Tuzilishiga ko’ra elektron nashrlar bir tomli (bitta axborot tashuvchida joylashtirilgan) va ko’p tomli (har bittasi alohida axborot tashuvchiga joylashtirilgan nomerlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil elektron nashrlar), shunigdek, bir xil formatda chiqariluvchi bir necha tomlarning majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham mavjud.
Materialni bayon etish shakliga ko’ra elektron o’quv nashrlar konveksion (ta’limning axborot berish funksiyasi), dasturiy (dasturlash vositalari yordamida yaratilgan), muammoli (muammoli o’qitish nazariyasiga asoslangan va mantiqiy fikrlashni rivojlantiuvchi) va universal (sanab o’tilgan modellarning alohida elementlarini saqlovchi) turlarga bo’linadi. Maqsadiga ko’ra elektron o’quv nashrlar beshta asosiy guruxga bo’linadi: maktab o’quvchilari uchun, bakalavrlar uchun, mutaxassislar uchun, magistrlar uchun, boshqalar uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |