v)Asosli tuzlarning olinishi.
Probirkaga 5-6 tomchi kobalt xlorid eritmasidan tomizing va uning ustiga natriy ishqori eritmasidan soling. Hosil bo`lgan cho`kmaning rangini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
SAVOL VA MASALALAR.
Quyidagi kislotalarning angidridlari formulalarini toping: H2SO3, H3PO4, H2CO3, HNO3.
Amfoter oksid deb nimaga aytiladi? Misol keltiring.
Xlorid kislota quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi? N2O5, Zn(OH)2, CaO, AgNO3, H3PO4.
H3PO4 va Cu(NO3)2, Al(OH)3, Al2(SO4)3, Cr2O3 lari formulasini grafik tarzda ifodalang.
5. Quyidagi tuzlarning qaysi biri nordon tuz: Mn(NO3)2, NaHCO3, Al2 (SO4)3, NaCl va uni grafik tuzilishini ko’rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |