi ilonizi burmalari, ya’ni egatchalari taraqqiy etganligi bilan murakkablashadi. Odatda primatlar turkumi vakillarida egatchalar soni ko‘p bo'ladi. Egatchalar katta yarim sharlaming yuza hajmini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |