Umumta’lim maktablarining



Download 187,49 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi187,49 Kb.
#20173


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

Biologiya darslarida amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish

(umumta’lim maktablarining biologiya fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma)


Samarqand – 2015


Yunusova N.A., Batirova F.A. Biologiya darslarida amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish. Umumta’lim maktablarining biologiya fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma. – Samarqand , 2015, 28 bet.

Mas’ul muharrir: S.Yuldosheva-VXTXQTMOI Til va adabiyot ta’limi kafedrasi dotsenti

Taqrizchilar: F.Z. Xalimov -SamDU tabiiy fanlar fakulteti dosenti
Sh.Hayitmurodov-VXTXQTMOI Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi

Uslubiy ko`rsatmada 6-sinf botanika fanidan o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlarning bajarilish tartibi va mashg`ulotning borishi, dars jarayonini mustahkamlash uchun topshiriqlar, mashg`ulotlar xulosalar bilan yoritib berilgan.

Samarqand VXTXQTMOI Ilmiy kengashining 2015-yil ..........da bo’lib o’tgan yig’ilishida muhokama etilgan va ..........-sonli qarori bilan nashr etishga ijozat berilgan.



KIRISH

Ta’lim sohasida Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosoiy maqsadi hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida va erkin demokratik jamiyatga moslashgan, ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan, faol, ma’naviy yetuk va har tomonlama bilimdon komil insonni tarbiyalashdan iborat. Umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o`qitishda o`quvchilar uchun belgilangan bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlarida amaliy ish va laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish muhim ahamiyatga ega. Davlat ta’lim standartida maktab o`quvchilari biologiyaning ayrim sohalari bo`yicha qanday bilim, ko`nikma, malakaga ega bo`lishlari aniq ko`rsatilgan. Maktab o`qituvchisi biologiyadan dars berar ekan, DTS ni to`liq bajarishi, unda qayd qilingan bilimlar hajmini o`quvchilarga yetkazishi, o`quv-ko`nikma malakalarini shakllantirishishi lozim. Biologiya fanlarini nazariy bilimlarga asoslangan holda amaliyot asosida kengroq o`rganish muhimdir. Barcha bo`limlar bo`yicha laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarini o`tkazsihning muvaffaqiyati, uning mazmuni va tashkil etilishi ko`p darajada o`qituvchiga bog`liq.

Biologiya dars samarodorligining muhim sharti – barcha o‘quvchilarni butun dars jarayonida faol ishlashlarini faollashtiruvchi asosiy vosita – ular bajaradigan amaliy mashg`ulotdir. Amaliy mashg`ulot – o`quvchilar egallagan bilimlarga asoslangan holda muayyan malaka-ko`nikmalarini talab etuvchi topshiriqdir. Amaliy mashg`ulot yakka tartibda yoki bir guruh o`quvchilar bilan birga bajarilishi mumkin.

Amaliy mashg`ulotlarini o`tkazishda avvalo o`quvchilar mavzular yuzasidan puxta nazariy bilimga ega bo`lishlari kerak. O`quvchilar amaliy mashg`ulotda yangi materialni o`rganib, kuzatib, tabiiy obyektlardan foydalanib, yakka holda yoki guruhda bajaradilar. Ushbu uslubiy ko`rsatmada 6-sinf “Botanika” fanida o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlarning o`tkazish tartib qoidalari, mashg`ulotning borishi va xulosalar berilgan. Biologiya fan o`qituvchilari ushbu qo`llanmadan foydalanib, botanika darslarida amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish davomida keng foydalanishlari mumkin.



6-sinf Botanika

1.Amaliy mashg’ulot

Mavzu: Madaniy o’simliklar urug’larining unuvchanligini aniqlash.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarni madaniy o’simliklar urug’larining unuvchanligini matematik-statistik yo’l bilan aniqlashni, bir va ikki urug`pallali o`simliklarni bir-biridan farqini o’rganish.

Kerakli jihozlar: Bug’doy va rediska urug’lari, o’simtalari, Petri likobchasi, bosma qog’oz, suv, tomizgich, termostat.

Bug’doy urug’lari. Rediska urug’lari. Petri likobchasi. Tomizgich. Bosma qog’oz.

Mashg'ulotning bajarish tartibi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. O'quvchilarga amaliy mashg'ulot o'tkazish tartibi tushuntiriladi.

  3. Sinf o'quvchilari guruhlarga ajratiladi. Guruhlarga o'quv topshiriqlarini beriladi.

  4. Berilgan topshiriqlar yuzasidan guruhlar hisoboti tinglanadi.

  5. O`quvchilar undirilgan urug`larni qismlarga ajratadilar.

  6. Urug`larning o`rtacha unuvchanligini aniqlash.

  7. Nazorat uchun tezkorlikdagi "Blits" savollari beriladi.

  8. O'quvchilar bilimlarini umumlashtiriladi va baholanadi. Uyga vazifa beriladi.

  9. Mashg'ulot yakunlanadi va xulosa yoziladi

Mashg`ulotning borishi:

1.Amaliy mashg’ulotni o’tkazishdan bir hafta oldin o’quvchilar quyidagi ishlarni bajarishi kerak.

2.Bug’doy va rediska urug’laridan 100 donani sanab olib, ularni tagiga bosma qog’oz to’shalgan Petri likobchasiga 10 tadan 10 qator qilib teradi.

3. Xuddi shu tarzda 4 ta idishga urug’lar joylashtiriladi va ustidan qag’oz bilan yopilib termostatga qo’yiladi. Vaqti-vaqti bilan suv sepib turiladi.





Rediska urug`i Bug’doy urug`i

4. Avvaldan tayyorlangan va termostatga qo’yilgan Petri likobchalarini oling. Bug’doy urug’ini alohida, rediska urug’ini alohida unuvchanligini aniqlang.o’simtalarini sanang va quyidagi jadvalga yozing.



O`quvchi uchun

Bug’doy

Rediska

Tajriba raqami

Ekilgan urug’lar soni

Unib chiqqan urug’lar soni

Tajriba raqami

Ekilgan urug’lar soni

Unib chiqqan urug’lar soni

1







1







2







2







3







3







4







4







O’rtacha unuvchanlik

Bug’doy

Rediska

O`qituvchi uchun

Bug’doy

Rediska

Tajriba raqami

Ekilgan urug’lar soni

Unib chiqqan urug’lar soni

Tajriba raqami

Ekilgan urug’lar soni

Unib chiqqan urug’lar soni

1

100

94

1

100

74

2

100

95

2

100

75

3

100

93

3

100

76

4

100

92

4

100

73

O’rtacha unuvchanlik

Bug’doy

Rediska

Har bir Petri likopchasidagi urug’larning unuvchanligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi,

. 100%

  1. ungan urug`lar soni.

B - ekilgan urug’lar soni.

Bug`doy urug`ining unuvchanlig foizini aniqlaymiz:



. 100% = . 100% = 94%

. 100% = . 100% = 95%

. 100% = . 100% = 93%

. 100% = . 100% = 92%

Rediska urug`ining unuvchanlig foizini aniqlaymiz:



. 100% = . 100% = 74%

. 100% = . 100% = 75%

. 100% = . 100% = 76%

. 100% = . 100% = 72%

5. 4 tadan Petri likobchalaridagi urug`larining o’rtacha unuvchanligi quyidagicha aniqlanadi.



= 93.5 % bug`doy urug`ining o`rtacha unuvchanligi

= 74.25 % rediska urug`ining o`rtacha unuvchanligi Urug`larning o`rtacha unuvchanligi 93.5 % va 74,25 % ni tashkil qiladi

Amaliy mashg`ulotni mustahkamlash:

Jadvalni to`ldiring . O`quvchi uchun




Bir urug`pallali o`simliklar urug`ining tuzilishi

Ikki urug`pallali o`simliklar urug`ining tuzilishi

1







2







3







4







5







6








Jadvalni to`ldiring . O`qituvchi uchun



Bir urug`pallali o`simliklar urug`ining tuzilishi

Ikki urug`pallali o`simliklar urug`ining tuzilishi

1

Bitta urug` pallaga ega

Ikkita urug` pallaga ega

2

Endosperma

Urug` palla

3

Murtak

Murtak

4

Ildizcha

Ildizcha

5

Poyacha

Poyacha

6

Kurtakcha

Ikkita kichik bargcha

Nazorat uchun savollar:
1. Urug’larning unishi, o`simtalarning oziqlanishi va rivojlanishi uchun qanday sharoit zarur?

2. Qanday urug’lar unuvchan urug’lar deyiladi?

3. Urug’ning unishida urug’palla, endosperm va murtakning qanday ahamiyati bor?

4. Qishloq xo’jaligi o’simliklarining hosildorligini yuqori bo’lishi qanday omillarga bog’liq?

5. Nima sababdan qishloq xo’jaligi ekinlarining urug’lari ekishdan oldin saralanib tozalanadi?

6. Ivitib ekilgan va ivitlmay ekilgan urug`larning unib chiqish farqini ayting.


Xulosa: Urug`lar ivitilib ekilganda tez unib chiqadi. Qishloq xo’jalik ekinlarining urug’lari ekishdan oldin saralanib, tozalanadi. Chunki urug`lar ichida unib chiqmaydigan ichki qismi qurib qolgan puch urug`lar ham bo`lishi mumkin ekan. Urug`larni o`rtacha unuvchanligini formula yordamida topish, ekilgan urug`lar bilan unib chiqqan urug`lar o`rtasidagi farqni bildirar ekan.

2.Amaliy mashg’ulot

Mavzu: Aniqlagichlardan foydalanib gulli o’simliklarning oilalarini o’rganish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga aniqlagichdan foydalangan holda o’simlik oilalarini topishni,gerbariy bilan ishlashni o’rgatish.

Kerakli jihozlar: Aniqlagich kitobi, tabiatdan yig’ib keltirilgan o’simliklar, gerbariylar.

j0281904

Aniqlagich kitobi Tabiatdan yig’b keltirilgan o’simliklar Gerbariylar

Mashg’ulotning bajarish tartibi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Sizga berilgan xona o'simliklarni kuzating. Qaysi sinfga mansub ekanligini aniqlang

1-topshiriq. Gerbariylardan foydalanib bir va ikki urug’pallali o’simliklarni aniqlash.

2-topshiriq Aniqlagichdan foydalanib tabiatdan yig’b keltirilgan o’simliklar o’simlik oilalarini topish

3-topshiriq. Ra'nodoshlar va ituzumdoshlar oilasi gerbariylari yordamida, o'simliklardan na'munalar olib sistematik birliklar asosida izoh bering.

4-topshiriq. Gulxayridoshlar va burchoqdoshlar oilalari gerbariylari yordamida o'simliklardan namunalar olib sistematik birliklar asosida izoh bering.



5-topshiriq O’simliklarning tabiatdagi вa insonlar hayotidagi ahamiyati. O’zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan o’simliklar.

Mashg’ulotning borishi:

  1. O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi.

  2. Aniqlagichdan va gerbariydan foydalanib quyidagi topshiriqlar bajariladi.

1-topshiriq - Gerbariylardan foydalanib bir va ikki urug’pallali o’simliklarni aniqlash.

Bir va ikki urug`pallali o`simliklarning o’xshashliklari

O`quvchi uchun

Sinf

Ildiz

Poya

Barg

Gul

Meva


Bir urug’pallali o’simliklar
















Ikki urug’pallali o’simliklar
















Bir va ikki urug`pallali o`simliklarning o’xshashliklari

O`qituvchi uchun

Sinf

Ildiz

Poya

Barg

Gul

Meva

Bir urug’pallali o’simliklar

Ildiz tizimi bor

O`tkazuvchi naylar

Barg yaprog`i bor, tomirlangan

Gulqo`rg`oni halqada o`rnashgan

Quruq

Ikki urug’pallali o’simliklar

Ildiz tizimi bor

O`tkazuvchi naylar

Barg yaprog`i bor, tomirlangan


Gulqo`rg`oni halqada o`rnashgan

Quruq

Bir va ikki urug`pallali o`simliklarning farqlari

O`quvchi uchun

Taqqoslanadigan jihatlar

Bir urug’pallali o’simliklar

Ikki urug’pallali o’simliklar

1

2

3

Ildiz sistemasi







Bargi







Bargining tomirlanishi







Poyasi







Gul tuzilishi







Gulqo’rg’oni







Mevasi







Urug’i







Bir va ikki urug`pallali o`simliklarning farqlari

O`qituvchi uchun

Taqqoslanadigan jihatlar

Bir urug’pallali o’simliklar

Ikki urug’pallali o’simliklar

1

2

3

Ildiz sistemasi

Popuk ildiz

O`q ildiz


Bargi

Bandsiz ,


Bandli

Bargining tomirlanishi

Yoysimon tomirlangan

Patsimon yoki panjasimon


Poyasi

Kambiysiz, yo`g`onlasha olmaydi

Kambiyli, yo`g`onlasha

oladi


Gul tuzilishi

Gultojibarglari halqada 3 tadan

Gulkosachabarg va gultojibarglar halqada 4-5 tadan

Gulqo’rg’oni

Oddiy

Murakkab


Mevasi

Chin meva

Soxta meva


Urug’i

Bitta urug`palla, kurtakcha

Ikkita urug`palla, ikkita bargcha


2-topshiriq. Aniqlagichdan foydalanib tabiatdan yig’b keltirilgan o’simliklar o’simlik oilalarini topish va quyidagi jadvalni to`ldirish.

O`quvchi uchun

O’simlik nomi

Hayotiy shakli

Ildiz siste-masi

Gul formulasi

Mevasi

Oilasi

Gilos
















Do`lana

















Shuvoq
















Loviya
















Karam
















Bug`doy
















O`qituvchi uchun

O’simlik nomi

Hayotiy shakli

Ildiz siste-masi

Gul formulasi

Mevasi

Oilasi

Gilos

Daraxt

O’q ildiz

K5T5CHU1

Chin, ho`l meva

Ra’nodoshlar

Do`lana


Buta

O`q ildiz

K5T5CHU

Soxta, ho`l meva

Ra’nodoshlar

Shuvoq

Chala buta

Oq ildiz

K (5)T(5) CH5U1

Quruq, doncha meva

Qoqio`tdoshlar

Loviya

Ko`p yillik

O`q ildiz

K(5)T1+2 ,(2)CH(9)+1U1

Quruq, dukkak meva

Burchoqdoshlar

Karam

Ikki yillik

O`q ildiz

K4T4CH4+2U1

Quruq, qo`zoq meva

Karamdoshlar

Bug`doy

Bir yillik

Popuk ildiz

Og(2)+2 CH 3,6U5

Quruq, don meva

Bug`doydoshlar


3-topshiriq. Ra'nodoshlar va ituzumdoshlar oilasi gerbariylari yordamida, o'simliklardan na'munalar olib sistematik birliklar asosida izoh bering.

1-topshiriq varaqasi: Keltirilgan belgilarga qarab gerbariy to`plamidagi o`simlik namunalaridan ra’nodoshlar oilasiga mansub bo`lgan o`simlik turlari ajratib olinadi.

1. Gulida 1ta urug`chi va 6 ta changchisi bo`ladi

2. Gulida 5ta tojibargi bo`lib ular qo`shilgan.

3. Gulida urug`chisi bitta yoki bir nechta

4. Tojibargi4ta erkin tojibarglardan iborat.

5. Gulida changchilari bitta, beshta va ko`p bo`lishi mumkin.

6. Gultojibargi 5 ta erkin tojibarglardan iborat.

7. Kosacha ostida ostkosacha barglari bo`ladi.



2- topshiriq` varaqasi: Jadvalda keltirilgan o`simliklardan ituzumdoshlar oilasiga mansub o`simliklarni belgilang:

O`quvchi uchun


O`simlik nomi

Mansub

Mansub emas

Do`lana







Bangidevona







Baqlajon







Achchiq qalampir







Pomidor







Bug`doy







Yasmiq







Qimizak







Burchoq







Mingdevona







Qoqio`t







Kungaboqr







Yeryong`oq








O`qituvchi uchun


O`simlik nomi

Mansub

Mansub emas

Do`lana




-

Bangidevona

+




Baqlajon

+




Achchiq qalampir

+




Qoqio`t




-

Bug`doy




-

Yasmiq




-

Qimizak




-

Burchoq




-

Mingdevona

+




Pomidor

+




Kungaboqr




-

Yeryong`oq

-




Xushbo`y tamaki

+




Sebarga




-


4-topshiriq. Gulxayridoshlar va burchoqdoshlar oilalari gerbariylari yordamida o'simliklardan namunalar olib sistematik birliklar asosida izoh bering.

1-topshiriq varaqasi: Quyidagi jadvaldan gulxayridoshlar va burchoqdoshlar oilasiga mansub o`simliklar aniqlanadi, ularni ajratib, nomlari va qanday ahamiyatga ega ekanligi daftarga yozib olinadi:

O`quvchi uchun

Qizil gulxayri

Akatsiya

Sebarga

Yasmiq

Misr g`ozasi


Shirinmiya

Oqquray

Bo`yimadaron

Yerbag`ir tugmachagul

Loviya


Bo`ritaroq

Oddiy g`oza

Kanop

Yantoq

Dorivor gulxayri

O`qituvchi uchun

Gulxayridoshlar oilasiga: Burchoqdoshlar oilasi:

1.Qizil gulxayri 1.Shirinmiya

2. Bo`ritaroq 2. Oqquray

3.Oddiy g`oza 3.Sebarga

4. Kanop 4.Akatsiya

5. Yerbag`ir tugmachagul 5.Yasmiq

6. Dorivor gulxayri 6. Yantoq



7.Misr g`ozasi 7. Loviya

1-topshiriq varaqasi: Quyidagi jadval to`ldiriladi:

O`quvchi uchun



O`simlik nomi


Ildizi

Poyasi

Bargi

Guli

Mevasi

Urug`i

1.


Oq gulxayri




















2

O`tloq sebargasi




















O`qituvchi uchun



O`simlik nomi


Ildizi

Poyasi

Bargi

Gul formulasi

Mevasi

Urug`i

1.


Yerbag`ir tugmacha gul


O`q ildiz


Sershox, yonboshlab o`sadi

Oddiy

Gk(3)+(5) Gt5Ch(∞)U

oddiy gul

Quruq meva,12-16 ta mevacha dan tashkil topgan

Urug`i ko`p


2

O`tloq sebargasi


O`q ildiz

O`raluvchi

Murakkab

Gk(5)Gt1+2 ,(2)Ch(9)+1U1

Kallakcha to`pgul


Quruq

Urug`i bitta

Amaliy mashg`ulotni mustahkamlash:

5-topshiriq O’simliklarning tabiatdagi a insonlar hayotidagi ahamiyati va O’zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan o’simliklarn turlar sonini yana bir bor yodga olib, jadvalni to`ldiring: .

O`qituvchi uchun

Oila nomi

Oilaga mansub o’simliklar

Ahamiyati

Shu oilaning O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”ga kiritilgan turlar soni

Sho`radoshlar










Ra’nodoshlar










Ituzumdoshlar










Burchoqdoshlar










Qoqio`tdoshlar










Loladoshlar










O`quvchi uchun

Oila nomi

Oilaga mansub o’simliklar

Ahamiyati

Shu oilaning O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”ga kiritilgan turlar soni

Sho`radoshlar

Ismaloq, lavlagi

Oziq-ovqatga ishlatiladi

8 ta tur

Ra’nodoshlar

Na’matak, do`lana

Mevasi dorivor hisoblanadi

2 ta tur

Ituzumdoshlar

Kartoshka, pomidor

Oziq-ovqatga ishlatiladi

1 ta turi

Burchoqdoshlar

Loviya, mosh

Oziq-ovqatga ishlatiladi

60 ta turi

Qoqio`tdoshlar

Qoqio`t, bo`yimodoron

Dorivor o`simliklar

30 ta turi

Loladoshlar

Boychechak, lola

Manzarali o`simlik

25 ta turi

Xulosa: Bu amaliy mashg`ulotda o`simliklarning sistematik birliklari, bir va ikki urug`pallali o`simliklarning o`xshashlik va farqlarini, oilalarining tuzilishi, oilalarning bir-biri bilan taqqoslashni, “Qizil kitob”ga kiritilgan o`simliklar va ularning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

3.Amaliy mashg’ulot

Mavzu: Xona o’simliklarini ko’paytirish.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga xona o’simliklarini ko’paytirish usullari va ularni parvarish qilishnini o’rgatish.

Kerakli jihozlar: Tuproqlar, gultuvaklar, xona o’simliklari, yog`och tayoqcha, skalpel (pichoq)



Tuproqlar Gultuvaklar Xona o’simliklari Pichoq

Mashg`ulotning bajarish tartibi:

1. Tuproq aralashmasini tayyorlash.

2. Xona o’simliklarini tuplarga ajratib ko’paytirish.

3. Xona o’simliklarini qalamchalaridan ko’paytirish.

4. Xona o’simliklarini barg qalamchalaridan ko’paytirish.

Mashg`ulotning borishi:

Eslatma: Gultuvaklarga 3-5 kun oldin tuproq solinib suv solib qo’yiladi. Xona gullarini ekishda asosan 3 xil –yengil, o`rtacha, og`ir vaznli tuproq aralashmasi ishlatiladi.Uchala tuproq tarkibida turlicha miqdorda chimli tuproq, kul, chirindi, qum bo`ladi. Tuproq aralashmasini tayyorlash uchun chimli tuproq g’alla ekinlari ekilgan joy tuprog’idan 10-12 sm qalinlikda qazib olinib, ular qat-qat qilib uyuib qo’yiladi. Har qaysi qavat orasida chirindi solinib, vaqti-vaqti bilan namlanadi.Barg chirindisini tayyorlash uchun o’simlik barglari chiritish uchun bir joyga uyib ko`mib qo’yiladi. Go’ng chirindisi parniklardan olinadi.

1.Tuproq aralashmasini tayyorlash.

Tuproqlarni tayyorlash uchun aralashmalarni quyidagi qism hisobida olamiz:



Tuproqlar

Qism hisobida

Chimli tuproq

Barg chirindisi yoki parnik go’ngi

Qum

Og’ir

3

1

1

O’rtacha

2

2

1

Yengil

1

3

1

2.Xona o’simliklarini tuplarga ajratib ko’paytirish.

  1. Buning uchun tuvakda o'sayotgan o'simlikni olib, yog'och tayoqcha yordamida tuplarga ajratiladi.

  2. O'simlikning singan va chirigan qismlari kesilib, olib tashlanadi.

  3. Har bir o'simlikning bargi va ildizini inobatga olib, kesilgan joylar maydalangan ko'mir kukuni bilan ishlov beriladi.

  4. Yangi tuvakga ekilgan o'simlikning atrofi tuproq bilan to'ldiriladi, suv quyiladi va salqin joyga qo'yiladi.

3. Xona o’simliklarini qalamchalaridan ko’paytirish.

1. Buning uchun 2-3 hafta oldin 3-5 tagacha kurtagi bo’lgan novdalar kesib olinadi. Qum solingan tuvakda yoki suvga 2 ta kurtagigacha solinib qo’yilsa, 2-3 haftadan so’ng ildiz chiqaradi.

2. Buning uchun o'simlik dastlab qum yoki suvga qo'yilgan va ildiz chiqargan qalamchalarini olinadi.

3.Gul tuvakka ildiz chiqargan (geran) o'simlikni o'tqazib, ildiz atrofidagi bo'sh joylarini tuproq bilan to'ldiriladi va nimta suv quyiladi.

4.Tuvak salqin joyga qo'yiladi.

4.Xona o’simliklarini barg qalamchalaridan ko’paytirish.

1. Bir hafta avval begoniya o`simligini barg qalamchasidan kesib olib suvga solib qo`yiladi.

2. Barg qalamchasi ildiz o'simtasi chiqargandan so'ng (yangi barg pay do boigandan keyin) uni yengil tuproq bilan to'ldirilgan gul tuvakka ekiladi va suv quyiladi.

3. Tuvak salqin va yorug’ joyga qo'yiladi.





Qalamchalar va barg qalamchasidan dan ko’paytirish. Tupidan ko’paytirish

Amaliy mashg`ulotni mustahkamlash: Quyidagi jadvalni to’ldiring.

O`quvchi uchun

O’simliklar nomi

Ko’paytirish usullari.

Qalamchalaridan

Tupidan

Bargidan

Parxesh

usulida

Piyozidan

Yorongul
















Oleandr
















Fikus
















Fialka
















Begoniya
















Qirqquloq
















Kala
















Aloe
















Tradeskansiya
















Lola
















Liliya
















Kalonxoe
















O`qituvchi uchun

O’simliklar nomi

Ko’paytirish usullari.

Qalamchalaridan

Tupidan

Bargidan

Parxesh

usulida

Piyozidan

Yorongul

+













Oleandr

+







+




Fikus

+




+







Fialka







+







Begoniya

+




+







Qirqquloq




+










Kala













+

Aloe




+










Tradeskansiya

+

+










Lola













+

Liliya













+

Kalonxoe







+







Xulosa: Amaliy mashg`ulotda xona o`simliklarini ko`paytirish usullarini, gul o`stirish uchun tuproq aralashmasini tayyorlashni, xona gullarini o`stirish va parvarish qilishni, gullarni turli xil yo`llar bilan gul tuvaklarlarga o`tkazish, gul o`tqazilgan gultuvaklarni salqin va yorug` joylarda saqlashni o`rganildi.

XULOSA

Biologiya darslarini o`qitishda amaliy mashg`ulotlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amalda tadbiq etishga materiallarni ongli va puxta o‘zlashtirishga, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakillantirishga imkon beradi.

Amaliy mashg`ulot o‘qituvchi bilan o‘quvchilar faoliyatining nisbatini belgilaydi. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilar tomonidan guruhda va yakka holda ham bajarilishi mumkin. Amaliy mashg`ulotning o`tkazilishida o‘quvchilarda guruhda bajariladigan ishlarning bajarilish usullarini ya’ni o`simliklarning turlarini aniqlagich yordamida o`rganish, xona o`simliklarini ko`paytirishda egallagan ko`nikmalarini mustaqil hayotda qo`llash malakalari shakllanib boradi. Amaliy mashg‘ulotning asosiy xususiyati egallangan bilimlarni amalda tadbiq etish hamda mustahkamlash bo‘lsa, mustaqil ishlarning asosini ya’ni bilim va ko‘nikmalarni egallash, yangi bilimlarni izlashda ilgari egallangan bilimlarga tayanish tashkil etadi.

Ushbu uslubiy ko`rsatmada berilgan 6-sinfda o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar pedtexnologiyalarga asoslanib o`qituvchi va o`quvchi tarqatmasi bilan berilgan. Maktab biologiya fan o`qituvchilari ko`rsatmadagi amaliy mashg`ulotlarning o`tkazilishi va xulosa qismlaridan to`liq foydalanishlari mumkin.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent: «Ma’naviyat», 2008.

2. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va oquv dasturi; Biologiya,- Toshkent-2010.

3. Pratov. O.`, To`xtayev. A., Azimova. F. “ Botanika” 5-sinf uchun darslik. – Toshkent: “ O`zbekiston” , 2011.

4. Pratov.O.`, To`xtayev. A., Azimova. F. “ Botanika” 6-sinf uchun darslik. – Toshkent: “ O`zbekiston” , 2011.

5. Tolipova. J.O, Umaraliyeva. M.T. “ Botanika darslari” 6- sinf, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanma.-Toshkent: “ Tafakkur” , 2011.

6. Tolipova J. O., G’ofurov A. T. “Biologiya ta’limi texnologiyalari”,-Toshkent: “O’qituvchi” 2002 .

7. Allamuratov M., Zaripov E., Usmonova Z., Maqsudova R. “Umumta’lim maktablarida biologiya fanidan laboratoriya ishlarini o`tkazish bo`yicha uslubiy qo`llanma.- Toshkent – 2005.

8. Batirova F. Batirova ,. Shukurova S. K “ Botanika fanidan laboratoriya mashg`ulotlari daftari”, - Samarqand VPKQTMOI

9. Maktabda biologiya ma’naviy- marifiy, ta’limiy jurnal. 2010, 5- soni.

10. Maktabda biologiya ma’naviy- marifiy, ta’limiy jurnal .2014 .7- soni.

11. www.ziyonet.uz



MUNDARIJA

Kirish………………………………………………………………... 5

1.Amaliy mashg`ulotning o`tkazilishi….……………….…….......... 6

2.Amaliy mashg`ulotning o`tkazilishi….……………….…….........11

3.Amaliy mashg`ulotning o`tkazilishi….……………….………….21

Xulosa……………………………………………………………….25

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ….…....................................... 26

YUNUSOVA NAVBAHOR AHMADJONOVNA

BATIROVA FOTIMA ASHUROVNA

BIOLOGIYA DARSLARIDA AMALIY MASHG`ULOTLARNI O`TKAZISH

Terishga berildi:____________

Bosishga ruxsat etildi:__________

Ofset bosma qog`ozi. Qog`oz bichimi 60х80 1/16

«Тimes» garniturasi. Ofset bosma usuli

1 bosma taboq

Adadi: 25 nusxa

Buyurtma №_____


Samarqand viloyati xalq ta’limi

Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning

malkasini oshirish instituti

Bosmaxonasida chop etildi.



Samarqand shahar, Boysunqur ko`chasi 3-uy.


Download 187,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish