18-rasm. Erkak akula ning siydik-tanosil siste masi sxemasi:
1-buyrak, 2-siydik yo‘li, 3-siydik- tanosil so‘rg‘ichi, 4-chap urug‘don (o‘ng urug‘don ko‘rsatilmagan), 5- urug‘ chiqaruvchi kanallar, 6-urug‘ yo‘li, 7-urug‘ pufagi, 8-qizilo‘ngach, 9-jigar, 10-qorin juft suzgichining kopulyativ o‘sig‘ i, 11- kloaka
bo‘shlig‘i.
Erkaklik jins iy hu jayralari urug'donning
kanallarida shakllanadi. Hali yetilmagan spermatozoid urug' chiqarish yo'li orqali buyrakning oldingi qismidagi urug'don ortig'iga tushadi va bu yerda ular to'liq yetilgach, urug' pufa- giga yig'iladi. Otalantirish vaqtida urug' pufakchalarining devor lari qisqarib, spermatozoidlarni kloakaga tushiradi, so'ngra bu yerdan kopulyativ organ orqali urg'ochisining kloakasiga to'kiladi.
19-rasm. Urg'ochi akulaning siydik- tanosil sistemasi sxemasi:
1-buyrak, 2-siydik yo‘li, 3-siydik so‘ig‘ichi, 4-chap tuxumdon (o‘ng tuxumdon ko‘rsatilmagan), 5-tuxum yo‘li, 6-har ikki tuxum yo‘li uchun umumiy voronka, 7-qobiq bezi, 8-bachadon, 9-tuxum yo‘li teshigi, 10- qizilo‘ngach, 11-jigar, 12-kloaka bo‘shlig‘i.
Urg'ochilarining juft tuxumdoni (19- rasm) ham qizilo'ngachning ikki yonbosh ida joylashgan. Juft tuxum yoilari (my- ullerov kanallari) esa qorin (ventral) qis mida yotadi. Tuxum yoilarining oldingi uchi jigar atrofldan o'tib, jigaming qorin (ventral) tomonidagi markaziy pallada joy lashgan umumiy voronkaga qo'shiladi. Tuxum yo'llarining yuqori uchidan bir oz pastroqda bittadan yu-maloq bo'rtma bo'lib (sekreti tuxum qobig'ini shakllanti
radi), qobiq bezi ana shu bo'rtmaning ichiga o'rnashgan.
Tuxum yoilarining pastidagi ancha kengaygan qismi bacha don deb ataladi. U kloakaga mustaqil teshik bilan siydik so'rg'ichining yonida ochiladi.
Yetilgan tuxumlar tuxumdon devorini yorib, tana bo'shlig'i orqali tuxum yo'lining voronkasiga tushadi. Shunday qilib, urg'ochi akulaning tuxum yo'llari tuxumdon bilan qo'shil- masdan, to'g'ridan-to'g'ri tana bo'shlig'iga ochiladi. Tuxum yoilarining devori qisqarib turishi tufayli ichidagi tuxumlar bachadon tomonga qarab harakat qiladi. Ichki otalanish aku- lasimon baliqlarga xos, bunda spermatozoid bilan tuxum hu jayra tuxum yo'lining yuqori bo'limida qo'shiladi. Tirik tug'uvchi vakillarida embrion to'liq shakllangunga qadar tu xum yoiining bachadon bo'limida saqlanib turadi. Tuxum qo'yib ko'payadigan turlarida esa qalin pardaga o'ralgan tu xumlar tashqariga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |