Kurs ishining vazifalari: Mavzuga oid ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish. Mavzuning ilmiy-nazariy, metodik hamda amaliy asoslarini tadqiq qilish yo‘li bilan uning dolzarb muammo ekanligini asoslash. Bank soliq va boshqaruv faoliyatida interfaol texnologiyalarni tanlash va foydalanish tamoyillari, vositalarini, tashkiliy shart-sharoitlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslash.
I bob. AUTOCAD DASTURI VA UNING INTERFEYSI (MULOQOT OYNA)LARI
AutoCAD dasturi va undan foydalanish usullari
Hozirgi davrda butun dunyoda barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham kompyuter texnologiyalari va xorijiy tillarni o’rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bizning Respublikamizda ham grafik ta’limni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Jumladan, umumta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimida kompyuter grafik dasturlarini o’rganish talabi qo’yilmoqda. Grafik ta’limda Paint, Corel DRAW, AutoCAD dasturlaridan foydalaniladi. Biz quyida AutoCAD gragik dasturini yuklash va oddiy geometrik jismlar yasash usullari haqida qisqa ma’lumot keltirib o’tdim.
Dasturlar: sistemali-operatsion va amaliy dasturlarga bo‘linadi. Operatsion dasturlar-foydalanuvchini kompyuter bilan muloqot qilishida vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Ular, yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disketlardagi axborotlarni o‘qish, axborotlarni disketga yozish, amaliy dasturlarni ishga tushirish kabi amallar bajariladi.
Amaliy dasturlar - u yoki bu grafik axborotlar uchun tuziladi va kompyuterga kiritiladi. Dasturlar Beysik yoki Paskal tilida tuziladi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada kompyuter grafikasida loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi AutoCAD programmalaridan foydalanib, grafik axborotlarni kompyuterda bajarishni o‘rgatiladi. Bunda, foydalanish uchun ishlab chiqilgan AutoCAD ning oxirgi versiyalaridan AutoCAD-2007 dasturlaridan foydalaniladi.
1982 yilda Jon Uolker tomonidan yaratilgan AutoCAD tizimi kompyuterda turli qurilmalar, mexanizmlar va binolarning loyihalarini yaratishga xizmat qiluvchi vositadir.
Hozirgi vaqtda uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish vositalari foydalanuvбchilarning e'tiborida bo‘layapti va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan foydalanish konstruktorlik-loyihalash ishlarining sifatli bajarilishi hamda foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqlikda bajarish va qog‘ozga chiqarish imkonini beradi.
Ushbu kurs ishida kompyuterli modellashtirishni loyihalashtirishning universal grafik sistemasi muhitidan iborat bo‘lgan AutoCAD dan foydalanish uslubi taklif etilgan. Bu AutoCAD tizimi Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihalash jarayonida ko‘p sonli foydalanuvchilar qulay holda ishlatishlari ko‘zda tutilgan. Hozirgi davrda AutoCAD ning dasturiy ta'minoti kompaniyani eng yaxshi mahsuloti bo‘lib, shaxsiy kompyuterlarning eng keng tarqalgan avtomatik loyihalash tizimi paketi hisoblanadi.
Hozirgi davrda har qanday dastur ta'minotining eng muhim xarakteristkasi buni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlata bilish xususiyatidir. Shu sababli AutoCAD tizimi katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, o‘z mahsulotini 3D Studio tizimiga eksport qilgan holda uch o‘lchovli modellarni animatsiya qilish imkoniyatini beradi. AutoCAD tizimida ishlab chiqilgan файлlar Microsoft Office dasturining har qanday mahsulotlari bilan mos keladi .
Ushbu qo‘llanmada AutoCAD ning siqiq holdagi ruscha versiyasining o‘zbek tiliga o‘girilgan varianti berilgan.
AutoCAD dasturi avtonom rejimida yoki lokal tarmoqda ham ishlashi mumkin. AutoCAD dasturining yaxshi ishlashi uchun quyidagi manbaalar zarur bo‘ladi:
• Pentium 133 protsessori
• 32 Mbaytli operativ xotira
• Qattiq diskda 400-750 Mbaytli xotira
• 640 ga 480 VGA – displeyi
Do'stlaringiz bilan baham: |