Bog'liq UMURTQA POG’ONASI, ORQA MIYA JAROHATLARIDA SHOSHILINCH TEZ YORDAM KO’RSATISH. IMMOBILIZATSIYA, TRANSPORTIROVKA, EVAKUATSIYA
26-rasm.Jarohatlanganlarni transportda tashish
TRANSPORT IMMOBILIZATSIYASI.Transport immobilizatsiyasi deganda, jarohatlangan sohani transportirovkaqilish vaqtida to‘liqharakatsizlanishni ta’minlab beradigan vositalartushuniladi.Har qanday transport immobilizatsiyasi bog‘lamlari quyidagi uchqismdan tashkil topadi:
1) shinalar;
2) shina ostiga qo‘yiladigan qistirmalar;
3) mahkamlovchi bog‘lam.
Transport immobilizatsiyasini qo‘llash zaruriyati suyak va bo‘g‘imlar,magistral qon tomirlari va nervlar jarohatlarida, yumshoq to‘qimalarningkeng ko‘lamdagi shikastlanishlarida (mehanik, kimyoviy, termik),shuningdek yallig‘lanish kasalliklarida tug‘iladi.Travmatik shok, ikkilamchi qon ketishi va jarohat infeksiyasiningprofilaktikasida transport immobilizasiyasining ahamiyati beqiyosdir.Inson tanasining jarohatlangan qismini fiksasiyalash og‘rih sezgisiniyo‘qotadi yoki uni sezilarli darajada kamaytiradi. Bu shikastlangan joydahosil bo‘ladigan og‘riq impulslarining markaziy asab tizimiga uzatilishinikamaytiradi.Demak, transport immobilizatsiyasini talablarga javob beradigandarajada bilimdonlik bilan qo‘llash og‘rihni qoldiradi yoki uni sezilarli
pasaytiradi, ayni paytda jarohatdan kelib chiqadigan shok havfinikamaytiradi.Suyaklar singanda qo‘yiladigan transport shinalari suyak sinihlariningharakatini to‘htatadi va bu bilan qon tomirlarining suyakning o‘tkirqirralari bilan jarohatlanishini va ikkilamchi qon oqishining oldini oladi.Tananing jarohatlangan hismiga transport immobilizatsiyasi qo‘yilishimuskullar qisqarishiga yo‘l qo‘ymaydi, limfa oqimini keskin kamaytiradi
va bu bilan yaradagi mikrofloraning atrofdagi to‘qimalarga tarhalishigato‘sqinlik qiladi, jarohat infeksiyasi rivojlanishining oldini oladi.Ho‘l ostidagi materiallar yordamida transport shinalari va mahkamlovchibog‘lamlarni qo‘llashda quyidagi prinsiplarga qat’iy amalqilish kerak:
1) transport immobilizatsiyasi iloji boricha vaqtida amalga oshirilishikerak;
2) shinalar kiyim va poyafzal ustidan qo‘yiladi;
3) oyoq-qo‘llarga o‘rta fiziologik holat beriladi, masalan, qo‘lga –yelka bo‘g‘imida 300 ga bukilgan va tanadan uzoqlashtirilgan, tarsakbo‘g‘imida 900, barmoqlarning hamma bo‘g‘imlari 450 li burchak ostidabuklangan bo‘lishi kerak;
4) oyoq-qo‘llarning har qanday joyi shikastlanganda 2 ta qo‘shnibo‘g‘imni, oyoq va son shikastlanishlarida yelka va tos-son bo‘g‘imlarinishinalash kerak. Transport shinasini qo‘yishdan oldin ularning shaklioyoq-qo‘lning asosiy segmentlari funksional holatiga mos ravishdamodullashtiriladi. Ularning ostiga tola dokali qistirgichlar qo‘yiladi.Transport shinalari bo‘lmagan taqdirda qo‘l ostidagi vositalardan:belbog‘, ko‘ylak etaklari, kostumlar yordamida qo‘l o‘rta fiziologikholatda tanaga bint bilan bog‘lab qo‘yiladi. Oyoq shikastlanganda, usog‘lom oyoqqa bint bilan bog‘lab mahkamlanadi, bint bo‘lmagantaqdirda ro‘molchalar bilan ham bog‘lash mumkin.
Transportirovkaning turi va usullari shikastlanishning hususiyati vakasalning holatiga qarab tanlanadi.Agar bemorning mustaqil harakat qilishiga qarshi holatlar bo‘lmasa,
shikastlangan kishi kuzatuvchi shahslar yordamida harakatlanishimumkin. Kuzatuvchi bir qo‘li bilan bemorning shikastlangan tomonidanpanjalarini, ikkinchi qo‘li bilan shu tomondan qo‘ltih ostidan olibharakatlanishiga yordam beradi yoki shikastlangan kishining qo‘lini o‘zbo‘ynidan o‘tkazib, uning panjalariniqo‘li bilan ushlab oladi, ikkinchi ho‘libilan shikastlangan kishining belidanushlab oladi. Agar ikki kishi bo‘lsa,
shikastlangan kishini ikki tomonidanushlab yordam berishi mumkin.Agar shikastlangan kishi mustaqilharakat qilolmasa, u holda uni qo‘ldako‘tarib yoki zambilda, yoki tahtalarda,yohud qo‘lda tayyorlangan (improvizion)– chang‘i, kursi, narvon, palto (yenglarigatayohlar kiydirilib) va boshqavositalardan foydalanish kerak.