Purkash ni i l g a r i l a t i s h burchagi alangalanishning kechikish davri davomiyligini va ushbu davrda purkalgan yonilg'i qismini anchaga o'zgarishini belgilaydi, bu diffuzion yonish davomiyligiga ta’sir qiladi. Masalan, agar 6\ qisqarsa, tez yonish fazasini boshla- nishigacha purkalgan yonilg'i (A^) n>
Ishlash rejimi. Dizelning yuklamasini ortishida (pe > 0,4...0,5MPa) aralashma quyuqlashadi va yonish to'liqligi yomonlashadi, shuning uchun CO otqini ko'payadi va IG ni tutab chiqishi keskin ortadi (6.14-a rasm). Kam va o'rtacha yuklamalar doirasida harorat omili NOx ni hosil bo'lish jarayonida aniqlovchi bo'lib hisoblanadi, faqat sikllik yonilg'i uzatilishi ko'p bo'lganda NOx chiqishini o'sishi se- kinlashadi yoki yonish kamerasida yerkin kislorodni deyarli mavjud bo'lmagan ancha hajmini paydo bo'lishi tufayli to'xtab qolishi ham mumkin. Aylanishlar chastotasini « = 2000 m i n -1 gacha ortishida aralashma hosil bo'Iishini yaxshilanishi ishlatilgan gazlarni tutab chiqishini pasayishiga olib keladi, biroq /j> 2 0 0 0 m i n _l bo'lganda yonilg'ini yonish vaqtini qisqarishi ta’sirini ustivorligi tutab chiqishini yana birmunchaga orttiradi. NOx, CO va CH larning hosil bo'lishiga aylanishlar chastotasi kam ta’sir qiladi (6.14-b rasm). Yonish kamerasi porshenda joylashgan dizellarda past aylanishlar chastotasida IG ni tutab chiqishi nominal rejimdagiga qaraganda 1,5...2 martaga ortadi. Bu aylanishlar chastotasini pasayishida yonilg'i to'zitilishi, yonilg'ini havo bilan aralashishini yomonlashishi va yonish kamerasining o'ta quyuq
Dizellarning ekologik ko'rsatkichlarini yaxshilashdagi muhim ahamiyati va bir vaqtning o'zida qiyinchiliklari IG ning NOx otqinini va tutab chiqishi (qattiq zarrachalar)ni kamaytirish bilan bog'liq. IG zaharliligini va tutab chiqishini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlar tavsiya etiladi. Aralashma hosil qilish va yonish jarayonlarini ta- komillashtiri sh. Ushbu usulni afzalligi IG tutab chiqishi va ulardagi CO va CH miqdorlarni kamayishi bilan bir vaqtda dvigatelning quvvat va tejamkorlik ko'rsatkichlarini yaxshilanishi hisoblanadi. Biroq yonish jadalligi NOx miqdorini ko'payishiga olib keladi. Dizelning IG zaharliligini kamaytirish uchun alangalanishni kechikish davrini qisqartirish va ushbu davrda yonilg'ining asosiy qismini purkash kerak, bunda yonishni ikkinchi faza davomida katta bo'lmagan tezlikda va yakunlovchi fazalarda iloji boricha yuqoriroq jadallikda ro'y berishiga intilish lozim.
IG zaharliligini sezilarli darajada kamayishini dizelda bosim ostida kiritishni qo'llash bilan aralashmani taxminan amin = 2 gacha suyuqlashishida olish mumkin. YonilgM va qo ‘shil malar. YonilgMning setan sonini ortishi zaharli tashkil etuvchilarni va tutab chiqishni hosil boMishiga murakkab tarzda ta’sir qiladigan alangalanishni kechikish davrini, bikrli ishlashini va yonishni eng yuqori bosimini kamaytiradi. Setan sonini kichik va o'rtacha yuklamalarda ortishi NOx\a CH otqinlarini kamayishiga, katta yuklamalarda esa (ayrim holatlarda) IG ni tutab chiqishini ko'payishiga yordam beradi. Yonilg'ida yengil fraksiyalar qancha ko‘p boMsa, uni bugManishi shuncha yaxshi boMib, yonish kamerasidagi aralashma tarkibini bir jinsliroq boMishiga, IG ni tutab chiqishini va ulardagi NOx miqdorini kamayishiga olib keladi. Dizel yonilgMsiga, masalan bariy, marganes va tetraetilqo‘rg‘oshin asosidagi tutab chiqishga qarshi qo‘shilmalaridan 1 % gacha miqdorda qo'shil- sa, katta yuklanishlarda IG ni tutab chiqishini va ulardagi aldegid va benzpi- renlami birmunchaga kamaytirishga imkon beradi. Dizel yonilgMsiga qo'shilma sifatida spirtlardan foydalanilsa, bir vaqtning o‘zida NOx va CO otqinlarini kamayishi bilan birgalikda IG tutab chiqishini anchaga pasayishi kuzatiladi. Biroq bunda CH otqini yuqori darajada ko‘payadi. Gaz-dizel kam va o'rtacha yuklamalarda ishlaganda, ya’ni suyultirilgan gaz-havo aralashmasidan foydalanilganda C# va CO otqinlari ko'payadi. To'liq yuklamalarda NOx otqinini ko'payishi kuzatilishi mumkin. Suyuq yonilg'ini zapal dozasini ortishida CH va N0x otqinlar kamayadi. Gaz-dizelni tutab chiqishi dizelga nisbatan sezilarli darajada kam. Dizelning texnik holati. IG ning tutab chiqishini va zaharliligini jadalligi yonilg'i uzatish apparatlarini texnik holatiga va rostlanishiga ko'proq bog'liq. To'zitkichdan yonilg'ini oqib tushishiga, purkashni boshlanish bosimini noto'g'ri rostlanishiga, to'zitkich ignasini osilib qolishiga va boshqalarga yo'l qo'yib bo'lmaydi. To'zitkichning issiqlik holati katta ahamiyatga ega. To'zitkichni 180...200°C dan yuqori qizishi uni koksalanishiga, purkash tavsifini buzilishiga, ayrim to'zitish teshiklari orqali yonilg'i uzatilishini bir xilligini yomonlashishiga olib keladi. Bu holatda ishlatilgan gazlar tutab chiqishi va zaharliligi ko'payadi. Havo filtrni ifloslanishida yoki klapanlar zichligini yo'qolishida silindrlar to'lishini va kompressiyani kamayishi natijasida ishlatilgan gazlar zaharliligi ortishi mumkin. Yeyilgan dizelning silindr devori yaqini doirasiga moy zarrachalari tushib zaharliligi yuqori bo'lgan benzpirenni 8... 10 martaga oshiradi. Dizeldan to'g'ri foydalanish, ya’ni uni yaxshi texnik holatda ushlab turish va IG ni tutab chiqishi va zaharliligini muntazam ravishda nazorat qilib turish bilan birgalikda yonilg'i apparati rostlanishini barqarorligini saqlash zaharli moddalaming umumiy otqinini 30...40% ga kamaytirishga imkon beradi. IGni retsirkulatsiyasi kichik va o'rtacha yuklamalarda samaraliroq hisoblanadi, lekin yonish kamerasi porshenda bo'lgan dizellarda samaradorlik ajratilgan kamerali dizellarga qaraganda yuqori bo'ladi. Katta yuklamalarda IG ni retsirkulatsiyalash indikator FIK ni kamaytiradi va CO otqinini
ko'paytiradi. NOx ni chiqishini kamayishiga dizelning kiritish o'tkazuvchi quvuriga yoki silindriga suvni uzatish bilan ta’sir qilish IG ni retsirkulatsiyasiga o'xshash bo'ladi. Silindrga uzatishda suv yonilg'i bilan alohida-alohida yoki suv-yonilg'i emulsiyasi ko'rinishida purkalishi mumkin. 30% miqdorda (massa bo'yicha) suv qo'shilganda NOx ning qiymati 2,5 martaga kamayadi. Bir vaqtning o'zida CO otqini va ishlatilgan gazlarni tutab chiqishi kamayadi. NOx ni hosil bo'Iishini yo'qotish uchun suvni qo'shish, uni muzlashi, zanglashi va ayrim detallarni yeyilishi mumkinligi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklaiga olib keladi. IGni katalitik neytrallash. Oksidlovchi katalitik neytrallagichlarda dizelning IG oksidlanish reaksiyasi kechishini tezlashtiradigan, ya’ni CO va CH lami C02 va H2 О larga aylantiradigan katalizator qatlamidan o'tadi. IG ni 300°C dan ortiq bo'lgan haroratida katalitik neytrallash natijasida CO ning miqdori 85...90%, CH esa — 75...80% ga kamayadi. IG ning past haroratida (300°C dan kam bo'lgan) katalitik neytrallagichlami samaradorli- gi yuqori emas. IG da kislorodni mavjud bo'lishi tufayli uch tashkil etuvchili katalitik neytrallagichni NOx otqinini kamaytirish uchun foydalanishga imkoni yo'q. T о z a 1 a g i с h 1 a г (filtr la r ), q u r u m v a q a t t i q z a r r a c h a l a r n i n g t u t k i c h l a r i dizelning IG ni tutab chiqishini kamaytiradigan samarali vosita hisoblanadi. Filtriarda qurum va qattiq zarTachalar IG ni tozalash elementlari orqali o'tishida yoki ularni markazdan qochirma kuch ta’sirida mexanik ravishdagi yo'l bilan tutib qolinadi. Maxsus tutkichlarda markazdan qochma kuch ta’sirida mexanik ravishdagi usul bilan birgalikda eiektrostatik maydon hosil qilinadi. Filtrlami qurumdan tozalash uchun uni kuydirishni ta’minlaydigan maxsus yondirgichlardan foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Двигатели внутреннего сгорания. У стройство и работа поршневы) и комбинированных двигателей/. П од ред. А. С. Орлина, М. Г. Круглова. - М.: «М аш иностроение», 1980, 288 стр.
Двигатели внутреннего сгорания/. П од ред. В.Н . Луканина. — М.: «Высшая школа», 1985, 311 стр
http://ndsm. ru/dvigatel-nissan
Do'stlaringiz bilan baham: |