Umumiy yer bilimi


Ko`llarning suv rejim xususiyati



Download 1,18 Mb.
bet4/11
Sana29.03.2022
Hajmi1,18 Mb.
#515256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ko\'llar va suv omborlari

Ko`llarning suv rejim xususiyati.
Ko’llar rejimi. Ko’ldagi suvning kelimi va ketimi, ko’l sathi-ning tebranishi, suv massasining tarkibidagi o’zgarishlar,ko’l oqimi va suvning boshqa xil harakatlari hammasi birgalikda ko’l rejimini belgilaydi.
Suvning kelimi va sarfi rejimiga ko’ra ko’llar quyidagi gruppalarga bo’linadi.

  1. Yaxshi oqar ko’llar. Bunday ko’llarga bir yoki bir necha daryo
    quyilib, ulardan bitta daryo oqib chiqadi. Yaxshi oqar ko’llarda suv
    doimo almashib turadi. Yaxshi oqar ko’llar atmosfera namlanishi or-
    tiqcha bo’lgan zonalarda joylashgan bo’ladi.

  2. Yomon oquvchi va vaqt-vaqti bilan oquvchi ko’llar. Ularga ham daryolar kelib quyiladi, biroq daryo oqimi yoki kam, yoki vaqt-vaqti bi-
    .lan bo’ladi. Bunday ko’llar namlanishi etarli bo’lmagan zonalarda
    joylashgan.

  1. Oqmas ko’llar. Oqmas ko’llar chala cho’l va cho’l zonalarida pay-
    do bo’ladi. Namlanishi ortiqcha bo’lgan o’lkalardan boshlanadigan daryo-
    lar arid (qurg’oqchil zonaga o’tgach, eng yaqin kotlovinaga borib quyi-
    ladi va kotlovinani daryodan kelgan suv bilan yog’in suvlari (ko’lning
    suv kirimi) miqdori bug’lanishga sarf bo’lgan suv miqdoriga teng bo’l-
    gan darajagacha to’ldiradi. Demak, oqmas ko’llarga bir yoki bir necha
    daryo kelib quyilib, undan bironta ham daryo oqib chiqmaydi.

  2. Berk havzalar. Berk havzalarga daryo kelib quyilmaydi va
    undan daryo oqib chiqmaydi, ular yomg’ir, qor va grunt suvlaridan to’-
    yinadi; suv bug’lanishga va grunt oqimiga sarf bo’ladi. Tundra, tayga
    va dasht zonalaridagi, tog’larda alp mintaqasi o’tloqlaridagi, kra-
    terlardagi va yassi tog’liklardagi kichik-kichik ko’llar berk ko’llardir.

Karst ko’llari bu gruppalarning hech qaysisiga kirmaydi. Ular yog’inlar va oqar suvlardangina emas, kuchli er osti suv oqimlaridan ham to’yinadi. Suvi asosan er osti bo’shliqlariga oqib ketishga sarf bo’ladi. Shu sababli karst ko’llarining suv massasi davriy va nodav-riy ravishda keskin o’zgarib turadi. Vaqt-vaqti bilan suvi yo’qolib, tagi ochilib qoladigan karst ko’llari ham ko’p.
Ko’llarning yillik o’rtacha suv almashinish qatlami oqmas ko’llarda — 1 m, yomon oqadigan ko’llarda 1,5 m, yaxshi oqadigan ko’llarda esa 3 m gacha bo’ladi. Urtacha yillik suv almashinish qatlamining qalinli-gi ko’p jihatdan ko’l kotlovinasining morfologik xususiyatlariga bog’liq; o’rtacha yillik suv almashinishi qatlamining qalingi Michigan ko’lida 2088 sm, Ontarioda U920 sm, Onegada 2093 sm, Ilmenda 13440 sm, Baykalda 22'28 sm bo’lsa, ekvatorial kengliklardagi barcha ko’llarda bu qatlamning qa-linligi 2,0—2,5 m ga teng.
Ko’llar sathining tebra-nishlari (ko’tarilib-pasayish-lari) mavsumiy va ko’p yillik bo’ladi. Mavsumiy tebranish-lar yog’inlarning yillik reji-miga va mumkin bo’lgan bug’la-nishga bog’liq bo’lib, ko’p yil-lik tebranishlar fonida ro’y beradi. Ko’l suvi sathining ko’p yillik tebranishlari esa iqlimiy o’zgarishlarga, aniq-rog’i — yog’inlarni;ng ko’p yillik rejimiga bog’liq. Bundan tashqari ko’l suvn sathining
ma^vsumiy va yillik tebranish amplitudalari ko’l kotlovina-sining kattalignga, chuqurligi-ga hamda suv massasining re-jimiga ham bog’liqdir.
Arid zonalarning ko’llari satxi yil davomida ham, ko’p yillar davomida ham hammadan ko’p o’zgarib turadi. Ular asosan daryo suvla-rini olib, suvini faqat bug’lanishga sarf qilgani uchun yog’inlar va mumkia bo’lgan bug’lanish ular suv sathida darhrl aks etadi.
Ko’l suvining sathiga qarab maydoni ham keskin o’zgarib turadi. Avstraliyadagi dengiz sathidan 12 m pastdagi botiqda joylashgan Eyr ko’li sernam kelgan yillarning yomg’irgarchilik mavsumida may-doni 15000 km2 gacha etadigan ulkan suv havzasiga aylanadi, qurg’oqchil yillarning quruq mavsumida esa, ko’l suvi uning janubiy qismidagi ba’zi qo’ltiqlardagina saqlanib qoladi. Avstraliyadagi arid o’lka-larning boshqa ko’llari rejimi ham mana shunday Afrikadagi Chad ko’lining maydoni kam suv yillardagi qurg’oqchsht fasllarda 12000 km2 dan ortmaydi, seryog’in yillar esa 26000 km2 gacha kattalashadi.
Kaspiy dengizining sathi so’nggi o’n yillar davomida pasaymoqda. Uning sathi 1880 yildan 1930 yilgacha 1 m, 1930 yildan 1960 yilgacha esa^Z m pasaygan. Bu yillar davomida maydoni 30000 km2 qisqargan. Kaydak, Komsomolest, Xasanquli kabi ba’zi qo’ltiqlari qurib qoldi yoki qisqardi, orollar maydoni ikki-uch baravar kattalashdi, ba’zi orollar yarim orollarga aylandi (Cheleken, Dolgiy va boshqalar) (101- rasm). Kaspiy sathining hozirgi pasayishi tarixda ham xuddi shu xilda bo’lib kelgan emas; Kavkaz qyarg’oq bo’ylarida Kaspiyning hozirgi suv sathidan pastda port inshootlari bor; bu esa Kaspiy dengizi sathi bir vaqtlar hozirgidan ham past bo’lganligini ko’rsatadi,

>

shundan so’ng suv sathi ko’tarila bor-gan va nihoyat hozirgi pasayish bilan almashgan. Kaspiy dengiz suv hajmi-ning o’zgarishi unga quyiluvchi daryo havzasidagi iq-limning tebranishi bilan bog’liq. Gid-rokratik o’zgarishlar, geokratik o’zgarishlar, ya’ni ko’l tagi va qirg’oqlari-ning tebranishlari bilan bir vaqtda ro’y berayotgan bo’lishi ham mumkin.
Balxash ko’li sathining ko’p yil-lik tebranishlari 3 m ra etadi. G’ar-biy Xitoydagi Lobnor ko’li o’rnini o’zgartirib turadi, bunda uning may-doni va suv sathi ham o’zgaradi. Utgan asr oxirida Chani ko’lidan g’arbda Che-bakli va Abishkan nomli qo’shaloq ko’l bo’lgan; hozir ular o’rnida ,bir-biri-dan ancha narida joylashgan kichik-kichik ko’llargina qolgan.
Ko’llar sathining o’zgarishi faqat davriymi yoki bu o’zgarish bir tomonlama bo’lib, ko’llar qurib (qisqarib) bormoqdami, degan masala hanuz hal qilingan emas. Stiklli tebranishlarning borligiga shubha yo’q. Ko’llar suvining tobora kamayib borayotganligi masalasi munoza-rali masaladir.
Namlanish ortiqcha bo’lgan zonalardagi oqar ko’llar sathining tebranishi uncha katta emas va ko’llar maydoni qancha katta bo’lsa» tebranishi shuncha kamdir. Baykal, Onega va Ladoga, Amerika Buyuk ko’llarida, Viktoriya va Tanganikada suv sathining tebranishi 1 jdan ortmaydi. Emon (sust) oqadigan ko’llar sathi xiyla ko’proq o’zgaradi, chunonchi Balaton ko’lida bu o’zgarish 1,5 m ga teng.
Mo’’tadil mintaqadagi katta, biroq sayoz ko’llar sathi va yuzasi
maydonining asriyo’zgarishlari ham katta. Ilmen ko’lining maksimal
chuqurligi 2 m dan 10 m gacha, maydoni esa 659 km2 dan 2230 km3 gacha
o’zgarib turadi. Beloe ko’lining maydoni 1220 km2 dan 1370 km2 gacha o’z-
garadi. Ko’llarning ximik rejimi. Ko’llar suvda erigan modda-larning sifati va miqdoriga qarab chuchuk, sho’rtob va sho’r bo’ladi.
Sho’rligi 3%o bo’lgan miqdor chuchuk ko’llar bilan sho’rtob ko’llar o’rtasidagi chegara deb qabul qilingan. Sho’rtob ko’llardan farq qi-lib, suvdagi tuzlar konstentrastiyasi 24,695%0 bo’lgan ko’llar sho’r ko’llar deyiladi. Sho’rligi 24,695 %0 bo’lganda suvning muzlash temperaturasi suvning eng zichligidagi temperaturaga tengdir.
Ko’llar suvining mineralizastiyasi prostessida joyning namlanishi va litologiyasi eng katta ahamiyatga ega. Namlanishi ortiqcha bo’lgan tabiat zonalaridagi ko’llar oqar ko’llardir, ularning suv mas-sasi uzluksiz almashinib turadi, shuning uchun ularning suvi chuchuk bo’ladi. Bu zonalardagi ko’llarning ximik rejimi ham minerallashma-gan grunt, botqoqlik va tuproq suvlarining, shuningdek shu suv havza-sida yashovchi organizmlarning ta’siriga bog’liq.
Shunday iqlim sharoitida, biroq karbonatli gruntda joylashgan ko’llarning suv tarkibi bir oz boshqacha bo’ladi. Tog’ jinslari va tuproqlarning kalstiyga boyligi grunt, daryo va ko’l suvlarining nis-batan kuchli minerallashishiga, ularning «qattiq» va ishqoriy reakstiya-li bo’lishiga sabab bo’ladi. Tuzli qatlamlar er betiga yaqin joylash-gan erlarda sho’r ko’llar ham hosil bo’ladi; masalan, Pinega daryosi havzasidagi Kuloy ko’llari mana shunday sho’r ko’llardir. Vestfaliyada-gi ko’llar bilan Lotaringiya botqoqliklari suvining sho’r zkanligi sho’r grunt suvining kelib quyilishi bilan bog’liq.
Dasht, chala cho’l va qisman savanna zonalarida namlanish etarli emas, bu erlarda oqmas ko’llar hosil bo’lib, ularning suv sarfida suv yuzasidan bug’lanish ustun turadi. Faqat chuchuk suv bug’lanishi, ko’lga kelib quyiluvchi daryolar, ayniqsa grunt suvlari tarkibida esa har doim tuzlar bo’lishi sababli ko’l suvlari asta-sekin sho’rlanib boradi.
Bir zonada joylashgan suv havzasining qay darajada sho’rlanishi shu suv havzasining yoshi va kotlovinasining morfologiyasiga bog’liq. G’arbiy Sibir dashtlarida sho’r ko’llar ham, chuchuk ko’llar ham bor. Sho’r ko’llar katta-katta kotlovinalarni egallagan bo’lib, muzliklar-dan keyingi butun vaqt davomida mavjud. Chuchuk ko’llar yosh. Balxash ko’lining sho’rligi o’ziga xos: Ili daryosi kelib quyiladigan g’arbiy qismida ko’l suvi chuchuk, sharqiy—daryolar kelib quyilmaydigan qis-mida sho’rtobdir.
Joyning geologik tuzilishi va ko’llar kotlovinalari morfolo-giyasi ba’zan ko’ldan suv oqib chiqishi uchun alohida sharoit yaratadi. Masalan, Chad ko’li chala cho’lda bo’listshga qaramey, undan er osti suvlari oqimi bo’lganligi sababli suvi chuchukdir. Kaspiy dengizi suvlari Qorabo’g’ozgo’l qo’ltig’iga oqib kirishi sababli ancha chuchuk-lashadi; buning lisobiga Qorabo’g’ozgo’l suvidagi tuzlar (mirabilit yoki glauber tuzi — Na2SO4-10N2O) konstentrastiyasi ortadi. Kildin orolidagi na^mligi ortiqcha zonada joylashgan Mogilnoe (Qabr) ko’li 5 m dan chuqurda sho’r suvga ega. Bu sho’r suvning bo’lishiga sabab ko’l va dengiz orasidagi qum-shag’allardan tarkib topgan bo’yindan dengiz suvining sizilib o’tishidir.
Ko’llar suvidagi tuzlar tarkibi, shuningdek tuzning tez yoki sekin to’plnishi gruntlarning sho’rlshiga bog’liq.
Juda sho’r ko’llarda (Elton, Eosqunchoq, O’lik dengiz, Katta sho’rko’l va ko’pdan-ko’p boshqa ko’llarda) xloridlar (NaCl, MgCl2) eng ko’p. Sodali ko’llarda NaCl dan tashqari soda (Na2SO4) va natriy sulfat (Na2SO4) bo’ladi. Van ko’li va G’arbiy Sibir xamda Zabay-kale dashtlaridagi bir qancha ko’ll&r sodali ko’llarga misol bo’ladi. Borli ko’llar suvi tarkibida yuqorida aytilgan tuzlardan tashqari bor (Na2B4O7- 10H2Q) ham bo’ladi. Borli ko’llar Tibet, Qoliforniya va Nevadada uchraydi.
Yil davomidl suvi qurimaydigan sho’r ko’llar rapali ko’llar deyiladi (rapa—eritma demakdir). Tuz cho’kadigan ko’llar o’zi cho’kar ko’-llar, tagida doimiy tuz qatlami bo’lgan ko’llar tagi tuzli ko’llar deyiladi.
Chuchuk va sho’rtob suv havzalarining o’simliklari uchun ozuqa tuzlar katta ahamiyatga ega. Ular tuproq unumdorligi kabi, suv unum-dorligini ta’minlab turadi. Usimliklar oziqlanadigan tuzlarning ko’pchiligi suvda juda mo’l bo’ladi. Azot va fosfor birikmalarigina suvda cheklangan bo’ladi. Azot suvdagi mikroorgannzmlar bilan biri-kishi natijasida nitratlar vujudga keladi. Suvning ustki qatlam-larida nitratlar organizmlarga uzluksiz yutilishi, organizmlar esa nobud bo’lgach, suv tagiga cho’kishi sababli qancha chuqurlikka tushilsa, nitratlar miqdori shuncha orta boradi. Ko’llar suvining bahorgi ver-tikal aralashuvi suvning yuqori qatlamlarini azot bilan boyitib, suv unumdorligini oshiradi. Fosfatlar nitratlar singari chuqur qatlamlarda to’planadi, fotosintez bo’ladigan yuqori qatlamda esa o’simliklar vegetastiyasi vaqtida bu moddalar to’la o’zlashtiriladi.
Shunday qilib, ko’l suvining ozuqa moddalarga boyligi va unum-dorligi suvning vertikal stirkulyastiyasiga bog’liq. Stirkulyastiya chuchuk va sho’rtob ko’llarda kuchli, sho’r ko’llarda esa juda sust bo’ladi. Bu bilan chuchuk ko’llar bilan sho’r ko’llar hayot sharoitidagi tafovut ku-chayadi.
Suz havzaag’shshg atrofidagi territoriya bilan aloqasi ham bundan kam ahamiyatga ega emas; nitratlar ham, fosfatlar ham shu ko’lga quyi-luvchi daryolar suvi tarkibida kelib to’plana boradi. Daryo suvi tash-qaridan nitrat za fosfatlar keltirib turadigan chuchuk va sho’rtob ko’l-larda ular ko’p, odatda daryolar quyilmaydigan sho’r ko’llarda esa kam bo’ladi.
Ko’llarning issiqlik rejimi. Ko’llar iliq, mo’’tadil va sovuq bo’ladi. Bu bo’linish suvning yuza qatlamlaridagi temperaturaning yil-lik o’zgarishiga, shuningdek, temperaturaning vertikal taqsimlanishi-ra asoslangan.
Suvdagi issiqlikning asosiy manbai quyosh radiastiyasidir.
Boshqa issiqlik manbalari, ya’ni ko’l yuzasidagi suv bug’larining kondensastiyalaiishi natijasida va yomg’ir yoqqanda ajralib chiqadigan issiqlik uncha katta emas. Ko’l suvining issiqligi asosan bug’lanishga va atmosferaga nurlanishga sarf bo’ladi. Atmosfera bilan ko’l tagi-dagi issiqlik almashinuvi, shuningdek, bahorda issiqlikning muzlar-ni eritishga sarf bo’lishi kam ahamiyatga ega. Ba’zan daryo va buloq suvlari ham ko’l suvini yo bir oz isitadi, yoki salgina sovitadi.
Suvning vertikal harakati va shamol ta’sirida aralashuvi nati-jasida issiqlik yuqoridan pastga tomon tarqaladi.
Suvning vertikal harakati va, binobarin, temperaturaning ham shu yo’nalishda taqsimlanishi suvning zichligi turli temperaturada turlicha bo’lishi bilan bog’liq. Ma’lumki, chuchuk suv 4°S da eng zich bo’ladi. Suv zichligiga qarab go’yo qatlam-qatlam bo’lib joylashadi: ko’l tagi yaqinida nisbatan zich qatlamlar, yuqorida zichligi kamroq qatlamlar yotadi.
Ko’l suvi temperaturasi mavsumlarga qarab o’zgaradi. Shu sababli ko’llardagi issiqlikning vertikal taqsimlanishi ham mavsumiy xa-rakterda bo’ladq.
Qishda muz tagidagi temperatura 0°S bo’ladi, pastga tomon esa temperatura orta borib, chuqurlik etarlicha katta bo’lsa, 4°S ga etadi. Suvning temperagurasi yuqoridan pastga tomon ortib borishi natija-sida qatlamlarga bo’linishi teskari termik stratifikastiya deyiladi va bu hol qishda o’rtacha kengliklardagi ko’llarda kuzatiladi. Bahorda yuqori qatlam suvi temperaturasi asta-sekin (4°S gacha) ko’tarila boradi, suvning zichligi ham ortadi. Shu sababli ilgari yuzada bo’lgan suv pastga cho’kadi, pastdagi zichligi kamroq suvlar esa yuqoriga ko’tariladi. Shuning uchun bahorda suv stirkulyastiyasi vujudga keladi va shamollar bu stirkulyastiyani tezlashtiradi Bu stirkulyastiya barcha suv massasi harorati 4°S ga ko’tarilguncha davom etadi. Bunda suvning tagidan yuqorigacha bo’lgan temperatura baravarlashadi. Bu hodisaga gomotermiya deyiladi.
Suvning bir xil temperaturali holati uzoq davom etmaydi. Suvning yuza qatlamlari temperaturasi 4°S dan orta-di, zichligi kamayadi vastirkulyastiya tugaydi. Shu sababli yozda mo’tadil iqlimdagi ko’llarda yuzadagi suv temperaturasi chuqurdagidan yuqori bo’ladi. Suvning bunday qatlamlanishi to’g’ri termik stratifikastiya deyiladi.
Ko’llarda konvekstion-shamol stirkulyastiyasi sababli temperaturaning chuqurlikka qarab pasaya borishi birday bo’lmaydi. Ma’lum bir chuqurlikda temperatura birdaniga o’zgaradigan va zichlik keskin ortadigan qatlam bo’ladi. Bu qatlam sayoz ko’llarda 2 m cha, chuqur ko’llarda esa 20 m chuqurlikda bo’ladi. Kuzda suv temperatu-rasi 4°S gacha pasaya borishi bilan suvning vertikal harakati ro’y bera-di; so’ng qisqa vaqt suv gomotermiya holatida bo’ladi, so’ngra yuza qat-lamlar 0°S gacha sovib, muz qatlami vujudga keladi, suvda esa teskari termik stratifikastiya hosil bo’ladi.
Ko’llarni termik rejimiga ko’ra sayoz va chuqur ko’llarga bo’lish mumkin. Chuqurligi 20 m gacha bo’lgan ko’llar sayoz ko’llar hisoblanadi. Bunday ko’l-lar yozda tagitacha iliydi, natijada bu vaqtda deyarli gomotermiya qaror topadi; stratifikastiya shamolsiz kun-lardagina kuzatiladi, temperatura birdan o’zgaradigan chegara 2 m cha chu-qurlikda bo’ladi.| Chuqur ko’llarda konvekstion-shamol stirkulyastiyasi tem-peratura fasldan-faslga o’zgarib turadigan yuqori (20 m gacha, kam-dan-kam 40 m gacha chuqurlikka ega bo’lgan) qatlamda kuzatiladi. Undan chuqurda temperatura yil bo’yi 4°S atrofida bo’ladn. Temperatura bir-dan o’zgaradigan chegara 20—40 m chuqurlikda joylashadi. Baykal ko’li-da bu chegara 100 m cha chuqurlikda joylashgan; bu ko’lning tag qismidagi suvlar erning ichki issiqligidan ham bir oz isiydi.
Termik sharoitning fasliy o’zgarib turishi yozi iliq va qishi so-vuq bo’ladigan o’rtacha kengliklardagi ko’llargagina xos emas. Yuqori kengliklardagi ko’llarda har doim teskari stratifikastiya mavjud. Bunday ko’llar sovuq ko’llar deyiladi. Issiq o’lkalardagi ko’llarda, aksincha, doim to’g’ri stratifikastiya bo’ladi. Bu ko’llar iliq ko’llar deyiladi.
Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning o’rtacha kengliklaridagi mo’’ta-dil hamda sovuq ko’llari, shuningdek baland tog’lardagi ko’llar qishda muz bilan qoplanadi. Muzlaydigan ko’llar joylashgan erlarning janu-biy chegarasi Skandinaviya tog’lari, Quyi Dunay, Dashtli Qrim, Kuban, Orol ko’li va Balxashning shimoliy qismi orqali o’tib, G’arbiy Xitoy, Tibet va Shimoli-Sharqiy Xitoyni ham o’z ichiga oladi. Shimoliy Ame-rikada bu chegara Buyuk ko’llar orqali o’tadi.

Mo’’tadil mintaqaniig ham mahalliy iqlimi qulay bo’lgan joy-larida iliq ko’llar bo’ladi. Issiqko’l shunday ko’lga misoldir. Uning yuza qismidagi suv temperaturasi qishda 4,2—5,5° oraligida bo’ladi, yozda esa 20°S gacha va undan ham yuqori ko’tariladi. Temperatura kes-kin o’zgaradigan chegara 20 m gacha chuqurlikda joylashgan. Undan past-da temperatura 9° ra yaqin, 100 m dan pastda esa 3,7—4,4°S dir. Issiq-ko’l suvi temperatura rejimining o’ziga xos ekanligiga qishning nisba-tan iliq kelishi, suv hajmining kattaligi, uning sho’rligi va tez-tez esadigan kuchli shamollar ta’sirida aralashib turishi sababdir.
Ko’l suvlarining dinamikasi (harakati). Ko’llar suvi sekin almashinadigan suv havzalaridir. Shunga qaramay, suv massasi dina-mikasi ko’llar tabiatida anchagina ahamiyatga ega. Ko’llar suvi dina-mikasining zvenolaridan biri, vertikal harakatdan tashqari, oqim-lardir. Agar ko’ldagi suv hajmi unta quyiluvchi va undan oqib chiquvchi suv hajmidan kichik bo’lsa, butun ko’lda quyilma oqim vujudga keladi. Reyn daryosi oqib o’tadigan Boden ko’lida daryo oqimiga o’xshay-digan oqim bor, uning daryo oqimidan farqi shuki, ko’ldagi oqimning tezligi ancha kichik. Agar ko’ldan oqib o’tadigan suv hajmi ko’l suvi hajmidan kichik bo’lsa, unda inerstion oqim hosil bo’ladi. Masalan, inerstion oqimni Baykal ko’lida unga quyiluvchi daryolarning quyar joyi yaqinida kuzatish mumkin: daryo suvlari ko’l markaziga tomon yo’nalgan va tezligi tezda kamayib boradigan oqim hosil qiladi. Angara oqib chiqadigan joyda esa ko’ldagi oqimlar tezligi orta boradi.
Shamol ta’sirida ko’l suvining yuza -qatlamlarida shamol oqimla-ri vujudga keladi. Ular odatda vaqtinchalik bo’ladi. Oqimsvz ko’llar-da asosiy shamollar va ko’lga quyiluvchi daryo suvlari ta’sirida qir-g’oq bo’ylab doimiy aylanma oqimlar paydo bo’ladi. Bunday oqimlar, chunonchi, Orol dengizida va Balxashning g’arbiy qismida kuzatiladi. Bu oqimlarning tezligi juda kichik bo’lib, ular yo’nalishiga bog’liq ravishda suv tarkibi o’zgarib boradi.
Ko’llar suvining boshqa xil harakatlanish shakli to’lqinlanishdir. Ko’llarda shamol ta’siridagi to’lqinlardan tashqari, dengizlardagi kabi turg’un to’lqinlar, ya’ni seyshlar paydo bo’ladi. Ular atmosfera bosimining birdan o’zgarishi, tog’dan tushib kelayotgan shamol yoki ko’lning bir qismiga kuchli jala yog’ishi natijasida vujudga keladi. Suv qisilmaydigan modda bo’lgani uchun unga kelib urilgan kuch tebranma harakat hosil qiladi: suv sathi avval bir qirg’oq yaqinida ko’tarilib, ikkinchi qirg’oq yaqinida pasayadi va so’ng bu hara-kat aksincha davom etadi. Mayatnik harakatiga o’xshab bu tebranish ham uni harakatga keltirgan kuch to’xtagandan keyin ham bir qancha vaqt davom etadi. Seyshlar bir uzelli va qarama-qarshi qirg’oqlardagi suv ichkariga harakat qiladigan ikki botiqli va ikki qirg’oqda va o’rtada suv sathi pasayadigan uch botiqli bo’lishi ham mumkin.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish