Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi
UMUMIY VA ANORGANIK KIMYO
MA’RUZA №3.
SHAHRISABZ -2020
Davronbek Tursunov
Reja:
1
- Atom tuzilishi haqidagi nazariyalar.
2
3
- Klechkovskiy qoidasi.Pauli prinsipi. Hund (Gund) qoidasi.
4
Atomistik qarashlarning paydo bo’lishi
va rivojlanishi.
Atom
Atom (yun. atomos – bo‘linmas) – kimyoviy elementning barcha xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Atomning o‘lchami (radiusi) 10–8sm=10–10m tartibidadir. Atomlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, elektron, proton, neytron va boshqa zarrachalardan tashkil topgan.
Atomlarning muayyan turi kimyoviy elementdir
ATOM TUZILISHI HAQIDAGI
DASTLABKI TUSHUNCHALAR.
Demokrit (m.а 460-370) moddalar juda kichkina bo’linmas zarrachalar «atom» lardan iborat deb ta’kidlagan
Atom-molekular ta’limotni kimyoga birinchi bo‘lib rus olimi М. V. Lomonosov tatbiq etdi va uni rivojlantirdi.
M.V.LOMONOSOVNING
ATOM-MOLEKULAR TA’LIMOTI (1741)
1.Barcha moddalar ,,korpuskulalardan“ (Lomonosov molekulalarni shunday atagan edi) tarkib topgan.
2. Molekulalar ,,elementlardan“ (Lomonosov atomlarni shunday atagan edi) tarkib topgan.
3. Zarrachalar — molekula va atomlar to‘xtovsiz harakatda
bo‘ladi. Jismlarning issiqlik miqdori ular zarrachalarining harakatlanish tezligi ortishiga bog‘liqdir.
4. Oddiy moddalarning molekulalari bir xil atomlardan, murakkab moddalarning molekulalari — turli xil atomlardan tuzilgan.
LOMONOSOV ATOM-MOLEKULYAR
TA’LIMOTINING QOIDALARI
J.Dalton Atomistik nazariyasi(1808)
Jon Dalton atom ta’limotni asosiy qoidalarini yanada rivojlantiradi, chunki Dalton birinchi bo‘lib o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan elementlarning atom massalarini aniqlashga harakat qildi.
DALTON ATOM-MOLEKULYAR
TA’LIMOTINING QOIDALARI
- Barcha materiya ajralmas atomlardan qilingan.
- Bir elementning atomlari bir-birlari uchun massalari, o'lchamlari va shakllarida bir xil.
- Atomlar kichik sonlarda bir-biri bilan birlashishi mumkin.
- Atomlar yaratilishi ham, vayron qilinishi ham mumkin emas.
- Atom kimyoviy reaktsiyada ishtirok etadigan eng kichik moddaning birligidir.
Kimyogarlarning 1860-yilda Karlsrue shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro syezdida molekula va atom tushunchalarining ta’rifi qabul qilindi.
Atomistik tasavvurlarning rivojlanishi D.Mendeleev davriy qonuni(1869) asosida hali ma'lum bo'lmagan yangi elementlarning mavjudligini, ularning fizik va kimyoviy xossalarini oldindan ayta oldi.
ATOM TUZILISHINING TOMPSON MODELI
Subatom zarrachalar kashfiyoti
Elektron kashf etilgandan (1897) bir oz vaqt o’tgandan keyin, 1903 yilda ingliz fizigi Jozef Jon Tomson diametri tahminan 10 −10 m, ichiga elektronlar “sochilgan”, hajmi bo’yicha musbat zaryadlangan sfera shaklidagi atom modelini taklif etdi. Elektronlarning sfera markaziga nisbatan tebranganda, atom yorug’lik nurlantiradi. Tosmon, elektronlar sfera markazi atrofida qatlam bo’lib guruhlanadi, deb hisobladi.
REZERFORD TAJRIBASI
1911- yilda ingliz olimi Ernest Rezerford Atomlar bo’linmaydigan sharsimon zarralar deb qarovchi fikrlarni inkor
etib, atomning planetar modelini taklif etdi. Rezerford tajribasi : tabiiy radioaktiv elementlardan ajralib chiqayotgan α nurlarmetalldan yasalgan juda yupqa plastinkadan o’tkazildi. Α nurlarning kop qismi o’z yo’nalishini o’zgartirmadi, juda oz qismi 8 mingta dan bitta zarracha o’z yo’nalishini butunlay o’zgartirdi. Bu atom markazida musbat yadro borligini isbotladi.
Atom tuzilishi
Tomson modeli
Rezerford modeli
Bor postulatlari — atom kvant nazariyasidagi asosiy farazlari (N. Bor tomonidan yaratilgan, 1913)
BORNING KVANT POSTULATLARI
BORNING BIRINCHI POSTULATI
Elektron yadro atrofida har qanday orbita bo‘ylab emas, balki ma’lum energiya darajasiga muvofiq keladigan orbitalar bo‘ylab harakat qiladi. Bu orbitalar barqaror yoki kvant orbitalar deyiladi. Atom normal holatda bo‘lganda elektron yadroga yaqin orbitada turadi va atom minimal energiya qiymatiga ega bo‘ladi
BORNING IKKINCHI POSTULATI
Elektron kvantlangan yoki barqaror orbitalar bo‘ylab harakatlanganda atom energiya chiqarmaydi va yutmaydi.
Elektron yadrodan uzoqroq orbitadan yaqinroq orbitaga o‘tganda atom energiya yo‘qotadi.
Elektron bir orbitadan 2-chisiga o‘tganda atomning yo‘qotadigan energiyasi nur energiyasining bir kvantiga teng bo‘ladi.
Yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi.
Atomning massasi uning yadrosidagi protonlar va neytronlar yig‘indisiga teng: Ar=N + Z
Atom markazida musbat zaryadlangan yadro bor ,uning zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng
Kimyoviy elementning tartib raqami uning atom yadrosi zaryadi bilan mos keladi
Neytronlar zaryadsiz zarrachalar bo‘lib, massasi 1 ga teng
Do'stlaringiz bilan baham: |