1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT TIUNIVERSITETI
“UMUMTEXNIKA FANLARI VA TEXNOLOGIYA ”
KAFEDRASI
Ro’yxatga olindi:
№ MD- 5A112101 – 5.4.2.
“ _31_” 08. 2019 yil
KASBIY KOMPETENTLIK
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
100000 –
Gumanitar soha
Ta’lim sohasi:
110000 –
Pedagogika
Ta’lim yo’nalishi: 5112100 - Mehnat ta’limi
Termiz – 2019
2
Fanning o’quv dasturi Termiz davlat universiteti Kengashining 2019 yil 31 avgustdagi
1-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fanning o’quv dasturi Termiz davlat universiteti «Umumtexnika fanlari va
texnologiya» kafedrasida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
M.X.Shomirzaev - “Umumtexnika fanlari va texnologiya” kafedrasi,
dottsenti.p.f.n.,
R.Haydarov - “Umumtexnika fanlari va texnologiya” kafedrasi o’qituvchisi.
Taqrizchilar:
M.Bozorova - “Pedagogika” kafedrasi mudiri dottsent., p.f.n,
X.Ch.Dusyarov- “Umumtexnika fanlari va texnologiya” kafedrasi
dottsenti., p.f.n.
Fanning o’quv dasturi Termiz davlat universiteti Kengashida ko’rib
chiqilgan va foydalanishga tavsiya qilingan
(2019 yil 31 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi.)
3
Kirish
Mustaqillik yillari tom ma’noda O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan
munosib o’rin egallashga intilish yo’lidagi keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish
bilan kechmokda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o’rganish, mahalliy
shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining
barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga
erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yo’lga qo’yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi
o’z samarasini berayotgan bo’lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan
mustahkamlash, erishilgan yutuqdarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf
etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat ko’rsatishni
talab etmoqda.
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti
zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim
xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko’zga tashlanayotganligidir.
Globallashuv o’z-o’zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo’lga
kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda
harakatlanish imkoniyatiga o’z sohasining bilimdoni bo’lgan, kasbiy malakalarni yuqori
darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega bo’ladilar. Shunday
ekan, oliy ta’lim muassasalar (OTM)ida kadrlarni tayyorlash jarayonida davrning mazkur
talabini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagoglarni tayyorlash turli ixtisosliklar
o’qituvchilarining intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda ularni
innovatsion ta’lim texnologiyalari, o’qitishning yangi, innovatsion shakl, metod va
vositalari bilan tanishtirish, pedagoglarda kasbiy kompetentlik sifatlari va kreativ
qobiliyat mohiyati bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. “Kasbiy
kompetentlik” o’quv modulining o’qitilayotganligi pedagog kadrlarni zamonaviy
innovatsion ta’lim texnologiyalarining tashkiliy, texnik va didaktik imkoniyatlaridan
xabardor bo’lishlari, ta’lim amaliyotida o’qitishning innovatsion texnologiyalaridan
foydalanish, kompetentlik sifatlari va kreativlik qobiliyatini izchil rivojlantirib borish
ko’nikma-malakalarini hosil qilish uchun sharoit yaratib qolmay, kasbiy faoliyatda
ulardan samarali foydalanish borasidagi malakalarining mustahkamlanishini ham
ta’minlaydi.
Ayni vaqtda “Kasbiy kompetentlik” o’quv moduli oliy ta’lim pedagoglari
tomonidan o’zlashtirilayotgan kasbiy bilim, ko’nikma, malaka va kompetentlik sifatlarini
yanada rivojlantirish, keng ko’lamli ilmiy-tadqiqotlarni olib borish, kuchli raqobat
mavjud bo’lgan mehnat bozorida o’z o’rinlarini saqlab qolishlariga yordam beradi.
O’kuv moduli doirasida tinglovchilar innovatsion ta’lim texnologiyalarining
mohiyati, nazariy asoslari, samarali shakl, metod va vositalari bilan tanishadi, kasbiy
faoliyatda pedagogik texnologiyalarni samarali, maqsadli qo’llash malakalariga ega
bo’ladi, ta’lim jarayonini oqilona loyihalashtirishga doir tajribalarini yanada boyitadi.
Shuningdek, pedagogik innovatsiyalarni asoslash, yaratish va amaliyotga samarali tatbiq
etish yo’llaridan xabaror bo’ladi, innovatsion xarakterga ega mualliflik dasturlarini ishlab
chiqish malakalarini muvaffaqiyatli o’zlashtiradi. Bu esa o’z navbatida o’qitish
4
jarayonida
talabalarning
faolliklarini
ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash,
samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |