Umumta’lim maktablaridagi o’zlashtirmovchi muammosi



Download 33,85 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi33,85 Kb.
#920735
  1   2
Bog'liq
Айжамалга


UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI O’ZLASHTIRMOVCHI MUAMMOSI
Z. Sh. Sherimbetova., - psixologiya fanlari nomzodi., docent.
A. Tlewmuratova - pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi
O’zlashtirmovchi muammosi umumta’lim maktablaridagi asosiy muammolarning biri hisoblanadi. Bularni o’rganish va yo'q qilmoqlik uchun atroflicha yondashuvlarni taqazo etadi.
O’zlashtirmovchi muammosi- bu o’quvchilarni tayyorlash va bilimlarni o’zlashtirish, ko’nikmalarni rivojlantirish, ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish va ta’lim olish munosabatlarini tarbiyalashda maktabning majburiy talablari o’rtasidagi muvofiqsizlik hisoblanadi. Bu o’quvchilarning o’qish va hisoblash qobiliyatining pastligi, tahlil qilish va umumlashtirishning aqliy ko’nikmalariga ega emasligi bilan namoyon bo’ladi. Amaliyotta o’quvchilarda bilim bo’shliqlari o’z vaqtida tuzatilmaganligi sababli xotimasiz bo’lishi tabiiy holat hisoblanadi. Shu bilan birga u faqatgina aqliy qobiliyatlarida, balkim aliy jarayonlarida ham kamchiliklarga duch keladi. Juda oz sonli bolalar pedagogik tomondan e’tiborsizlik sababli o’zlarini natijali o’rgana olmaydi. Ular maktabga kelishidan oldin yetarlicha keng o’rganilmaganligi va birinchi sinf o’quvchisi uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni egallamagan bo’ladi. Ular past o’qiydi va ba’zi paytlari bularni qanday ishlashni ham bilmaydi. Pedagogik tomondan qarovsiz qolgan bolalar ko’pincha ularga ko’p e'tibor beriladigan oilalarda tarbiyalanadi. Bunday hollarda ota- onalarning odatiy usullaridan biri gipo tárbiyaviy hisoblanadi. Buvisi yoki ota- onasıdan birining qaromog’ida bo’lgan bola o’zini qiyin sharoitga soladi. U faqat gina o’qishni, hisoblashni va yozuvni bilimay qolishi bilan birgalikda oddiy narsalar haqidagi savollarga ham javob berolmaydi.
Maktabga qabul qilish jarayonida u uchun beriladigan ba’zi savollarga, masalan ota- onasi kim, qayerda kim bo’lib ishlaydi, qayerda yashaydı kabi oddiy savollarga ham javob berishga qiynaladı. Agar bola maktabgacha ta’lim muassasasiga borgan bo’lsa, u ko’proq bilimlarni egallashga va maxsus qobiliyatlarga ega ekanligi, uning maktabga tayyorgarlik saviyasi, maktabgacha ta’lim muassasasida o’tilgan darslarning mazmuniga ham aloqador bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda maktabning samarasiz bo’lishining sababi past o’zlashtirish qobiliyati bo’lib hisoblanadi. O’rganish bilimlarni o‘zlashtirishning umumiy aqliy qobiliyati sifatida tushuniladi. O’qish qobiliyatining pastligi aqli zaif bolalarga tan hisoblanadi. O’zgacha kechikishlar akademik samarasizlikda sintezlanadi. Bu rivojlanishdan ortta qolish jarayonining snatijasidan kelib chiqadi. Bir nechta ortta qolishlar, agar ular tuzatilmasa ortib boradi, bir -biri bilan aralahsadi va natijada akademik kamchiliklarga olib keladi. Maktabdagi qiyinchiliklarga beparvolik sababdan sog’lig’ining nosozligi, ayniqsa maktab o’quvchilarining neyropsixik sohasi nosoz bo’ladi. Bu hislat funkcional stress bilan birgalikda uzluksiz qobiliyatsizlik hissiyoti, xavotirning o’tkirlashi, kamsitilishdan qo’rqish, jazo hisoblanadi. Maktabning xavfli omillari jamlanmasi uzluksiz rávishda, uzoq vaqt va uzliksiz ravishda ishlaydi va agar inson bu ta’sirdi barqaror, boshqarıb bo’lmaydigan, o’zgarmas deb bilsa va bolaning o’zi o’zgarmasa, har qanday salbiy omilning inson tanasiga ta’sir kuchi kuchayadi ekan.[2: 24]
Shu jumladan, ko’rish qobiliyati, eshitish qobiliyati yoki nutqida kamchilik bo’lgan ya’ni analitik tizimi nosoz o’quvchilar muvaffaqiyatsiz bo’lishi va o’zlashtirish ko’rsatkichi past bo’lishi mumkin. Maktabda nisbiy psixologik tomondan tayyorligi bilan ham o’quvchilar taxtada nima yozilganini ko’rmasligi yoki o’qituvchining aytganlarini eshitmasa ham o’zlashtirishdan orqada qolishi mumkin. Eng oson usullardan biri bunday bolalarni sinfda o’qitish jarayonida ularni birinchi qatorlarga o’tqazish, yengil topshiriqlar berish qirg’oqlari ijobiy natijalarga erishish mumkin. Agar og’ir holatlarda sezilarli darajada orqada qolishlarini kuzatishimiz mumkin, maxsus maktablarga - kar, eshitish qobiliyati past, nutqida kamchiligi bo’lgan maxsus maktablarga o’tkazish zurur. Boshlang’ich sinflarda obrazli fikrlashning yetarlicha keng rivojlanmaganligi sababli o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar uchrashadi. O’quvchilarning o’zlashtirmasligiga ularning shaxsiy hususiyatlaridan kelib chiqib, ularning o’qishga qobiliyatsiz ekanliklari ham sabab bo’lishi mumkin. Ayniqsa o’rta sinflarda. Sababi, bu davrga kelib maktab dasturi ham murakkablashib, o’qish qiyinlashadi. Bitta o’qituvchining oldiga turli talablar bilan turli o’qituvchilar keladi. Oldin qoniqarli yoki yaxshi tahsil olgan bolalarning aksariyati bu holatda o’qish faoliyati saviyasi ham past bo’ladi. Bu bir qancha o’qish qobiliyatiga ega, ko’plab sinflarga nisbatan maktabga yaxshiroq tayyorlangan bolalar bo’lishi ham mumkin. Ular uchun o’qish juda oson seziledigan edi: ular natijalarga ancha qiyinchiliklarsiz erishadi, sinfda nisbiy yuqori darajaga ega bolani va unga xos ravishda o’zlarini ham hurmat qiladi. Talablar ko’payib ketsa o’qishga intilish ham ularning o’zlashtirish ko’rsatkichi ham pasayadi. O’qishdagi qiyinchiliklar, o’qish motivaciyasining o’zgarishiga olib keladi. O’qishga bo’lgan munosabatida o’zgarishlar yuz beradi, ayrim vaqtlari maktabni tark etish holatlari ham uchraydi. O’qishni xohlamaslik past ko’rsatkichlarga va oldingi sinf o’quvchilarining sharoitiga olib keladi. O’rta sinfga o’tish o’smirlik davrining boshlanishiga, tengdoshlari bilan munosanatga o’tishiga to’g’ri keladi. Ba’zi tadqiqotlarning natijasi shuni ko’rsatadiki, ba’zi bir o’quvchilar o’qishning o’rniga boshqa o’zi qiziqadigan ishlar bilan mashg’ul bo’lganligi uchun ham o’zlashtirish ko’rsatkichining pasayishiga olib keladi.[1: 11-16]
O’zlashtirmovchi o’quvchilarning tiplari:
1. Muhim qiyinchiliklarga ega bo’lgan bolalar- bu turli sabablarga ko’re yosh me’yoridan chetga chiqqanlar hisoblanadi. Ular topshiriqlarni bajarishda qiynaladı, o’zlarini juda past baholaydi. Bu o’quvchilar o’qituvchidan ogohlantirish oladi. Ular shuning uchun o’qituvchisi bilan munosabatga kirishdi, birgalikda o’tirishni xohlamaydi. Maktabdagi o’rnidan norozi bo’lgani uchun har xil usullardan foydalanadi. O’tirgan joyda baqirish, yo’lakda yugirish, har xil sho’x harakatlarni ishlaydi.
2. Maktabda past o’zlashtirmovchi bolalar - umumiy o’quvchilarning ¼ qismini tashkil etadi. Ularda rivojlanishdan orqada qolish sabablaridan biri, homiladorlik va tug’ish patologiyasi, tug’ilishidagi kamchiliklar, og’ir xastalik kabi omillar ham ta’sir etgan bo’lishi mumkin. Ular turli yuqumli xastaliklarga ham duch keladi. Ular ko’pincha disfunkcional mikrosocial muhitda yashaydi. Rivojlanishidan orqada qolgan bolalar maktabining sharoitlari, kundalik topshiriqlarga va o’qish yuklamalariga o’rganish qiyin bo’ladi. Bu allaqachon ta’limning dastlabki bosqichlarida ular maktabdagi noto’g’ri va akademik qobiliyatsizlik taraqqiyotining to’liq o’ziga xos xavflilik guruhini tashkil etadi. Shu jumladan ular ko’pincha ular maktabi uchun muammo tug’diruvchi, qiyin, qaysarlik bilan o’zlashtirmovchi o’quvchilar guruhini paydo qiladi.
3. Funkcional jihatdan rivojlanmagan bolalar. Ular chin qalbi bilan va vijdonan o’qiydi, barcha topshiriqlarni bajarishga intiladi. Biroq o’qish davrining birinchi oylarida ularning xatti- harakatlari va tinchligi o’zgaradi Aksariyati bezovtalanadi, letargiya, shivirlab gaplashish, achchiqlanish, bosh og’rishidan qiynaladı, ovqatlanishi ham pasyadi, shuning bilan birga uyquda ham qiynaladı. Bularning barchasi tabiiy holat: sababi bola yangi sharoitlarga moslashmoqda va bu albatta o’zinig ta’sirini qoldirmasdan qo'ymaydi. Biroq bir ikki oy o’tgandan keyin ham o’zgarish sezilmaydi, natijaga ham erisha olmaydi. Tanasining ayrim funkciyaları ham hali maktabda o’qishga tayyor emasligi, hali bunga ega emasligi ma’lum bo’ladi. Ba’zi bolalar tez charchaydı, maktabda irodasiz bo’ladi, boshqalari diqqatini bir joyga jamlay olmaydi, boshqalari bo’lsa, kirish testlarining natijalarini tasdiqlagisi kelmaydi. O’qishda orqada qolgan bolalar paydo bo’ladı, aksariyati hattoki o’qish dasturini ham o’zlashtira olmaydi. Ko’pchligi kasal bo’lib, darslarini qoldirib qo’yadilar va shu tariqa orqada qoladi.
4. Zaif bolalar. Birinchi sinfga kelgan bolalar orasida 20 -30% dan sog’lom, birinchi sinf o’quvchilarining 30 -35% yuqumli kasalliklarga chalingan, 8-10% ko’rish qobiliyati nosoz, 15-20% ham ko’pincha rivojlanishning turli bosqichlarida miya yarimta sharlarınıng organik nosozligi sababidan neyropsixik sohasida turli buzulishlarga uchraydi. Bu bolalar maktabga moslashishi qiyin kechadi. Ular uyda himoyalanadi, ularning rivojlanishi me’yordan orqada qoladi. Bularga cheklangan ma’lumot ta’minoti, bilim, ko’nikma, atrof- muhitning noto’g’ri yo’nalish berishi, tengdoshlari, o’qituvchi bilan aloqa o’rnatishdagi qiyinchiliklar, sinfdagi noto’g’ri xatti- harakatlar, yetarlicha keng rivojlanmagan ta’lim motivaciyası va h.k. kiradi.
Zaif bolalarning va shu asnoda bitta tipi bor bo’lib, bularga uyda hamma narsani ishlashga ruxsat berilgan bolalar kiradi. Ular taqiqlangan narsalarga ham aralashadi, o’zlarini boshqara olmaydi, tez charchaydı, diqqatini jamlay olmaydi va topshiriq bersang uzoq vaqt ishlaydi. Har bitta sinfda bunday bolalar taxminan 30 -40% ni tashkil etadi. Ularni o’qitish pedagoglardan bir qancha stressni, ma’naviy va kasbiy mahoratni talab qiladi. Har xil funkcional tizimda kichik orqada qolishlar, bitr- biri bilan birlashganda, ko’rinadigan aniq buzulishlarga olib keladi. Ulardan: disinibiciya, motorli tashvishlanuv, giperfaollik. Ular o’zlari mustaqil faoliyatni tashkillashtira olmaydi, diqqatini to’g’ri yo’naltira olmaydi, o’zlari tengdoshlari bilan me’yoriy munosabatga kirisha olmaydilar, o’zlarini boshqara olmaydi, faqatgina nima ishlashni afzal ko’rsa shuni ishlaydilar. Xatti- harakatining nosozligi, qoida bo’yicha, bunday bolalarda yozuv, o’qish va matematikada qator qiyinchılıklarga duch keladi. 1- sinfda ular uzoq vaqt davomida harflarning to’g’ri konturini o’rgana olmaydi, daftarlarini ham qanday bo’lsa sundayligicha parokanda ushlaydi. O’qiv yili asta-sekina kelib, ular tegishli sinf uchun o’quv dasturini o’zlashtira olmaydilar. Ularning xatti- harakatining o’ziga xos hususiyatlari, uzluksiz to’qnashuvlar, salbiy reakciyalar sinfdagi holatni sezilarli darajada murakkablashadi.
O’zlashtirmovchi o’quvchilarning bilish jarayonlarini rivojlantirish uchun quyidagi maxsus mashg’ulotlar kompleksidan foydalanish mumkin. Bu kabi mashg’ulotlardan o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota- onalar ham foydalanishi mumkin. Bu mashg’ulotlar haftasiga bir marta 35-45 daqiqa davomida darsdan so’ng o’tkaziladi.
Kim tezroq?
1)Mashqning maqsadi: Erkin diqqatning jamlanganlik darajisini aniqlash.
Mashq jarayoni. O’quvchilarga xohlagan bitta testtagi ko’p uchraydigan harflarni o’chirish topshiriladi. Masalan «A» yoki «E». Testni bajarish natijasi o’chirish vaqti va yo’l qo’yilgan xatolar o’chirilmay qolgan harflarga aloqador bo’ladi. Bunda yutuqlar rag’batlantirilib boriladi.
Korrektura
Mashqning maqsadi : Erkin diqqatni shakllantirish.
Mashq jarayoni: O’qituvchi qog’ozga bir nechta harflari tushirib qoldirılgan va joylari almashtirilgan gaplar yozadi. O’quvchiga bu topshiriqni faqat gina bir marta o’qib chiqishga ruxsat etiladi. Bunda u rangli qalam bilan xatolarni to’g’irlab borishi zurur. So’ng u qog’ozni o’rtog’iga beradi, u boshqa rangli qalam bilan qolib qo’ygan harflarni to’g’irlab qo’yadilar.
«Selektor»
Maqsadi: O’quvchilarda erkin diqqatni rivojlantirish.
O’yin uchun ishtrokchilardan biri «priyomnik» sifatida tanlab olinadi. Guruhning boshqa a’zolari yetkazib beruvchilar sifatida har xil sonlardan iborat, har xil yo’nalishda sanash bilan band bo’ladi. Priyomnik qo’lida qandaydir bir narsani ushlagan holda tinch o’tırıp tinglaydi. U navbat bilan har bitta uzatuvchiga moslashishi lozim. Priyomnik biroz ishlaganidan keyin qo’lidagi narsasini yonma-yon o’rtog’iga beradi. U ham shu holatta o’yinni davom ettiradi.
“Domino”
Mashqding maqsadi: So’z va erkin xotirani rivojlantirish
Mashq jarayoni: Bu o’yinni o’tkazish uchun okrıtkalar to’plami zurur bo’ladi. Ishtrokchilar stol atrofiga aylana bo’lib o’tırıp oladilar. Har bitta ishtrokchiga har xil syujet tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi. Birinchi ishtrokchi kartochkalardan birini boshqalarga yoritib, kartochkada tasvirlangan narsani o’zlari ichiga olgan (ertak, fantaziya, yomon tush) kabilarni aytib beradilar. O’yinni boshlagan ishtrokchi o’z ertagini tugatib bo'lganidan keyin o’rtog’iga beradi.
U o’z kartochkasini qo’yib, ertagini davom ettiradi, o’z kartochkasidagi tasvirangan narsalerni ham qo’shib aytib ketadi. Barcha kartochkalar chiqqunigacha o’yin davom etadi.
O’z- aro aloqador bo’lmagan sonlarni eslab qolish.
Mashqning maqsadi: Associativ esda saqlashni rivojlantirish
Mashq jarayoni: O’quvchiga ketma- ket 10-12 sonlaridan iborat sonlarni eslab qolish taklif etiladi. Bunda asosiy e’tibor sonlarni mexanik ravishda takrorlashga emas, balki ular orasidagi mantiqiy aloqani izlashga qaratiladi. Masalan, 6513024860, 65:13=5, 0, 2, 4, 8, 6- o’sib borishi juft sonlar, faqat gina oxirgi ikkita sonning joyi almashgan.
65-uyingizning raqami, 86 dadagizning to’yi bo’lgan yil. Ana shu tahlildan so’ng o’quvchilar qog’ozga natural sonlarni yozushlari zarur. Esda qoldirish uchun bexosdan sonlar qatori beriladi. 6442180814, 9876123440, 2456680973, 01982376445, bu mashq o’quvchilarni har xil sonlarni osonlik bilan esda saqlash qobiliyatini rivojlantıradı.
O’xshashi va farqi
Mashqning maqsadi: O’quvchilarda taqqoslash operaciyasıni rivojlantirish.
Mashq jarayoni: O’quvchilarga turli predmet va tushunchalarni taqqoslash vazifasi beriladi. Masalan o’quvchilarga yaxshi tanısh predmetlar: sut va suvlar, sigir va ot, samolyot va poezd. Bu predmetlarni tasvirlangan rasmlardan ham to’plashi mumkin. Bu predmetlarni tasvirlangan rasmlardan ham foydalanish mumkin. To’g’ri javoblarning umumiy soni belgilanadi. Xatolar soni ham hisoblanadi. Taqqoslash uchun asosni ko’proq topgan yoki oxirgi javobni aytgan o’quvchi g’olib bo’ladi.
Gap tuzish
Mashqning maqsadi: umumlashtirishda yangi obrazlarni yaratish.
Mashq jarayoni. Xohlagan uchta so’z olinadi, ular o’z- aro aloqador bo’lmasligi zurur. Masalan «Dár'yo», «Qalam», «Ayiq». Mana ushbu uchta so’z tarkibiga kiritib iloji borica ko’proq gap tuzishi mumkin. Bunda boshqa so’zlarni ham qo’shish mumkin. Biroq boshida berilgan uchta so’z ishtirok etishi zarur.
Maktabtagi o’zlashtirmovchilikni keltirib chiqaruvchi sabablar juda ko’p. Shuning uchun faqatgina o’qituvchilarning harakatlari, jonbozligi bilan maktablarimizdagi o’zlashtirmovchiliklarni tuzatishimiz juda qiyin. Buning oldini olish uchun bunday o’quvchilarga ota- onalar, oila a’zolari, tengdoshlarining ham yordam berishlari katta natijalarga olib kelishi mumkin.

Download 33,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish