Mulk huquqi
Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkiga o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko'zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu- ningdek, o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo'lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo‘riqlanadi.
Mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qo- nunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli. Bu vin- dikatsiya (mulkni talab qilish) deb ataladi. Mulk egasi noqonuniy ravishda uning mulkini egallab olgan boshqa shaxsdan vindikatsiya shikoyat ariza bilan sudga, xo‘jalik sudiga murojaat qilib o‘z mulkini qay- tarib olish huquqiga ega.
0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 234-moddasiga binoan majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarz- dor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi. Kreditor esa qarzdordan o‘zining majburiyatlarini talab qilish huquqiga ega bo'ladi.
Majburiyat huquqining taraflari kreditor va qarzdor deb ataladi. Kreditor (bir shaxs yoki bir necha shaxslar) huquqqa ega shaxs hisoblanadi. Qarzdor (qarzdorlar) o‘z zimmasiga mas’uliyat olgan, burchni bajaradigan shaxs hisoblanadi.
Qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to'lashi shart bo'lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi. Neustoyka jarima yoki penya shaklida bo‘ladi.
Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda to‘laydigan va qoida tariqasida, qat’iy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi.
Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to‘laydigan va o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi. Neustoyka to‘g‘risidagi kelishuv yoz- ma shaklda tuziladi.
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkini yoki unga bo‘lgan huquqini majburiyatlarini ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi.
Garov zakalat, ipoteka, shuningdek, huquqlar garovi tarzida amal qilishi mumkin. Kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi.
Zarar yetkazish — bu g‘ayriqonuniy harakat (hara- katsizlik) tufayli fuqarolaming shaxsiga yoki mol-mulki- ga zarar yetkazish deb taniladi. Zarar yetkazish bir necha turlarga bo‘linadi:
- zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazish;
- oxirgi zarurat holatida zarar yetkazish;
- yuridik shaxs tomonidan yetkazilgan zarar;
- xodim tomonidan yetkazilgan zarar;
- huquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan yetkazilgan zarar;
- zararning o‘z javobgarligini sug‘urtalagan shaxs tomonidan to‘lanishi;
- o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan keltirilgan zarar;
- o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar;
- ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-ona- ning voyaga yetmagan bolalari tomonidan yetkazilgan za-rari uchun javobgarlik;
- muomalaga layoqatsiz deb topilgan muomala layo- qati cheklangan fuqarolar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik;
- tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘diradigan faoliyat tufayli yetkazilgan zarar;
- uy hayvonlari tomonidan yetkazilgan zarar va boshqalar.
Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin u vafot etgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e’tiboran ellik yil davomida amal qiladi.
Asarga bo‘lgan mualliflik huquqining amal qilish mud- dati tugaganidan keyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi.
Muallif yoki uning merosxo‘ri mualliflik shartnomasi tuzish orqali o‘z asaridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.
Mualliflik shartnomasi uchun haq to‘lash talab qilinadi. Mualliflik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim.
Yuridik shaxsning firma nomi uning nizomini tas- diqlash vaqtida belgilanadi va u yuridik shaxslar davlat reyestriga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ro‘yxatdan o‘tkazish asosida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasi o‘ziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega.
E`TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |