Zanjirda salqilikni vujudga keltirish uchun (2) formulasi bilan aniqlangan a ning miqdori (0,002–0,004) oralig‘ida kamaytiriladi.
Zanjirli uzatmalarda zanjirning qadami t-asosiy kattaliklardan biridir. qadami katta bo‘lgan zanjirlar katta miqdordagi kuchni uzatishga qodir, lekin bunda tezlik juda kamayadi, tarmoq katta dinamik zarba ostida va kuchli shovqin bilan ishlaydi. SHuning uchun zanjir qadami uzatilinadigan yuk miqdoridan kelib chiqib, ruxsat etilgan miqdorgacha kichik olinadi, odatda 80≤ t ≤ a / 2 5.
Davlatlararo standartga muvofiq zanjir qadami t=5,4mm.
Zanjirlarni tortish moslamalari.
Uzatma zanjirlarini tortish tasmali uzatmalarda tasmalarni tortishga o‘xshash bo‘lib, uzatma tayanchlardan birini siljitish yoki taranglovchi rolik, yulduzcha hisobiga amalga oshiriladi.
Uzatmaning ishlash jarayonida sharnirlar eyiladi natijada zanjirlarning salqiligi oshadi. Uzatmaning qiyalik burchagi φ≤150 bo‘lganda [f]≤0,02a; φ>450 bo‘lganda [f]≤0,0015a, bunda, a-o‘q chiziqlararo masofa.
Tortish moslama zanjirning ikki zvenosi uzunligi qadar eyilishi hisobiga cho‘zilganda zanjirlarni tarangligini ta’minlash kerak. Agarda cho‘zilish undan ortiq bo‘lsa, eyilgan zvenolar olib tashlanadi. Zanjirlarni salqiligini kamaytirishda qo‘shimcha yulduzlardan xam foydalaniladi. Zanjirlarni tortishda qo‘shimcha tortgichlardan xam foydalaniladi.
Zanjir plastinkalari soviq jo‘valangan o‘rta uglerodli yoki legirlangan po‘latlardan yasaladi. Zanjirning plastinkalari talabga qarab NRC 40-50 qattiqlikda toblanadi. SHarnir detallari - o‘qlar , vtulkalar, vkladishlar odatda sementlanadigan po‘latlar 15,20,15X,20X,12XN3,20XN3A,20X2N4A,30XN3A dan tayyorlanib NRS50-65 qattiqlik miqdorida toblanadi.
Moylanmaydigan yoki kam moylanadigan g‘altakli zanjirlar sharnirlari plastmassalardan tayyorlanadi.
Zanjirning ishlash muddati 3000-5000 soat bo‘lishi kerak.
Z a n j i r n i n g i sh q o b i l i ya t i v a m a t e r i a l i.
Zanjirli uzatishlar quyidagi sabablarga ko‘ra ishdan chiqishi mumkin;
Sharnirlarning emirilishi, zanjirning uzayishiga olib kelib yulduz bilan noto‘g‘ri tishlashadi. Ruxsat etilgan uzayish miqdori 1,5-2,5%dan oshmasligi kerak.
Zanjir plastinkalarining sharnir teshiklari atrofidagi toliqish deformatsiyasining kattaligi.
Vtulka va o‘qlarning zanjir plastinkasiga nisbatan aylanib ketishi-zanjirlarning ishdan chiqishining eng ko‘p uchraydigan turi, asosiy sababi ishlab chiqarish nuqsonlaridir.
G‘altaklarning sinishi va uvoqlanishi.
Yulduz tishlarining emirilishi.
Zanjirning materiallari uzatishning uzoq va soz xolda ishlashini ta’minlovchi omillar asosidir.
Zanjir plastinkalari sovuq jo‘valangan o‘rta uglerodli yoki legirlangan po‘latlardan yasaladi. Zanjirning plastinkalari talabga qarab HRC 40-50 qattiqlikda toblanadi. Sharnir detallari-o‘qlar , vtulkalar, vkladishlar odatda sementlanadigan po‘latlar 15, 20,15X, 20X,12XN3, 20XN3A,20X2N4A, 30XN3A dan tayyorlanib HRS50-65 qattiqlik miqdorida toblanadi.
Moylanmaydigan yoki kam moylanadigan g‘altakli zanjirlar sharnirlari plastmassalardan tayyorlanadi.
Zanjirning ishlash muddati 3000-5000 soat bo‘lishi kerak.
Yuk tortish qobiliyati va zanjirli uzatish turini tanlash.
Zanjirli uzatishlarning yuk tortish qobiliyati uning sharnirlariga bog‘liq. Sharnirlar uzoq ishlashi va emirilish jarayoning sekinlashuvi unga tushadigan yuk miqdoriga proporsional bo‘ladi, bu miqdor esa ruxsat etilgan miqdordan oshmasligi zarur.
1 -jadval.
g‘altakli zanjirlar uchun Ke qator koeffitsienti.
Do'stlaringiz bilan baham: |