Negativ guruhlar - shundayki, shaxs ularning hatti - harakatlaridan ataylab voz kechadi, chunki ular shaxsiy qarashlardan mutloq farq qiladi. Masalan, ikki qo’shni bir - biri bilan murosalari kelishmasa, hattoki, devorlarini oqlashda ham biri tanlagan rangni ikkinchisi tanlamaydi. Biri «oq» desa, ikkinchisi - aksincha, «qora» deb turaveradi.
4.2. Guruhlarning turlari.
Kundalik hayotda shaxs muloqotda bo’ladigan, vaqtini birgalikda o’tkazadilar kishilar guruhi ham turli xil bo’ladi. Masalan, agar odamlar kuchada tasodifiy hodisani tomoshabini bo’lib turishgan bo’lsa, ularni psixologiya tilida guruh emas, agregastiya(olomon) deb atashadi. haqiqiy guruh uchun o’sha odamlarning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir - birlariga ta’sir ko’rsatish imkoniyati bo’lishi kerak. Amerikalik psixolog Ch. Kuli hamkorlikning darajasi mezoniga ko’ra guruhlarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo’lib o’rganishni taqlif etgan edi. Birlamchi guruhda shaxslararo o’zaro ta’sir «yuzma - yuz, bevosita» ro’y beradi. Masalan, oila davrasidagi, sinfdagi, hisobchilar xonasida o’tirganlar birlamchi guruhga misoldir.
Ikqilamchi guruhlarda har doim ham odamlarning bevosita muloqotda bo’lish imkoniyatlari bo’lmaydi. Ular o’rtasidagi munosabat va o’zaro ta’sir bilvosita bo’ladi. Masalan, yirik bir tashkilotdagi tizimlar orqali mulokat, kasaba uyushmasiga birlashgan odamlar, «Vatan» taraqqiyoti partiyasi a’zolarining bog’liqligi ikqilamchi guruhga misol. Ularda ham umumiylik bo’ladi, masalan, o’sha partiyani oladigan bo’lsak, ular Qashqadaryoda bo’ladimi, Fargonadami, baribir umumiy g’oya atrofida birlashishadi, a’zolik badallarini vaqtida tulab turishadi, saylov oldi kompaniyalarida bir - birlarini qo’llab - quvvatlab turadilar.
Ko’pincha guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga ham bo’lib o’rganishadi. Rasmiy guruhdagi munosabatlar rasmiy normalar va huquq burchlar tizimi bilan belgilangan bo’ladi. Masalan, guruhda boshliq bilan xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlovchi guruh rasmiy bo’lsa, norasmiy - ichki, bevosita psixologik munosabatlarni ta’minlovchi guruh hisoblanadi. Masalan, do’stlar guruhi, yoki o’quvchilar guruhidagi barcha qizlarning tanaffus paytidagi muloqoti guruhi.
Turli guruhlar inson hayotida bir necha funkstiyalarni bajaradilar: a) ijtimoliylashtiruvchi funkstiya; b) instrumental, ya’ni, aniq mehnat funkstiyalarni amalga oshirishga imkon beruvchi muhit; v) ekspressiv - odamlarning o’zgalarning tan olishlari, hurmatga sazovor bo’lish, ishonch kozonishini ta’minlash; g) qo’llab - quvvatlash, ya’ni, qiyin paytlarda, muammolar paydo bo’lganda odamlarni birlashtirish funkstiyasi.
R.S.Nemov kichik ijtimoiy guruhlarning quyidagi klassifikastiyasini taqlif etgan. (7 - rasm)
-
Do'stlaringiz bilan baham: |