Kartvel (Janubiy Kavkaz) tillari tarkibiga gruzin, zan (yoki mergelochan) va svan tillari kiradi. Shim. Kavkaz tillari 3 guruhdan — abxaz, adigey, nax va dogʻiston tillari guruxidan iborat. Xitoy-tibet tillari tarkibida xitoy, tibet-birma (tibet, birma, ulik tangut, kachin), shuningdek, himo-lay, nevar va b. tillar bor. Baʼzi tasniflarga koʻra, avstronez tillari alohida oilani tashkil etadi va monkxemer, palaungva, Vyetnam, malakka, munda, myao-yao va b. tillarni oʻz ichiga oladi. Malayya-polineziya tillari (qarang Malayya tili va Polinez tillari) koʻpchilik olimlar tomonidan bir oilani tashkil etadi deb hisoblanadi. Uning tarkibi, anʼanaga koʻra, 4 guruhga bulinadi: indonez tillari, melanez tillari, polinez tillari va mikronez tillari. Osiyo qitʼasidagi tillar orasida kelib chiqishiga koʻra,turlicha boʻlgan paleoosiyo tillari aloxida oʻrin tutadi. Paleoosiyo tillari va ulib borayotgan ayna tilida Shim. Amerika indeyslari tillariga xos xususiyatlar uchraydi. Avstraliya tillari bitta oilani tashkil etadi. Garadye, narinyeri, mudura, aranda, vadyug va b. qabilalarning tillari shu oilaga mansub. Hind-Tinch okean (shu jumladan, koʻp sonli papuas tillari) va andaman tillarining bir-biriga qardoshligi aniqlangan. Afrika tub aholisining tillar tasnifi tugal ishlangan emas. Oʻz tarkibiga eng kup tillarni nigerkordofan yoki kongo-kordofan oilasi birlashtirgan. Bu oilaga mande, kva, bantu (shulardan eng kup tarqalgani suaxili), gur va b. tillar guruhi kiradi. Afrika xalqlari tillari orasida koysan tili (gottentot va baʼzi b. tillar) alohida oʻrinni tutadi. Indeys tillari tugal tadqiq etilmagan, uzaro genetik aloqalari xususida aniq, ilmiy maʼlumotlar yoʻq. Jahon tillarining anchaginasi haqidagi maʼlumotlar bizgacha saqlanib qolgan qadamiy yozuv yodgorliklaridan maʼlum, koʻpgina tillar esa izsiz yoʻqolgan. Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tillarining tasnifi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun insoniyatning til tarixi hozirgi fanda uncha toʻliq yoritilgan emas. Sobiq Sho'rolar Konstitutsiyasida SSSR dagi barcha elat, xalq, millatlar va ularning tillari teng huquqli ekanligi ta'kidlangan bo’lsa ham, lekin amalda rus tili davlat tili edi. Barcha ish qog'ozlari, pochta, telegraf ishlari, turli darajadagi yig'ilishlar, qiirultoylar, simpoziumlar rus tilida olib borilardi. Rus tilini вilmaydigan shaxslar uzoqdagi qarindosh-urug'lariga, tanish-bllishlariga oddiy bir telegramma ham jo'nata olmas edilar. Bunday holat rus tilidan boshqa tillar qo'llanish doirasining cheklanishiga olib keldi va bu til vakillarining haqli ravishda noroziligiga sababchi bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |