Nerv sistemasining taraqqiyoti. Nerv sistemasi embrion tanasi dorzal qismining ektodermasidan takomil etadi. Ektodermadan nerv plastinkasi, nerv tarnovchasi va nerv (mag’iz) nayla-rining hosil bo’lishi haqida umumiy gistologiya bo’lnmida bafurja to’xtalib o’tilgan.
Nerv plastinkasidan hali nay hosil bo’lmasdanoq, uning yuqori qirralaridan ikkita lateral hujayra tasmalari, ya’ni tutun chizimchalari hosil bo’ladi. Bu chizimchalardan esa umurtqalararo gangliylar yuzaga keladi.
Ma’lumki nerv nayi dastavval bir qavat hujayralardan iborat. So’ngra, hujayralarning tez bo’linishi natijasida nay devori ko’p qavatli hujayralarga ega bo’ladi. Nerv nayi bosh (kranial) va dum (kaudal) teshiklarga ega. Embrion taraqqiyotining to’rtinchi haftasining oxiriga borib, oldin kaudal neyroporalar, so’ng asta-sekin nerv nayining bosh tomonidagi teshik - kranial neyropora bekilib ketadi. Nerv nayining bosh tomonida qopsimon kengayma mavjud bo’lib, bu tuzilma birlamchi miya kurtagi hisoblanadi. Nerv nayining shu qismida uchta birlamchi miya pufaklari: prosencephslon- oldingi, mesencephalon o’rta, rhombencephalon - orqa miya pufagi ro’yobga chiqadi. Bu pufaklar bosh miyaning kurtagi hisoblanadi. Keyingi jarayon, ya’ni to’rtinchi hafta davomida oldingi va orqa miya pufaklarining har biri bir-biridan ajralib ketmagan 2 ta pufakchaga bo’linadi. SHunday qilib, 5 ta miya pufaklari hosil bo’ladi. Nerv nayining qolgan qismidan esa orqa miya kurtaklari taraqqiy etadi.
Embrion taraqqiyotiniig 6-haftasida nay devori ventral va dorzal tomonlariga nisbatan aniq ifodalangan ko’p qavatli bo’lib qoladi. SHu davrda nayning yon devorlarida 3 qavat hujayralar yuzaga keladi. Nay devorining ichki yuzasida o’siqchalarga ega bo’lgan ependima hujayralari qoplamasi joylashadi. Nayning o’rta qavati cho’zinchok, radial joylashgan hujayralardan iborat. Bu qavat hujayralaridan markaziy nerv sistemasi kulrang moddasining neyron va neyrogliotcitlari differentciallashadi. Nayning yuza qavati o’rta qavat hujayralarining o’siqlaridan iborat. Bu qirg’oq qavatdir. Bu qavat keyinchalik nerv sistemasining oq moddasini hosil qiladi. Nerv nayi hujayra-larining differentciallashuvi jarayonida 2 xil hujayra - nerv (neyroblastlar) va tayanch (glioblastlar) hujayralar yuzaga keladi.
Markaziy perv sistemasining miya qobiqlari embriogenezning 2-oyida nerv kurtagi ektodermasidan (miyaning yumshok va to’r qavatlari) hamda markaziy nerv sistemasi kurtagini o’ra-gan mezenximadan (qattiq miya pardasi) taraqqiy etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |