«umumkasbiy va iqtisodiy fanlar» kafedrasi metrologiya va standartlashtirish fanidan amaliy mashg



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana14.04.2023
Hajmi0,65 Mb.
#928135
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
BAXORGI Metrologiya va standartlashtirish AMALIY (6)

Nazorat savollar: 
1.
Standartlashtirish usullari deganda nimani tushunasiz? 
2.
Standartlashtirish ob’ektlarini tartiblashtirish -nima ? 
3.
Standartlashtirish ob’ektlarini tizimlashtirish-nima? 
4.
Standartlashtirish ob’ektlarini seleksiyalash-nima? 


28 
5.
Simplifikatsiya nima?. 
4-Amaliy mashg’ulot 
 
Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash. 
 
 Maqsad: 
Standartlashtirish va kodlash jarayonlarini o’rganish. 
 
Reja: 
1. Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi. 
2. Mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash. 
3. QR kodlar yaratilishi. 
Mahsulot sifati va sifat boshqaruvi 
Belgilangan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini 
tanlash, bu ko‘rsatkichlarining qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo‘luvchi 
qiymatlar bilan taqqoslashni o‘z ichiga oluvchi ishlarning yig‘indisi mahsulot 
sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini 
baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo‘linadi: 

foydalanishda sarflanadigan mahsulot; 

o‘z resursini sarflaydigan mahsulot. 
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni 
asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi: 

mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarini va vazifasini; 

iste’molchilar talablarining tahlilini; 

mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini; 

sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan asosiy talablarni. 
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish mumkin: 

texnikaviy; 

tashkiliy; 

iqtisodiy; 

ijtimoiy. 
Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning hamda 
nazorat vositalarining, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, 
yarimfabrikat-larning sifati va shunga o‘xshashlar kiradi. 
Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va 
uskunalarni ta’mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, 


29 
asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta’minlanganligi, 
ishlab chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish 
va ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi. 
Iqtisodiy omillarga mehnatga pul to‘lash shakllari, oylik maoshning 
miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy rag‘batlantirish; 
mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish; uning sifat 
darajasi; tannarxi; mahsulotning bahosi va shunga o‘xshashlar kiradi. 
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish; malaka 
oshirishni tashkil qilish; ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni 
tashkil etish, turmush sharoitlari, o‘zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik 
iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi. 
 
Sifat xalqasi modeli 
1 Marketing, mahsulotning bozorgirligini o‘rganish, izlanish olib borish 
2 Loyihalash va texnik talablarni ishlab chiqish 
2 Moddiy texnik ta’minot 
3 Texnologik jarayonni tayyorlash va ishlab chiqish 
4 Mahsulotni ishlab chiqarish 
5 Mahsulotni sinash va nazorat qilish 
6 Mahsulotni qadoqlash (upakovka) va saqlash 
7 Mahsulotni taqsimlash va sotish 
8 Montaj va ekspluatatsiya qilish 
9 Xizmat qilishda texnik yordam ko‘rsatish 
10 Chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish. 
Mahsulot sifatining tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida: 
tadqiqot va loyihalash ishlarida; ishlab chiqarishda; muomalada; iste’molda 
yoki ishlatishida namoyon bo‘ladi. 


30 
Tadqiqot va loyihalash ishlari mahsulotning sifatini oshirilishida 
belgilovchi o‘rinni egallaydi. Bu bosqich sifatni tashkil topishining 
boshlanishi hisoblanib, bunga ilmiy-texnika taraqqiyotining qo‘llanishi 
natijasida hamda meyoriy hujjatlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun uni 
muomalada, iste’molga yoki ishlatilishiga belgilangan iqtisodiy 
ko‘rsatkichlariga rioya qilgan holda tayyorlash natijasida erishiladi. Bu 
bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 

andozalar, sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan namunalarga 
yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va boshqa 
ishlarni bajarish; 

meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish; 

standartlarga rioya qilinishida o‘z-o‘zini nazorat qilishini 

amalga oshirish; 

mahsulot sifatining darajasini istiqbollash va meyorlash; 

mahsulot sifatini rejalangan darajasiga erishish, turli usullarni 
tayyorlash choralarini joriy qilish, sinash va nazoratga yo‘naltirilgan 
konstruktorlik va texnologik tadbirlarni ishlab chiqish; 

bizda va xorijda chiqarilayotgan shu xildagi mahsulot sifati haqidagi 
axborotni tahlil qilish; 

mahsulot sifatining ko‘rsatkichlarini va shuningdek sifat darajasini 
baholashni tasniflash va aniqlash. 
Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ishlab chiqish bosqichida 
texnikaviy darajani rivojlanishini doimo yuqori sur’atlarda bo‘lishini 
ta’minlaydi. 
Murakkab va mas’uliyatli buyumlar uchun ishlab chiqishda sifatni 
boshqarish jarayonida maxsus ish rejalari tuziladi. Maxsus konstruktorlik 
ilmiy-tadqiqot 
yoki 
loyihalash 
institutlarida, 
sanoat 
korxonalarida 
konstruktorlik texnologik bo‘lim (byuro) larda yangi mahsulot namunalarini 
ishlab chiqish mumkin. Bunda asosiy e’tibor ushbu buyum namunasi 
haqiqatdan yangi bo‘lishligiga yoki ishlab chiqarishdagi buyumlarni 
takomillashganligiga qaratiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida optimal texnologik 
jarayonlarni tanlash qiyin va u ma’suliyatli vazifa, chunki bu bosqichda 
doimiy texnologiyaning qiyinlashishi hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini yaxshilash zaruriyati bo‘ladi. Tayyorlash bosqichida 
mahsulot sifatini oshirish korxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 


31 
Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida esa quyidagi tadbirlar amalga 
oshirilishi mo‘ljallanadi: 
mahsulotni bevosita tayyorlash; 
uskunalarning, jihozlarning, nazorat o‘lchash texnikasining sifatini 
kerakli darajada bo‘lishini ta’minlash va nazorat qilish; 
mahsulot sifatini oshirish, yaroqsizlikni oldini olish, meyoriy hujjatlarga 
mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarish sabablarini bartaraf qilish 
tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirish; 
meyoriy hujjatlarni joriy qilish va ularga qat’iy rioya qilish; 
korxonaga 
tushayotgan 
xom 
ashyoning, 
materiallarning, 
yarimfabrikatlarning komplektlanuvchi buyumlarning kirishdagi nazoratini 
o‘rnatish; 
chiqarilayotgan mahsulotning ish bajarishdagi, qabuldagi va sinashdagi 
nazoratini o‘rnatish; 
tekshiruvchan nazoratga, meyoriy hujjatlarga rioya qilish; 
ishlatilish bosqichidagi mahsulotning sifati haqidagi axborotni yig‘ish va 
to‘plash, uning yaroqsizligini, u haqidagi shikoyatlarni hisobga olish va tahlil 
qilish; 
xom ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, komplektlanuvchi buyumlarni 
va tayyor mahsulotni omborlarda, korxona ichidagi transportlarda meyoriy 
hujjatlarning talablariga binoan olib yurilishini ta’minlash va nazorat qilish; 
belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqazishda korxonaning 
xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish. 
Ishlab chiqarish birlashmalarida, korxonalarda ishlab chiqarish 
bosqichida qo‘yilgan maqsadlarga va vazifalarga erishishda mahsulot sifatini 
boshqarish tizimlari ta’minlaydi. 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish