Xorijiy OTM bilan hamkorlik
2022 yil 12 May kuni institutning Transport fakulteti “Umumtexnik fanlar” kafedrasiga Novosibirsk davlat texnika universiteti dotsenti, Kasimbayey Baktibek Adashevich ikki davlat oliy o’quv yurtlari orasidagi o’zaro hamkorlik doirasida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida institutning Sanoatni Axborotlashtirish fakulteti talabalarga Novosibirsk davlat texnika universiteti tarixi, faoliyati, yo’nalishlari hamda universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.
Kasimbayey B.A Sanoatni Axborotlashtirish fakulteti 32-33-34-KimT-21 talabalariga “Muhandislik grafikasi” fanidan ma’ruza mashg’ulotlarini o’tkazmoqdalar. O’quv mashg’ulotlarida talabalar bilan savol-javoblar bo’lib o’tdi. Kasimbayey tomonidan olib borilgan o’quv mashg’ulot talabalarda katta ta’surot qoldirdi.
Saytga ma’lumot tayyorladi D.Inomiddinova
Do'stlaringiz bilan baham: |