Умумтаълим мактабларида график таълимни ривожлантириш омиллари


I.2 Chizmachilikni o’qitishning hozirgi ahvoli



Download 9,18 Mb.
bet4/12
Sana29.05.2022
Hajmi9,18 Mb.
#617409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
CHIZMANI TAXT QILISH QONUN–QOIDALARI VA GEOMETIRIK YASASHLARNI O’RGATISH

I.2 Chizmachilikni o’qitishning hozirgi ahvoli.

Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotining ustuvor yo’nalishi, deb e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tashabbusi va bevosita rahnamoligida jahonning bu boradagi ilg’or tajribalari hamda xalqimizning ko’p asrlik milliy qadriyatlarini o’zida aks ettirgan yangi ta’lim tizimi hayotga tatbiq etildi.


Shu nuqtai nazardan O’zbekistonda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish istiqbollariga nazar tashlab, talim jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishning muhim omili bo’lishini alohida ta’kidlash lozim[10].
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik ta’limi rivojlanib borayotgan mustaqil davlatimiz xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yangi texnologiyaning yaratilishi va joriy qilinishida, zamonaviy ishlab chiqarish, fan-texnika taraqqiyotining jadalashtirilishida hamda inson amaliy faoliyatida tutgan o’rni bilan belgilanadi. Maktab chizmachilik kursi ta’limning umumiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilib, o’quvchilarning tabiat va texnikani ko’rgazmali idrok etishga, predmetlarning tuzilishini va fazoviy munosabatlarini chuqurroq bilishga, ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan jarayonlar va hodisalarni sinchiklab o’rganishga yordam beradi. Shuningdek, chizmalarni o’qish va bajarish orqali bolalarni fazoviy tasavvuri va mantiqiy tafakkurini texnikaviy ijod, bunyodkorlik, loyihalash kabi sifatlarni rivojlantiradi.
Texnikaviy informatsiyani o’z ichiga olgan asosiy hujjat bu chizmadir va birorta ham ishlab chiqarish sohasi uningsiz mavjud bo’la olmaydi. Sanoatning turli sohalarida ishlatiladigan chizmalar o’ziga xosliklarga, yani qoidalarga, shartliliklarga ega.
Chizmachilik o’qtuvchisi chizmachilik sohasidagi butun kompleks bilimlarga ega bo’lishi kerak: grafik tasvirlarning nazariy asoslariga, geometrik yasashlarga, GOST tomonidan qabul qilingan chizmani bajarish va taxt qilish umumiy qoidalariga va hakazo.
Barcha fanlar singari, chizmachilik fani ham ishchi dastur asosida olib boriladi. Ishchi dasturda mavzular, ularni o’tish soati va o’tish vaqti ko’rsatib qo’yiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik ta’limining asosiy vazifalari;

  1. O’quvchilarda chizmalarni taxt qilish qoidalarini va chizma asboblaridan o’z o’rnida foydalanish malaka va ko’nikmasini hosil qilish.

  2. Bolalarda ish o’rnini to’g’ri tashkil etish, intizom va ijtimoiy mulkni asrab-avaylash kabi fazilatlarni tarbiyalash.

  3. Geometrik yasashlar, sirkul va lekalo yordamida bajariladigan egri chiziqlar bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish.

  4. Proyeksiyalash usullarini o’rganish, murakkab bo’lmagan detallarning to’g’ri burchakli hamda aksonometrik proyeksiyalarini bajarish ko’nikmalariga ega bo’lish.

  5. Chizmalar tarkibini tahlil qilish va o’qish malakalarini hosil qilish.

  6. O’quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda grafik tafakkurini rivojlantirish.

  7. Chizmalarda kesim, qirqim shartliliklar va soddalashtirilishlardan foydalana olishga o’rganish.

  8. Grafik redaktor yordamida oddiy chizmalar yasash ko’nikmalari shakillantirish.

  9. Ajraladigan va ajralmaydigan bo’linmalar, yig’ish chizmalari boyicha umumiy tushunchalar berish.

  10. Qurilish va sxema chizmalarining asoslari bilan tanishtirish.

  11. Ma’lumotnoma adabiyotlardan foydalana bilishga o’rganish.

Chizmachilik darslarida o’quvchilar chizmalar, eskizlar, yaqqol tasvirlar, texnik rasmlar va sxemalar o’qish hamda chizishni o’rganadilar. Bularni umumiy nom bilan grafik tasvirlar deb ataladi. Chizmalar mazmun mohiyatiga ko’ra detall chizmalar, yig’ish chizmalari, umumiy ko’rinishdagi chizmalar, montaj chizmalar va hokazolarga bo’linadi.
Maktab o’quvchilariga chizmalarni o’qish malakasini hosil qilish va grafik tasvirlar yasashning keng tarqlgan usullari haqidagi nazariy asoslarini berish masalalari bilan to’liq chizmachilik fani shug’ullanadi. Bu fan o’quv dasturiga binoan 8-sinfda quyidagi mavzular o’rganiladi. Chizmalar chizish va ularni taxt qilish, geometrik yasashlar, tutashmalar, proyeksilash usullari, ko’rinishlar, aksonometrik proyeksilar va eskizlar. 9-sinf o’quv dasturi yana ham ko’proq o’quv materialini o’z ichiga oladi yani kesimlar, qirqimlar, chizmada zaruriy va yetarli tasvirlar sonini aniqlash, tarkibida ijodiy loyihalash elementlari bo’lgan grafik masalalar, kompyuter grafikasi yig’ish chizmalari, sxemalar, qurilish chizmalari va hokazo.
O’quv dasturining maqsadi bo’yicha o’rta maktab bitiruvchisining grafik tayyorgarligi uni ishlab chiqarishdagi faoliyatida bevosita tadbiq qila oladigan bo’lsin.
Bir vaqtlar chizmachilik 7-8-9-10 sinflarda o’qitilar edi. So’ngra chizmachilik 7-8 sinflarda o’qitiladigan bo’lib qolgan edi. Hozirda esa chizmachilik, o’quv fani sifatida 8-9 sinflarda haftasiga bir sinfdan o’tiladi xolos. O’qituvchi shu vaqt ichida chizmachilikning nazariy asoslarini berib ulgurishi va grafik ishlar bajartirib ularni mustahkamlash kerak. Ko’p hollarda bularga vaqt yetishmay qoladi. Shunday ekan, chizmachilik o’qtuvchisi berilgan vaqtdan unumli foydalanish yo’llarini o’rganish va o’quvchilarni grafik tayyorgarchiligining effektivligini oshirish maqsadida qo’shimch imkoniyatlarini qidirib topish kerak. Boshqa fanlarni o’qitish jarayonida chizmachilikda olingan bilimlar va ko’nikmalarni mustahkamlash maqsadida foydalanish shunday imkoniyatlardan biri bo’lishi mumkin.
Tasvirlardan foydalana turib o’qtuvchi ularni doskada chizadi yoki tayyor chizilganini plakat shaklida o’quvchilarga namoyish qiladi, ko’pincha o’quvchilardan tasvirlarni ko’chirib olishni ham talab qiladi. Tasvirlarni bajarishda o’qtuvchi va o’quvchilar chizmachilikda olingan bilimlardan foydalana olish kerak.
Maktabda grafik ta’limni yuksaltirish o’quvchilarning chizmachilikdan tayyorgarligini oshirish imkoniyatlari to’g’risida suhbatlashar ekanmiz, shu davrgacha amalgam oshirilgan va hozirgi kunlarda amalgam oshirilayotgan nazariy, ilmiy, uslubiy ishlar to’g’risida to’xtalib o’tish lozim. Albatta, shu davrgacha aynan shu mavzuda bo’lmasada, shunga yaqinroq mavzularda pedagog-olimlarning qolaversa, tajribali o’qtuvchilarning turli xil maqolalari nashr etilgan. Turli ro’znoma va oynomalarda chop etilgan bunday maqolalarda muhim muammoli masalalar to’g’risida so’z yuritilgan, ammo o’quvchilarni detallardga qirqim berishning qulay usullaridan foydalanishga o’rgatish to’g’risida yetarli ishlar qilinmagan.
Agar hozirgi kungacha nashrdan chiqqan maqolalar mazmuniga bir nazar tashlasak, quyidagi mavzularda muammolar hal qilinganini guvohi bo’lamiz. A. Umronho’jaevning “Maktab islohoti va grafikaviy savod” maqolasida o’quvchilarning grafikaviy savodxonligini oshirish uchun qanday vazifalarni amalga oshirish kerakligi to’g’risida, ta’lim jarayonida axborotlarni grafikaviy vositalardan foydalanishning usul va uslublarini shakllantirish to’g’risida gairib o’tilgan. Maqolaning asosiy qismida o’quvchilarning grafikaviy savodxonligini oshirishni eng muhim yo’llaridan biri to’g’risida aytilib, bu yo’l chizmachilik darslarida masalalar yechishdir deyiladi.3 Shunga asosan, mazkur maqolada chizmachilikni proyeksion asoslarini o’rganishda grafikaviy masalalar yechilishining ayrim xususiyatlari bilan tanishtirilgan.
Xuddi shunday masala A. Umronho’jayevning “Chizmachilikdan universal konstruktor” degan maqolasida ham qo’yilgan. Bu maqolada ham yuqorida aytib o’tilgan vazifalarni maqsad qilib olgan holda o’quvchilarning fazoviy tasavvurining rivojlantirish uchun detallarning asliga yoki yaqqol tasviriga ko’ra eskiz va chizmalar chizish, ikkita proyeksiya bo’yicha uchinchi proyeksiyani yasash kesim va qirqimlarini bajarish, chizma bo’yicha yaqqol tasvir yasash kabi grafikaviy mashqlardan foydalanish yo’llari to’g’risida to’htalib o’tilgan.
Shunga o’hshash maqolalar ichida Pavlova A.Aning “Mehnat ta’limi o’qtuvchisining grafik ma’lumoti” hamda “Ilmiy pedagogik faoliyatda grafik tayyorgarlikning hususiyatlari” maqolalari bor. Bu maqolalarda ham grafik ta’limning roli, grafik ma’lumot to’g’risida keng to’xtalib o’tilgan.4
Bizga ma’lum bo’lgan turli maqolalar bilan tanishib, ularning mazmuni to’g’risida qisqa gapirib o’tdik. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, grafik tayyorgarlik, grafik savodxonlik, turli o’quv fanlarida grafik bilim kabi savollar yoritilgan. Bu maqolalarda biz tanlagan mavzu yuzasidan yo qisqa ish olib borilgan yoki umuman tilga olinmagan.
Bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri bularning barchasi, avvalambor zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz.
Shu bilan birga, hammamiz yana bir bor haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam marifatli odam inson qadrini, millat qadiriyatlarini bir so’z bilan aytganda, o’zingni anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallash uchun fidoyilik bilan kurashish mumkin. Sir emaski, har qaysi davlat har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va manaviyati bilan kuchlidir. Bunday boylikni ahamiyatini anglash uchun Chor Rossiyasining Turkiston o’lkasidagi general-gubernatori M. Skobelev “Millatni yo’q qilish uchun qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orda o’zi tanazzulga uchraydi” deb aytgan gapini eslatishning o’zi kifoya qilidi.
Shu bois, mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlarimizdanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Maktab sohasida “Ta’lim haqida” qonun qabul qilindi. 1996-1997 o’quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o’qish yangi alifboda olib borildi. Yangi imlo alifboda o’qitish uchun zarur dastur, qo’llanma va darsliklar yaratildi. Oldingi davrda maktab o’quvchilari V.N. Vinogradov, A.D. Botvinnikov, I.S. Vishnepoliskiy, S.I. Dembijkiy tahriri ostidagi “Chizmachilik” (Toshkent-“O’qtuvchi”-1987y.240 bet) darsligidan foydalanar edilar. Zamon talabidan kelib chiqib yangi alifboda A.Umronho’jayev avtorligida “Chizmachilik” (Toshkent “O’zbekiston”-2002 y) kitobi nashrdan chiqdi. Yangi nashrdan chiqqan “Chizmachilik” kitobi o’quvchilarga birmuncha qulayliklar yaratdi. Bunda kompyuter grafikasida proyeksiyalar bajarish yoritib o’tilgan.
Yana “Ta’lim haqidagi” qonunda joylarda maktablarga va o’qtuvchi murabbiylarga ularni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, yordam berish masalalariga e’tibor ancha kuchaytirildi.
Oliy maktab sohasida test usuli joriy etilishi: viloyatlar markazida pedagogika institutlarini unversitetlarga aylantirilishi va joylardagi o’quv yurtlariga yuqori tasis nizomi berilishi: tashkil etilgan milliy tashkilot va halqaro jamoalar hisobidan chet ellarga tajriba almashish va talabalarni o’qishga yuborishni yo’lga qo’yilishi: iqtisod va biznes sohasidagi mutahassis va o’qtuvchilarni qayta tayyorlash bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlar olib borilishi: o’tish davrida ikkimingdan ortiq talaba va mutaxassisning chet ellarda o’qib kelishi 200 dan ortiq chet el mutahassislarini Respublikamiz o’quv muassasalarida jalb qilinishini qayd etishimiz zarur deb hisoblaymiz.
Ammo holisona baho berganda, shuni tan olishimiz kerakki o’tgan davr mobaynida amalgam oshirilgan tadbirlarimiz bugun hayot talab qilayotgan natijalarni berayotgani yo’q. Bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko’p joylarda yaqqol ko’rinmoqda. Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz.
Shuning uchun ta’lim-tarbiya sohasida ham belgilanayotgan islohotlarni hayotga tatbiq qilishda mana shu prinsip-isloxotlarni bosqichma-bosqich o’tkazish prinsipi qo’yilgan.
Birinchi bosqich o’tish davri bo’lib, u 1997-2001 yillarda ya’ni 4 yil davomida joriy etiladi. Bunda kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun huquqiy-me’yoriy ilmiy uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish lozim.
Ikkinchi bosqich 2001-2005 yillarni o’z ichiga oladi. Bunda ilmiy dasturni keng miqyosida to’liq amalga oshirishga erishish darkor. Tabiiyki tizim faoliyatining samaradorligini mehnat bozorini inobatga olib, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, dastur g’oyalariga va qoidalariga kerakli o’zgarishlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich 2005 va keyingi yillarga mo’ljallangan bo’lib, unda to’plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida o’zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish zarur.
Biz shoshilmasdan, asosiy maqsaddan og’ishmay izchillik bilan milliy dasturni amalgam oshirishimiz lozim. Shundagina u umumiy madaniyatni yuksaltirishga, farzandlarimizning jamiyatda o’z munosib o’rnini topishga xizmat qiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’limni islox qilish yo’nalishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan dasturda shunday qaydlar bor “Ta’lim tizimini, kadrlar salohiyatini tubdan yahshilash tarbiyachi, o’qtuvchi va murabbiy, ilmiy hodimlarning kasbiy nufuzini oshiradi”. Kasbiy nufuz oshmas ekan, ta’lim jarayonida kutilgan natijalarga erishish qiyin. Bu uzviylik ayni paytda o’quvchi yoki talabaning bilim olishga intilishida ham o’ziga xos yaxlitlik yuzaga kelishiga ko’maklashadi.
Maktab yoki oily o’quv yurti muallimi esa shogirdlarining qiziqish va qobilyatlarini to’laroq o’rganish barobarida yoshlarning to’g’ri kasb tanlashdek murakkab bir jarayonlariga ko’maklashadi, quvvatlaydi.
Hozirgi informatsiya va texnologiyalar asrida dunyoda ilmiy sohada va boshqa sohalarda bir qancha ishlar olib borilmoqda. Shu xususida bizning mavzu bo’yicha hali aniq ko’rsatmalar berilmagan bo’lsa ham, lekin internetda mavzuga yaqin maqolalar istab topishga musharraf bo’ldik. Internetda izlab topilgan bir maqolada Tol’yatti shahridagi 51-sonli munitsipal texnika litseyi muallimasi Mavrika Lyudmila Nikolayevna “Использование комныотерна уроки черения” fikrlari yoritib berilgan. Ushbu maqolada kompyuterlarni chizmachilikka bog’lab bir qancha yutuqlarga erishish mumkinligi aytib o’tilgan.5
Shuningdek, 2009 yil Toshkentda T.N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida “Umumiy o’rta ta’limning nazariy va amaliy muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy amaliy konfrensiyasida biz tanlagan mavzuga aloqador bo’lgan maqola e’lon qilingan. Maqolaning mualliflari B. Siddiqov, M. Xolimov, N. Toshimov, F. Alimovlar bo’lib, mavzusi “Chizmachilik darslarida “Fazoviy shakl” metodidan foydalanish”. Maqolada chizmachilik darslarida boshqotirmalardan foydalanish to’g’risida qisqa aytib o’tilgan.6 Maqolaning asosiy qismini esa chizmachilik darslarida uchraydigan ayrim atamalarni o’quvchilar tomonidan yaxshi tushunmasligi natijasida fanga nisbatan qiziqish so’nishi va o’qtuvchi tomonidan bunday holatlarni oldini olish haqida aytib o’tilgan.Shu bilan birga o’quvchilarning fazoviy tasavvurni oshirishda boshqatirmalarni ahamiyati katta ekanligi to’g’risida so’z yuritilgan.
Hozirgi zamon chizmalarini tayyorlash va o’qish uchun zarur bo’lgan bilimlardan kelib chiqib, umumiy o’rta ta’lim maktablarida grafik ta’limning mazmunini aniqlashda quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  1. Umumiy o’rta ta’lim maktab chizmachilik kursining mazmuni didaktika prinsiplaridan kelib chiqib, chizmalarni o’qish va bajarish bo’yich standartlashtirilgan (Fazoviy yechimlar uchun zarur bo’lgan chizma geometriyaning klassik metodlari bularning nazariy asosidir).

  2. Grafik va amaliy ishlar mazmunini chizmalarni o’qishga hamda ta’lim jarayonida loyihalash masalalaridan foydalanilgan holda xalqaro standartlarda qabul qilingan shartlilik va simvollik belgilar bilan muofiqlashtirishga yonaltirish.

  3. Maktab chizmachilik ta’limi mazmuniga ajratilgan tasvirlash metodiga tegishli chizmalarni tanlashda, materiallarni texnik va amaliy mohiyati, hayotda qo’llanish ko’lami kengligi xal qiluvchi rol o’ynashini e’tiborga olish. Bunday tasvirlash metodi chizmachilikda asosiy hisoblangan to’gri burchakli proyeksiyalash (kompleks chizma) va aksonometrik proyeksiyalar metodidir. Bulardan tashqari, bolalar tasvirlarni almashtirish, texnologik, arxitektura-qurilish va sxema-chizmalarining asoslari bilan tanishadilar.

  4. Chizmachilik ta’limi mazmunini tuzishda politexnik ta’lim vazifalari, turdosh predmetlar va mehnat tayyorgarligi talablarini hisobga olish. “Politexnik ta’lim” tushunchasini quyidagicha izoxlash mumkin. O’quvchilarga faqat politexnik bilim va malakalar beradigan alohida o’quv predmeti yo’q . O’quvchi maktabdagi barcha ta’lim-tarbiya vositalari, ayniqsa, grafik ta’lim orqali politexnik ma’lumotga ega bo’ladi.Ta’limdagi politexnik prinsip o’quvchilarni o’quv va mehnat faoliyati ob’ektlarining politexnik mazmuni hamda uning o’qtuvchi tomonidan ochib berilishi va o’quvchilarning qabul qilish tizimlarini ifodalaydi.

  5. Grafik ta’lim mazmunida bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun O’zbekistonning mustaqillik davri prinsiplaridan biri bo’lgan ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-nazariy meroslardan faxrlanish tuyg’ularini tarkib toptirishdan ibotat.

Binobarin, fan va madaniyatning mumtoz nomoyondalari qoldirgan ilmiy-nazariy meros bugungi va kelgusi avlod tafakkur doirasini kengaytirishga bevosita yordam beradi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan asosiy prinsiplardan tashqari quyidagi shart-sharoitlarga:

  • hozirgi zamon fan va texnikasi, ishlab chiqarish taraqqiyoti vazifalari bilan uzviy bog’langan asosiy yo’nalishlarni o’zida aks ettira oladigan bilimlar, ko’nikmalar va malakalar tizimi;

  • o’quv materiallari rivojlangan xorijiy mamlakatlar grafik ta’lim mazmuni tajribalariga mutanosibdir;

  • o’quv predmetini o’rganish uchun tanlangan mazmunning belgilangan vaqt doirasiga sig’ish;

  • grafik ta’lim mazmuning hozirgi va istiqboldagi maktablar moddiy-texnika hamda didaktik vosita imkoniyatlariga mos kelishga amal qilinishi lozim.

Grafik ta’lim hajmining majburiy minimumi umumiy o’rta ta’lim mazmuni minimumini ifodalaydi. Maktab grafik ta’lim me’yorlarini belgilashda bitiruvchilar texnikaviy grafikaning asoslaridan standart doirasida amaliy va nazariy ko’nikmalarga ega bo’lishlari nazarda tutilgan.
Chizmachilik darslarida fazoviy tasavvurlarning bundan keyin shakllanishida o’quvchilarning asosan rasm darslarida duch keladigan predmet shaklini ular tomonidan tushunilishidagi avval olgan tajribalari muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki bunda o’quvchilar oldiga: “Berilgan predmet qanday shaklga ega?”, “Predmentning eni balandligidan qancha ortiq?”, “Bu holda gorizont chizig’i qayerdan o’tadi?” va hokozo savollarni qo’ygan o’qituvchilargina yaxshi natijalarga erishadilar.
Tasviriy sa’nat darslarida o’quvchilar oldiga gorizont chizig’iga nisbatan ixtiyoriy vaziyatda joylashgan predmet hajmini tasvirlash bilan bog’liq bo’lgan yana ham murakkab masalalar qo’yiladi.
O’quvchilar mashqlar bajarish natijasida predmetning uch o’lchovi haqida biladilar, bu o’lchovlarning yo’nalishlarini tushuna boshlaydilar va predmetni turli nuqtai nazarda turlicha ko’rishga o’rganadilar. Shakli jihatdan turli geometrik jismlarga yaqin bo’lgan predmetlarning (masalan: olmani-sharga, kurishkani-silindrga va hokozo) rasmini solish, 8-sinfda parallelepiped, silindr, konus, prizma va shu kabi predmetlarni to’g’ri tushunib chizishga imkon beradi.
Tasviriy sa’nat va chizmachilik o’qtuvchisi o’quvchilarning boshlang’ich maktablarda eng oddiy geometrik shakllar bilan tanishtiradigan darslar qanchalik to’g’ri o’tilishini bilishi muhimdir. Tajribadan aniqlanganki, rasm va matematika darlarida o’quvchilar predmet shaklini turlicha ko’radilar va turlicha tasavvur qiladilar.
Boshlang’ich maktablarda fazoviy tasavvurning shakllantirish protsessi real predmetlarni va ularning tasavvurlarini kuzatish asosida o’quv materialini tushuntirishda va o’quvchilarning mustaqil amaliy ishlarida o’qituvchining og’izaki tavsifi natijasida ro’y beradi.
To’qqiz yillik maktablarda chizmachilikni o’qitish jarayonida rivojlantiriladigan fazoviy tushunchalarni hajmiy fazoviy predmet belgilari haqidagi tushunchalar deb hisoblash kerak. Asosiy geometrik jismlar haqida aniq va to’liq tasavvurga ega bo’lmagan o’quvchilar chizmalarni ongli ravishda tuzishga va ularni qiynalmasdan (erkin) o’qishga o’rganish mumkin emas. Holbuki o’quvchilar, agar geometrik jismlar texnik detalning tarkibiy qismidan iborat bo’lsa va ayniqsa, agar o’rganilayotgan buyum o’quvchilarga odatdan tashqaru holatda berilsa, bu geometrik jismlarni to’g’ri tekshirishni bilmaydilar va uni anglay olmaydilar.
Proyeksion chizmachilik o’qitishning birinchi bosqichlarida predmetning hajmiy formasini idrok qilish jarayonida o’quvchilar predmetining ba’zi elementlarining to’la (katta bo’lmagan teshiklarni, o’yiqlar, do’nglik va chuqurchalarni) payqamaydilar, predmetning umumiy formasini to’la ko’z oldilariga keltira olmaydilar, ya’ni predmetdagi geometrik jismlarning aniq kombinatsiyasini bilolmaydilar. Bundan shunday xulosa qilish mumkin: agar o’quvchilar bilan fazoviy tasavvurlarni shakllantirishga yo’naltirilgan ulkan va serdiqqat ish olib borilmasa, ular proyeksiyalash metodlarini egallay olmaydilar. Buning uchun turli hil mashqlar, birinchi galda hajmiy jismlar to’g’risida aniq bilim egallashga yordam beruvchi turli jismlarni geometrik tahlil qila bilishga o’rganuvchi mashqlar bajarish lozim. O’quvchilarni texnik detalni tashkil qiluvchi geometrik jismlarni va alohida elementlarini qismlarga ajratishga majbur etish bilan biz ularni kerakli umumiy xulosalar chiqarishga, detalning ayrim xususiyatlarini ko’rishga va shu bilan birga fazoviy tasavvurlani oshirishga o’rgatamiz.
O’quvchilar geometrik ko’rish malakasini qanchalik egalaganliklari va ularda geometrik jismlar haqida yetarli miqdorda tushuncha hosil bo’lgan, bo’lmaganini o’qituvchi kursining turli joylarida keltirilgan ko’pgina mashqlar yordamida tekshirish mumkin.
Har bir o’qtuvchi o’quvchilar uch proyeksiya tekisliklariga proyeksiyalanadigan geometrik jismlarning konturini fikran tasavvur qilishga to’g’ri kelganda qanday qiyinchiliklarga duch kelishlarini bir necha bor kuzatgan. Axir geometric jismning bu konturlari uchta tekis shakl (proyeksiya) ko’rinishida tasvirlanadi, shu bilan birga, bu amal o’quvchilardan ularga tanish bo’lgan jismlarni tekshirish jarayonini ikki marta qayta qurishni, shuningdek tasavvur obrazini yaratishni talab qiladi. O’quvchi juismni tahlil qilish va uning uch tasviri orasidagi munosabatni o’rnatishi zarur.
O’quvchilar uchun boshqa bir qiyinchilik uch yoqli burchak tekisliklarini, ayniqsa o’ng vertikal tekislikni fikran burishdan iborat; gorizontal tekislikni fikran burish, o’quvchilarga ancha tushunarli. Buni psixologlar tekislik joyini almashtirganda bu tekisliklardagi obraz osongina “yo’qaladi” deb tushuntiradilar.
Fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishda asosiy rolni chizmalarni o’qish jarayoni o’ynaydi. Shu bilan birga o’qituvchi chizmachilikda chizma birdan-bir maqsad emasligiga o’quvchilar e’tiborini jalb qilish kerak. U bizni o’rab turgan moddiy dunyoni o’rganish uchun zarur bo’lgan “qurol”dan iborat.
Tayyor chizmalarni doskadan yoki o’quv qo’llanmalaridan tushunmagan holda ko’chirishga chek qo’yilishi kerak. Chizmalarni o’qish va bajarish bo’yicha qilinadigan asosan mashina detallari, asboblar, qurilish birikmalari va shu kabi aniq predmetlar ustida olib borilsa ma’qul bo’ladi. Asosiy o’quvchilarning texnik detal shaklini tahlil qila bilishlariga qaratish kerak.
O’quvchilarga detalning konstruktiv xususiyatlarini tanishtiriah bilan birga, ularning diqqatini doshi detalning umumiy shakliga e’tibor berish bilan birga, uning ayrim elementlariga ham e’tibor berishga qaratish kerak. Chizmalarni o’qish bilan birga o’quvchilar detallarning geometrik shaklini ko’rishga o’rganishlari, ya’ni u yoki bu detalni chegaralovchi sirtlarni ajrata bilishlari kerak.
O’quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga va bilimlarni amaliy faoliyatining o’zgaradigan sharoitida qo’llanishlariga e’tibor berish kerak. Har qanday amaliy masalada o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantiruvchi, o’quvchilarning amaliy bilimlarini kengaytiruvchi, atrofimizdagi borliq fanlari haqidagi bilimlarni orttiruvchi, bilimga qiziqish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi va hokozo elementlar bo’lishi kerak. Ishga faqat mana shunday yondoshishgina o’quvchilar bilimida formalizmnit (asl ma’noni tushunmaslik) paydo bo’lishidan saqlaydigan ishonchli omil bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Chizmachilik darslarida o’quvchilarda mehnatga tayyorgarlik va mehnatsevarlik, maktab o’quv jihozlarini ehtiyot qilish, intizomni, sabotni, chidamlilikni, o’rtoqlik hissini, bilim va malakalarni egallashga qiziqish va intilish, o’qishda faollikni, bilimlardan hayotda va mehnatda oqilona foydalanish kerakligini uqtiradi. Shuningdek fazoviy tushuncha va fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish masalasi chizmachilik va tasviriy san’at kurslarini geometriya kursi bilan qo’l mehnat darslari bilan bog’laydi.



Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish