Umumiy tushunchalar


So‘zlar bilan yozilgan algoritm



Download 232 Kb.
bet2/7
Sana12.03.2022
Hajmi232 Kb.
#492032
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ALGARITIM Umumiy tushunchalar

So‘zlar bilan yozilgan algoritm


So‘zlar bilan yozilgan algoritmlar asosan insonlar uchun tuziladi. Har bir qadam raqamlanadi va yozuvlarda deyarli hech qanday qonun - qoidalarga amal qilinmaydi. Misol sifatida Yevklid algoritmini keltiramiz, ushbu algoritm ikki natural sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini aniqlashda qo‘llaniladi:
1. Agar sonlar teng bo‘lsa, ulardan biri chop etilsin, aks holda 2-bandga o‘tilsin.
2. Ikkala sondan kattasi aniqlansin.
3. Katta sondan kichik son ayirilsin va natija katta songa berilsin.
4. 1-bandga o‘tilsin.
Ushbu yozuvdan ko‘rinib turibdiki, bevosita yozuvlarda ixtiyoriy qoidalarga asoslanib algoritm tuzim mumkin, masalan, bevosita formulalarni ham qo‘llash mumkin.

Psevdokodli algoritm


Bu maxsus tanlangan so‘zlar yordamida ma’lum bir qonun va qoidalarga asoslanib yoziladigan algoritmdir. Ushbu tartib algoritmlarni yagona ko‘rinishda tasvirlashda juda qo‘l keladi.
Bu yerda tanlangan maxsus so‘zlar yagona ma’noga ega bo‘lib, algoritmda ularni qalin qilib yoki ostiga chizish yo‘li bilan ajratishadi. Ushbu uslub ham bevosita insonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, algoritmni mashinaday bajarishga imkon beradi.
Misol sifatida yuqorida keltirilgan Yevklid algoritmini keltiramiz.
Yevklid algoritmi;
boshlash
kiritish m,n
L: agar m=n bo‘lsa T nuqtaga o‘t;
agar m>n bo‘lsa m:=m-n aksincha n:=n-m;
L nuqtaga o‘t;
T: tamom.

Blok-sxema tushunchasi va uning elementlari


Algoritmlarni yozish usullaridan biri blok - sxema bo‘lib, u algoritmning ma’lum geometrik shakllar yordamida yaqqol yozilishidir.
Har bir geometrik shakl (blok) ma’lum ma’noni anglatadi. Bloklar o‘zaro yo‘naltirilgan chiziqlar orqali bog‘lanadi va chiziqning yo‘nalishi algoritmning bajarilish ketma - ketligini belgilaydi.
Blokdagi shakllar ichida oddiy tilda tushunarli matematik simvollarni qo‘llash mumkin.
Blok - sxema algoritm tuzuvchi uchun dastur tuzilishini yaqqol tasavvur qilishning yaxshi usulidir. Berilgan masala algoritmining blok - sxemasini dasturlash tillarining qoidalariga moslab tuzish shart emas. Chunki blok - sxema shaklida yozilgan algoritmni dasturlash tillaridan xabarsiz har bir kishi ham o‘qiy olishi lozim.
Agar masalaning blok - sxemasi berilgan bo‘lsa, undan foydalanib, dastur tuzish mumkin. Buning uchun har bir blokni shu til qoidalari asosida ko‘chirib yozish yetarli.
Blok - sxema quyidagi asosiy elementlardan iborat :
1) Algoritmning boshlanishi yoki oxirini bildiruvchi blok :

Ular shakl jixatidan bir xil bo‘lgani uchun algoritm boshlanishini bildirgan blok ichiga "Boshlash", oxirini bildiruvchi blokning ichida esa "Tamom" so‘zlari yozib quyiladi. Algoritmning boshlanishi (oxiri) ni bildiruvchi blokdan faqat chiqish (kirish) mumkin.
2) Blok - sxemalarda ma’lumotlarni standart kiritish va chiqarish blokining umumiy ko‘rinishi parallelogramm shaklida bo‘lishi mumkin. Qaysi o‘zgaruvchilarning qiymatini kiritish kerak bo‘lsa, shu o‘zgaruvchilarning nomlari blokning ichiga yozib qo‘yiladi. Bu blokka kirish va undan chiqish mumkin, ya’ni blok bitta kirish va bitta chiqish ko‘rsatkichiga ega.

3) Amallar bajaruvchi blokning ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi.


Bu ko‘rinishdagi blok chiziqli blok ham deyiladi. Bajarilishi lozim bo‘lgan ish blokning ichiga yozib qo‘yiladi. Blokning ichida bir qancha formulalar ham bo‘lishi mumkin. Blokdan chiqish uchun blok ichidagi hamma buyruqlarni bajarish lozim. Blokni tartibli raqamlash ham mumkin. Bu bloklar ham bitta kirish va bitta chiqish ko‘rsatkichiga ega. Bu turdagi blok ichiga yozilgan tenglik belgisini matematik ma’noda tenglik deb tushunmaslik kerak, balki bu belgining o‘ng tomonida turgan ifodaning qiymati chap tomonda turgan o‘zgaruvchiga jo‘natilyapti yoki o‘zgaruvchiga qiymat berilyapti yoki qiymat ta’minlanayapti deb tushunish zarur.



“○”
Bloklar bir - birlari bilan yo‘naltirilgan chiziqlar orqali tutashadi. Mantiq yuzasidan bir necha yo‘nalishlar bir joyda tutashadigan bo‘lishsa, bu holda quyidagi tugma belgisini qo‘llash zarur bo‘ladi:
masalan,

Shartlarni tekshirish uchun romb belgisi qo‘llaniladi, masalan:




Shartli shaklda ikki vaziyatdan biri bajariladi, agar undagi ifoda bajarilsa yo‘naltirilgan chiziq ustida + (yoki «ha» so‘zi) , aks holda - ishorasi (yoki «yo‘q» so‘zi) qo‘yiladi.


Takrorlanadigan buyruqlar jarayonini bajarish uchun quyidagi maxsus belgi qo‘llaniladi:


Dastur doirasidan chetda yaratilgan dasturlardan foydalangan holatda quyidagi belgi qo‘llaniladi






Dastur doirasida yaratilgan qism dasturlardan foydalangan holatda esa quyidagi belgi qo‘llaniladi:


Blok-sxema bir betga sig‘may qolgan paytda betlararo bog‘lovchi shaklini qo‘llash mumkin


Bu yerda ikkinchi betning 9-blokiga o‘tilishi ko‘rsatilgan. O‘z navbatida, 2-betda ham ushbu shakl bo‘lishi kerak va unda qaysi betdan buyruq kelishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim, masalan, 1.6, ya’ni birinchi betning oltinchi elementidan.


Bevosita sxemada izohlarni tasvirlashda quyidagi shakl qo‘llaniladi


Hozirgi dasturlash tillarida mavjud bo‘lgan CASE operatorini sxematik ravishda tasvirlashda quyidagi konstruksiya taklif qilinadi:







Download 232 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish